S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Nyuton qonunlari. Butun olam tortishish qonuni va jism og’irligi


Download 5.33 Mb.
bet11/90
Sana14.08.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1666928
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90
1.3. Nyuton qonunlari. Butun olam tortishish qonuni va jism og’irligi
Nyutonning birinchi qonuni: Har qanday moddiy nuqta (jism) o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini tashqi jismlar ta’sir etib, bu holatini o’zgartmaguncha saqlaydi. Jismlarning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini boshqa jismlarning ta’siri bo’lmaganda saqlash xossasiga inertlik deyiladi.
Nyutonning ikkinchi qonuni: Nyutonning ikkinchi qonuni kuch, massa va tezlanish kabi muhim kattaliklarni bir-biri bilan bog’laydi. Jism massasi materiyaning asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, uning inersion va gravitatsion xossalarini ifodalaydi. Massa deb jism inertligining o’lchoviga aytiladi. Kuch vektor kattalik bo’lib, jismga boshqa jismlar yoki maydonlar mexanik ta’sir etganda tezlanish olish yoki shakli va o’lchamlarini o’zgartish o’lchamidir. Mexanik jarayonlarda ishqalanish, elastik va tortishish kuchlari ta’sir etadi.
Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, moddiy nuqta (jism) olgan tezlanish unga ta’sir etuvchi kuchga to’g’ri proporsional va jism massasiga teskari proporsional bo’lib, yo’nalishi kuch yo’nilgan tomonda bo’ladi, ya’ni
 (35)
Xalqaro o’lchov birliklar (XO’B.) sistemasida k=1. U holda
 (36)
Klassik mexanikada massa o’zgarmas kattalik bo’lgani uchun va (35) inobatga olinsa, quyidagini yozish mumkin:
 (37)
vektor kattalik bo’lib, son jihatdan massa va tezlik ko’paytmasiga teng, yo’nalishi esa tezlik yo’nalishi bilan bir xil kattalikka moddiy nuqtaning harakat miqdori (impulsi) deyiladi. Demak, (37) quyidagi ko’rinishga keladi:
 (38)
Massaning o’lchov birligi 1kg, kuchning o’lchov birligi esa-1N. 1N kuch deb 1 kg massasli jismga 1 tezlanish beruvchi kuchga aytiladi.
Nyutonning uchinchi qonuni: Moddiy nuqtalar (jismlar) orasida ta’sir kuchlarining xarakteri Nyutonning uchinchi qonuni bilan ifodalanadi. Har qanday ikkita moddiy nuqtalar (jismlar)ning bir-biriga nisbatan harakat vaqtida ular o’zaro ta’sirlashadi. Ular o’rtasidagi ta’sir kuchlari modul jihatdan teng va yo’nalish jihatdan qarama-qarshi bo’lib, moddiy nuqtalarni birlashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab yo’nalgan:  (39)
Bu kuchlar ta’sir va aks ta’sir kuchlari bo’lib, ular alohida-alohida jismlarga qo’yilgan bo’ladi. 17-rasmda uchta jism-chana, ot va yo’lga ta’sir etuvchi kuchlar tasvirlangan bo’lsa, chana va ot oldinga yo’nalgan tezlanishga ega bo’ladi. (Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan).
Nyuton qonunlari faqat inersial sanoq tizimida bajariladi. Tekis va to’g’ri chiziq bo’ylab (yulduzlarga nisbatan) harakatlanayotgan sanoq tizimiga inersial sanoq tizimi deyiladi. Biror inersial sanoq tizimiga nisbatan to’g’ri chiziq bo’ylab tekis harakat qilayotgan har qanday sanoq tizimi ham inersial sanoq tizimi bo’lib hisoblanadi. Inersial sanoq tizimiga nisbatan tezlanish bilan harakat qilayotgan sanoq tizimiga noinersial sanoq tizimi deyiladi.

17-rasm

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling