s. KiriSH. «Kuntug‘mish» I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «Kuntug‘MlSH»
Download 0.53 Mb.
|
Nurbek kitob 8-sinf
18-§. UMUMIY TESTLAR 207
B) Shermuhammad Munis, Mirxond C) Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy, Ogahiy D) Shahobiddin Muhammad al-Nasaviy, Mirxond Oq podshoh sharafiga she'r yozishdan bosh tortgani uchun intizomiy batalyonga jo'natilgan shoir kim? A) Usmon Nosir B) Pushkin C) Mirtemir D) Yesenin Quyidagi she'r muallifini va janrini toping. Ko'ngluma haryonki boqsam, dog‘i bor, Har necha dardimni desam, dog‘i bor. Qilcha tanga bori ishqing yor edi, Birsori bo'ldi firoqing, dog'i bor. A) Lutfiy, tuyuq B) Navoiy, ruboiy C) Bobur, tuyuq D) Nodira, murabba Quyidagi fikrlar qaysi asarda, kimning tilidan keltirilgan? Gapirsam keladi gapning ma'quli, Mard o‘g‘lonning pirga bo'lar doxili, Qaramayin keta bergin orqangga, Baxtim qora, yaramayman, shekilli. A) «Qutadg‘u bilig»da, Oyto'ldining B) «Kuntug‘mish»da, Kuntug'mishning C) «Qutadg‘u bilig»da, Kuntug'dining D) «Kuntug‘mish»da, Xolbekaning Qaysi janr arabiy va forsiy adabiyotda yo‘q, faqat turkiy she'riyatga xos hisoblanadi? A) g‘azal B) ruboiy C) tuyuq D) qit'a Quyidagi fikrlar qaysi asarda, kimning tilidan berilgan? Po‘lat nayza qor ostida yotarmi, Temir nayzang egovlasang o'tarmi, Sening to'rang nomardlardan emasdir, Mard o‘g‘lon sevdigin tashlab ketarmi?.. A) «Qutadg‘u bilig»da, Kuntug'dining B) «Qutadg‘u bilig»da, Oytoldining C) «Kuntug‘mish»da, Kuntug‘mishning D) «Kuntug‘mish»da, Buvraxonning 208 __ 18-$. UMIJMIY TESTLAR Quyidagi ta'rif qaysi asar qahramoniga tegishli? «Sovun tegmagan betlari kir, ham ko'rpa, ham to'shak o'rnini bosgan to'nining yenglari titilib, etaklari balchiqqa belanganidan dog' bosib ketgandi. Uning bir vaqtlar qizlarni shaydo qilgan qop-qora ko'zlari endi ma'yus, atrofga ma'nosiz boqardiv. A) «Chinor» romani (Akbarali) B) «Asrga tatigulik kun» romani (Jo'lomon) C) «Ufq» trilogiyasi (Tursunboy) D) «Mehrobdan chayon» romani (Abdurahmon domla) «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy fojiasida Badriddinga Samarqand shahridagi ulug' allomaning nimani in'om qilganligi aytiladi? A) qilichni B) kitobni C) bayroqni D) uzukni «Geyne bilan o'rtoq tutindim, Lermontovdan ko'mak o‘tindim», - deya yozgan ijodkor kim? A) Oybek B) To'ra Sulaymon C) Muhammad Yusuf D) Usmon Nosir «Ot egasi» va «Omon ovchining o‘limi» hikoyalarining muallifini toping. A) Said Ahmad B) Robindranath Thakur C) Oybek D) Shukur Xolmirzayev Quyidagi she'rning muallifini va janrini toping. Yuqar yamonlig‘ angakim, kiraryamon el aro, Ko'muraro ilik urg'an qilur ilkini qaro. A) Bobur, fard B) Alisher Navoiy, fard C) Lutfiy, musamman D) Nodira, musamman O‘zbek adabiyotida eng ko'p ruboiy yozgan ijodkor kim? A) Lutfiy B) Navoiy C) Bobur D) Umar Xayyom Quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan va kimning tilidan aytilgan? Uzog‘dan chopilar otning sarasi, Ko'rinadi bir narsaning qorasi, Birfaslga g‘ayrat qilgin, bo‘yingdan, Yaqin qoldi manzilimning orasi. A) «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasidan, Mirzo Ulug'bek B) «Chinor» romanidan, Ochil bobo C) «Kuntug‘mish» dostonidan, Kuntug'mish D) «Kuntug‘mish» dostonidan, Xolbeka Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling