1. To‘ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi. To‘ldiruvchilarning dona shakli va o‘zaro joylashishi


Download 0.65 Mb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1630408
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Maruza


6-Ma'ruza
To‘ldiruvchilarning, donalar orasidagi bo‘shliqlig’i, dona g‘ovakligi, namligi va suvshimuvchanligi, dona shakli va o‘zaro joylashishi, to‘ldiruvchilarning tarkibi, mustahkamligi, suvga va sovuqqa chidamliligi
Reja:
1. To‘ldiruvchilarning namligi va suvshimuvchanligi.
2. To‘ldiruvchilarning dona shakli va o‘zaro joylashishi.
3. To‘ldiruvchilarning tarkibi, mustahkamligi, suvga va sovuqqa chidamliligi


To’ldiruvchilarning donalar orasidagi bo’shliqligi
To’ldiruvchilarning donalar orasidagi bo’shliqligi, to’ldiruvchi erkin to’kilgandagi donalar orasidagi bo’shliqni umumiy hajmga bo’lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan xolda). Agar uyma zichlik –ρu (kg/m³) va uning zarrachalari zichligi–ρ3 (g/sm³) malum bo’lsa, unda to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi:
, (4)
G‘ovakli to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliqni tajribada aniqlashda, to’ldiruvchi namuna o’lchov idishiga (jadval-2.1ga) solinadi va suv quyiladi. Malum vaqtdan so’ng idish usti mayda ko’zli elak bilan ëpiladi, idishdagi suv to’kiladi. So’ngra suvga shimdirilgan to’ldiruvchi bilan idish birgalikda tarozida tortiladi. Idishga lim to’lguncha suv solinadi va yana tarozida tortiladi, tajriba yo‘li bilan aniqlangan g‘ovak to’ldiruvchining donalari orasidagi bo’shliq quyidagi formula asosida topiladi:
, (5)
Bu yerda: msuv- oxirgi to’ldirib solingan suvning massasi , kg
V-idishning hajmi, l
G‘ovak to‘ldiruvchining donalari orasidagi bo‘shliqni tajribada aniqlagandan so‘ng zarrachalar zichligi z (g/sm3)ni aniqlash mumkin:
, (6)
Agar to’ldiruvchining bo’shliqligini zichlangan xolatda bilish kerak bo’lsa, u xolda (4)formuladagi uyma zichlik o’rniga, to’ldiruvchining zichlangan xolatdagi zichligi olinadi.
Agar to’ldiruvchining donalaridagi ochiq g‘ovaklar betonda sement qorishmasi bilan to’lgan holatdagi bo’shliqligini aniqlaydigan bo‘lsak, u xolda (4)formuladagi donalar zichligi – ρ3 o’rniga to’ldiruvchi donalarining sement qorishmasidagi zichligi – ρzs.t olinadi (3) formula.
To’ldiruvchilarning donalar orasidagi bo’shliqligi–bu to’ldiruvchilarning muhim xarakteristikasi xisoblanadi. Zich konstruksion betonda barcha bo’shliqlar sement qorishmasi bilan to’lishi kerak. Shu sababli, bo’shliqlik qancha kam bo’lsa, betonda sement sarfi ham shuncha kam bo’ladi. Yirik g‘ovakli betonda esa aksincha, yani to’ldiruvchilarning bo’shliqligi katta bo’lishi kerak .
To’ldiruvchi bo‘shliqligi, donalar shakli va donadorlik (granulometrik) tarkibiga bog‘liqdir.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling