Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o’zining axloqiy, ruhiy va ishchanlik qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olish xususiyati.
E’tiqod – shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va hodisalarning qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muhitga hamda o’zining hattiharakatlariga bo’lgan sub’ektiv munosabati.
Estetik tarbiya – go’zallikni his qilish, atrof-muhitdan go’zallikni payqay olish va tushunishga bo’lgan qobiliyatni tarbiyalash.
Ehtiyoj – individning biror narsa-hodisaga muhtojligi va kishining ruhiy quvvati hamda faolligi manbai hisoblanadigan asosiy xususiyati.
Ehtimollik – tasodifiylik, pedagogik hayotdagi o’zgarishlarni aniq aytib berish mumkin bo’lmagan, ehtimol kutilgan jarayon.
O’yin – faoliyatning bir turi bo’lib, ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish va bunyod etishga, o’z hatti-harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
O’z-o’zini baholash – shaxsning o’z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi.
O’z-o’zini tarbiyalash – 1) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruhiy va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O’qitish – 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy va amaliy bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) talaba va o’qituvchi, talabaning boshqa talabalar bilan aloqasi natijasi o’laroq atrof-muhit, uning qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning muntazam boshqarilish jarayoni.
O’qituvchining innovatsion faoliyati – ijtimoiy pedagogik fenomen bo’lib, ijobiy imkoniyatni aks ettirish, kundalik faoliyatdan chetga chiqishdir.
O’qitish vazifasi – ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlanish vazifalari.
O’qitish turlari – sokratcha suhbat metodi, qoloq ta’lim, izohlash-namoyish etish asosida o’qitish, bilimlarni mustaqil egallash, dasturlashtirilgan ta’lim, o’quv jarayonini algoritmlash, differensiatsiyali hamda individual ta’lim va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |