S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov
Butun olam tortishish qonuni va jism og’irligi
Download 5.33 Mb.
|
Butun olam tortishish qonuni va jism og’irligi. Har ikkita jism orasidagi o’zaro ta’sir kuchni yuzaga keltiradi. Ta’sirlar o’z tabiatiga ko’ra turli xil bo’ladi: gravitatsion, elektromagnit, jismlar bir-biriga tegib turganda hosil bo’ladigan ta’sir va hokazolar. Biroq hamma ta’sirlar ham boshqa oddiyroq ta’sirlarga olib keladigan ta’sirlardan iborat emas. Oddiyroq ta’sirlarga olib kelmaydigan ta’sirlarga fundamental ta’sirlar, ularni yoritayotgan kuchlarga fundamental kuchlar deyiladi. Fundmental ta’sirlarning to’rtta ko’rinishi mavjud: gravitatsion, elektromagnit, yadroviy (yoki kuchli) va zaif ta’sir.
Tabiatda gravitatsion ta’sirning borligi va u amal qiladigan qonun Nyuton tomonidan ochilgan. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi; ikkita jismlar orasidagi o’zaro tortishish kuchi shu jismlar massalarining ko’paytmasiga to’g’ri proporsional va ular orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional, ya’ni (39) Bu yerda Kavendish tomonidan eksperimental ravishda aniqlangan bo’lib, unga gravitatsion doimiylik deyiladi. Uning fizik ma’nosi shuki, massalari 1 kg dan bo’lgan ikkita jism 1m masofadan turib 6,67·10’11N kuch bilan tortishadi. Yerdagi ko’pchlik mexanik hodisalarni uchta kuchlar vositasida tushuntirish mumkin; og’irlik, ishqalanish va elastik kuchlar. Koinot jismlari orasida bo’ladigan hodisalar I.Kepler tomonidan kuzatilgan sayyoralarning harakat qonunlari bilan tushuntiriladi. Yerda suvning ko’tarilish hodisasini bu qonun Yer va Oy orasidagi tortishish kuchi bilan izohlaydi. Ushbu qonunga amal qilishni biz sezmaganimizning boisi shuki, bizni o’rab olgan jismlar orasidagi tortishish kuchi juda kichik. Mexanikada jism og’irligi tushunchasi ham muhim hisoblanadi. Jismning og’irligi deb Yerga nisbatan bo’shliqda tinch turgan jismning gorizontal asosga bergan yoki Yerga tortilish tufayli prujinani cho’zuvchi kuchga aytiladi. Inersial sanoq tizimida jismning og’irligi modul jihatdan uning Yerga tortilish kuchiga teng bo’ladi. Jism og’irligi (40) formula yordamida aniqlanadi. Jismning og’irligi joyning geografik kengligiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Bunday bog’lanish quyidagi formula yordamida ifodalanadi: (41) bu yerda m-jism massasi M-Yerning massasi, R-Yer radiusi, ω-Yerning sutkalik aylanish burchak tezligi ( ), φ-jism joylashgan geografik kenglik. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling