S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


-§. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchining mustahkamligi ta’siri


Download 3.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/100
Sana25.10.2023
Hajmi3.98 Mb.
#1721349
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

3-§. Beton xususiyatiga to‘ldiruvchining mustahkamligi ta’siri 
To‘ldiruvchining mustahkamligi u olingan tog‘ jinsining mustahkamligi 
bilan aniqlanadi. Mustahkam tog‘ jinslaridan olingan to‘ldiruvchilar (granit,
diabaz va boshqalar) yuqori mustahkamlikka egalar (80 MPa va undan yuqori). 
CHo‘kma tog‘ jinslaridan olingan to‘ldiruvchilar masalan, oxaktoshdan olingan 
to‘diruvchilar 30 MPa va undan yuqori mustahkamlikka ega. Engil g‘ovakli tabiiy 
va sun’iy to‘ldiruvchilarning mustahkamligi, ularning zichligiga bog‘liq bo‘lib, 
mustahkamligi 2-20 MPa ni tashkil etadi.


ш
ш
т
о
Ш
.
.
Q(SH) 


43 
Yirik to‘ldiruvchi beton mustahkamligiga kam ta’sir ko‘rsatadi, agar uning 
mustahkamligi betonga nisbatan 20% ortiq bo‘lsa. Birok to‘ldiruvchida alohida 
zaif donalar uchrashi mumkin, shuning uchun ishonch hosil qilish maqsadida, 
odatda, tog‘ jinsining mustahkamligi beton mutahkamligiga nisbatan 1,5-2 
barobar ortiq bo‘lishi tavsiya etiladi (2-nisbat M300 va undan yuqori markali 
betonlar uchun qo‘llaniladi).
Bir vaqtning o‘zida to‘ldiruvchining g‘ovakligini orttiradigan va qator 
hollarda siqilishga mustahkamlikni pasaytirib yuboradigan yapaloq va ignasimon 
donalarning tarkibdagi miqdori chegaralanadi. Bunday donalarning miqdori
odatdagi to‘ldiruvchida – 35 %, donalarining shakli yaxshilangan chaqiq toshda – 
25 %, kubsimon shaklli donalarda – 15 %dan oshmasligi kerak.
Amaliyotda (qurilish yoki zavodda) odatda bir turdagi chaqiq toshni turli 
markadagi betonlar uchun qo‘llanadi. SHuning uchun chaqiq tosh markasini tog‘ 
jinsining petrografik tarkibidan kelib chiqib, uni ishlab chiqarishdagi texnik-
iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan holda va nisbatan ko‘p ishlab 
chiqariladigan markadagi betonlar ta’minoti uchun mustahkamligiga ko‘ra 
me’yorlashtiriladi (M 150 –M 300). Odatdagi beton uchun: 
• otqindi tog‘ jinslaridan olingan chaqiq tosh markasi – 800, 
• metamorfik jinslar uchun – 600,
• cho‘kindi jinslar uchun - 300 dan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Yo‘l qurilishi uchun qo‘llaniladigan beton uchun otqindi va cho‘kindi tog‘ 
jinslaridan olingan chaqiq toshning markasi 800 dan kam bo‘lmasligi kerak.
SHag‘al yoki chaqiq toshdan sinash uchun namunalar tayyorlash 
murakkabligini inobatga olib, to‘ldiruvchining mustahkamligini bilvosita, 150 mm 
diametrli po‘lat silindr bilan 200 kN bosim ostida maydalanishiga ko‘ra 
aniqlaniladi. Bu holda namuna og‘irligining yo‘qotilishi mayda elakda elash bilan 
aniqlaniladi. To‘ldiruvchining maydalanuvchanligiga materialning cho‘zilishga 
mustahkamligi va zaif donalarning mavjudligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Betonga 
bosim bilan ta’sir etilganda to‘ldiruvchi ham cho‘zilish jarayonidan maydalanadi. 
SHuning uchun maydalanish ma’lum darajada yirik to‘ldiruvchining beton 


44 
mustahkamligiga ta’siri ehtimolini oldindan aniqlash imkonini beradi. CHaqiq 
toshning markasini maydalanuvchanlik ko‘rsatkichiga bog‘liq holda va 
boshlangich tog‘ jinsining ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, 800 markali 
effuziv otqindi va cho‘kindi jinslarning maydalanuvchanlik ko‘rsatkichi 13-15, 
600 markalida – maydalanuvchanlik ko‘rsatkichi 15-20 ni tashkil etadi. M 200 va 
undan past markali beton uchun maydalanuvchanlik ko‘rsatkichi Mk-16dan 
katta bo‘lmagan markali, M300 markali beton uchun Mk-12, M400 markali beton 
uchun esa Mk-8 dan katta bo‘lmagan markali chaqiq toshni qo‘llash mumkin. 
Agarda to‘ldiruvchining mustahkamligi beton mustahkamligiga yaqin yoki 
undan past bo‘lsa, u betonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Rasm-6.2.da R
b
– beton 
mustahkamligining R
q
– qorishma va to‘ldiruvchi mustahkamligi orasidagi
bog‘lanish ko‘rsatilgan. Granit chaqiq toshi asosidagi betonning mustahkamligi
Rt>R
b
sharti qoniqtirilganda qorishmaning mustahkamligidan sezilarli darajada 
yuqori 
bo‘ladi, 
Rt-to‘ldiruvchi 
mustahkamligi. 
Nisbatan 
pastroq
mustahkamlikdagi to‘ldiruvchi qo‘llanilib, qorishma mustahkamligi orttirilganda
betonning mutahkamligi ma’lum bir qiymatgacha ortib boradi, keyin esa 
qorishmaning mustahkamligini orttirish beton mustahkamligini ortishiga olib 
kelmaydi. Yirik to‘ldiruvchi mustahkamligini kamayishi va uning betondagi
miqdorini ortishi bilan betonning chegaraviy mustahkamligi kamayib boradi. 
Engil to‘ldiruvchining mustahkamligini avval aytilgan tajribadagi kabi 150 
mm li po‘lat silindrda bosim berish yo‘li bilan aniqlanadi. Biroq, qattik jinslardan 
olingan chaqiq toshdan farqli ravishda engil beton uchun balandligi 100 mm 
bo‘lgan bir qism materialni siqish jarayonida porshenning 20 mm ga cho‘kishi 
orqali nisbiy mustahkamlik aniqlanadi. Keramzitning nisbiy mustahkamligi 3 – 5, 
agloporitniki esa 20 – 30 marta tabiiy material mustahkamligidan kam. 
To‘ldiruvchining mustahkamligi donalar yirikligiga ham bog‘liq. Tog‘ 
jinslarini nurashi yoki maydalash jarayonida buzilish material strukturasining zaif 
joylarida yuzaga keladi va o‘lchamlarning kichiklashishi bilan donalardagi zaif 
joylar kamayadi, ayni paytda mustahkamlik orta boradi. Tabiiy qumlar odatda 
siqilish va cho‘zilishga qorishma yoki betondagi sement toshiga nisbatan 


45 
yuqoriroq mustahkamlikka ega bo‘ladilar. SHu sababli oddiy qumlarga maxsus 
talablar qo‘yilmaydi. Engil qumning mustahkamligi esa engil yirik to‘ldiruvchi 
kabi beton markasiga va to‘ldiruvchining ko‘rinishiga mos holda tayinlanadi.
SHag‘al va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi uning tuzilishiga bog‘liq. 
Sovuqqa chidamlilikni davriy o‘zgaruvchan muzlatish va suvda eritish yo‘li bilan 
yoki natriy sulfat eritmada sinash bilan aniqlanadi (tezlashtirilgan usul). SHag‘al 
va chaqiq toshning sovuqqa chidamliligi ularning tashqi atmosfera sharoitlaridan 
himoyalanmagan konstruksiyalarda qo‘llash uchun me’yorlashtiriladi. Bu hollarda 
yirik to‘ldiruvchining sovuqqa chidamliligi betonni loyihada talab etilgan sovuqqa 
chidamlilik markasini ta’minlashi kerak. 
CHaqiq toshning sovuqqa chidamliligi S
ov
15 dan S
ov
300 gacha o‘zgaradi va 
jinsning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. To‘ldiruvchining g‘ovakliligi va 
suvshimuvchanligi ortishi bilan uning sovuqqa chidamlilik xususiyati kamayadi.
YUqori mustahkamlikdagi betonlar uchun mustahkam chaqiq toshdan 
foydalaniladi. Bunday chaqiq tosh sement toshi bilan ishonchli bog‘lanadi. 
SHag‘al silliq yuzaga ega va shuning uchun u yanada harakatchanroq beton 
qorishmasini beradi. Biroq, u sement toshi bilan sust bog‘lanadi. SHuning uchun 
shag‘alni past markali betonlarda qo‘llaniladi. Bundan tashqari shag‘al loysimon 
va boshqa aralashmalar bilan ifloslangan bo‘ladi va natijada uni yuvish talab 
etiladi.

Download 3.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling