s. KiriSH. «Kuntug‘mish» I bob. Xalq og‘zaki ijodi 1-§. Kirish. «Kuntug‘MlSH»
Download 0.53 Mb.
|
Nurbek kitob 8-sinf
18-§. UMUMIY TESTLAR 211 Quyidagi hikmatli so‘z darajasiga ko'tarilgan baytlar qaysi asardan olingan? «G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob», «Qilichdan seskanmas botirning tani», «Gavharni ne bilsin ushalgan sopol», «Zarning qadrini zargar bilar har yerda», «Kamtarlikning kamoli bordir, manmanning zavoli bordir», «Yaxshilarning yuzin ko'rsang jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir», «O‘zingdan kattani uchratsang pir bil, 0‘zingni er bilsang, birovni sher bil!» A) «Qutadg‘u bilig» B) «Sab’ai sayyor» C) «Ravshan» D) «Kuntug‘mish» Quyidagi she'rning muallifini va janrini toping. Ul pari ishqida bu devonani, Eyki, istarsen, kelib gulxanda ko‘r. Bir qadah ul gulni xandon ayladi, Ey ko'ngul, nazzora qil, gulxanda ko‘r. A) Alisher Navoiy, tuyuq B) Bobur, fard C) Lutfiy, chiston D) Nodira, ruboiy Quyidagi fikrlar muallifi kim? «Axir bu go‘zal Vatan Allohning el qatori menga ham atagan buyuk tuhfasi. Mendan avval o‘tgan avlod-ajdodlarim uni jamiki betakror jozibasi bilan, tuganmas xazinalari bilan menga meros qoldirgan. Xo‘sh, nima qilmoq kerak? Tekin meros ekan deb uning boyliklarini bir chekkadan sovuraverishim kerakmi?» A) Ozod Sharafiddinov B) Asqad Muxtor C) Muhammad Yusuf D) 0‘tkir Hoshimov «Omon ovchining o‘limi» hikoyasida Omonning bag'ritosh, berahm bo'lib o'sishiga oilasidagi muhit, ayniqsa, kimning ta'siri kuchli bo'lgan, zero, «u Omonga o‘n uch yasharligida, «indamas» miltiq - melkokolibr miltig'i olib bergan, ... u bolalikdan yovvoyi qush-u yovvoyi hayvonlar otish va yeyish uchun yaratilgan deb o‘ylar»di? A) kichik akasining B) katta akasining C) onasining D) otasining Quyidagi parcha qaysi romandan olingan? «Bu-chi, bu bo‘lsa ayanchli bir qo‘rqoq, chirkin bir hasharotdek kavaklarda pisib yuribdi, 0‘zining la'nati, iflos vujudini, bir paqirga qimmat jonini o‘ylab do‘stlik, muhabbat, ona mehridek ezgu narsalarni poymol qilib kelib, mana, go'ristonda o'tiribdi, tiriklar u yoqda tursin, yonidagi qabrlarga ham bosh ko‘tarib tik qaragani haddi yo‘q». Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling