S klassdagi yengil avtmobilning friktsion ilashish muftasini
Download 7.7 Kb.
|
Bitiruv malakaviy ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Friksion ilashish muftasining umumiy ko’rinishi.
- XULOSA VA TAKLIFLAR.
Urdu texnika fakulteti transport tizimlari kafedrasi 181-at guruh axmadjonov baxtiyorningBITIRUV MALAKAVIYISHI
Ilashish muftasi turlari : Gidravlik, Elektromagnitli va Friktsion ilashish muftalari. Friktsion ilashish muftasi avtomobilning ish faoliyati davomida muxim axamiyatga ega bo’lgan uzellardan biridir. Friksion ilashish muftasi turli mashinalarda ish vazifasi o’zgarmagan xolda turli xil ko’rinishda ishlatiladi. Ilashish muftasi xam detallardan tashkil topgan bo’ladi bular: bosish diski, ilashish diski, bosish podshivniki va bosish vilkasidan iborat. Ushbu detallar asosan buralishga va issiqqa bardoshli bo’lgan materiallardan ishlab chiqariladi va shu bilan birga vazifasiga ko’ra nometal materiallar ham ishlatiladi.
Friksion ilashish muftasining umumiy ko’rinishi.Gidrovlik ilashish muftasining umumiy ko’rinishiElektromagnitli(kukunli) ilashish muftasining umumiy ko’rinishiFriktsion ilashish muftasining detallaridan biri bo’lgan ilashish diskining ish faoliyatini yanada davom etirishining kamxarajat va samarali usulini taklif qiloqchimiz. Ilashish diskining ishdan chiqishiga asosiy sabab maxovik bilan ishqalanadigan nometal materilning qalinligi kamayishidadir. Shu nometal materialni yangisiga almashtirsak ilashish diski yana o’z ish faoliyatini davom ettira oladi. Bunda nometal material maxkamlangan parchin mixlar olib tashlanadi, nometal materialning yangisi qo’yiladi va yana parchin mixlar bilan maxkamlanadi bu usul iqtisodiy jixatdan ham anchagina arzonga tushadi.
Birlamchi val detali haqida qisqacha ma’lumotlar : Ushbu detal uzatmalar qutisida joylashgan, dvigateldan uzatmalar qutisiga burovchi momentni o’tkazishda muxim axamiyatga ega detal hisoblanadi. Ushbu detal po’lat 45 markali metaldan tayyorlangan , detalda 2 ta shlitsali sirt va bitta dumalanish podshivniki o’rnatiladigan sirtalar bor.
Yillik dastur 50000 dona Ishlab chiqarish turi yirik seriyali ishlab chiqarish hisoblanadi Ushbu detalning sirtlariga uchta dastgoh bilan ishlov beriladi;
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda friksion ilashish muftasi detallaridan biri bo’lgan ilashish diskining maxovik detali bilan ishqalanadigan nometal bo’lgan materialini yangisiga almashtirish usulini kiritmoqchiman. Bunga sabab yangi ilashish diski 200 ming so’m tursa men taklif qilayotgan usulda nometal materialni almashtirish 50 ming so’m turadi. Ko’pchilik holda ilashish diskining ishdan chiqishiga sabab qilib yuqorida aytilgan nometal materialning qalinligi kamygani va bu uzatmaga ulash uchun kamlik qilishi ko’rsatiladi va yangi ilashish diski qo’yiladi vaxolanki bu muammoning kam xarajat yo’li ham bor. Men taklif qilayotgan usulni o’zim hayotda sinab ham ko’rdim va haqiqatdan ham o’zini oqlashiga yana bir marta amin bo’ldim.
Download 7.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling