S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Tashish hujjatlari, jo‘natish va manzil bekatlarida yuklarni ham jo‘na-
tish va manzil yetib kelish daqiqasi bo‘yicha, hisobga olish imkonini bera- di. Jo‘natish momenti, faqatgina, endi tashiladigan yukni qayd qiladi xo- los. Ammo, tashish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli o‘zgarish- larni hisobga olmaydi. Yetib kelish momenti, manzilga yetib kelish momenti bo‘yicha yuk tashishni hisobga olish usulida, tashish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli o‘zgarishlar hisobga olinadi. Yuklarni jo‘nashga qabul qilish Kitobi, bevosita yuk jo‘natuvchidan qabul qilingan, shuningdek, suv va avtomobil transportidan, yangi quri- lishlardan, xorij temir yo‘llaridan, boshqa temir yo‘l izlaridan qayta yuk- langan har bir alohida yuklar uchun, bekat “Tovar idorasi” da to‘ldirib boriladi. Tez buzalidigan mahsulotlarini tashish chiptalari, odatda muqim yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi va maxsus poyezdlar bilan ketadigan, yuk va qo‘l yuki vagonlarida tashiladigan mahsulotlarni rasmiylashtirishga mo‘ljallangan. Yuklarni temir yo‘ldan suv va avtomobil transportiga yoki suv va avtomobil transportidan temir yo‘lga qabul qilish yoki topshirish Qayd- nomsi, to‘g‘ri aralash (temir yo‘l suv yoki temir yo‘l avtomobil) yo‘na- lishda, bekatlarda bir transportdan boshqa transportga yuk tashishni qabul qilish yoki topshirishni, rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. To‘g‘ri xalqaro yo‘nalish bo‘yicha yuklarni uzatish Qaydnomasi. Xorij temir yo‘llariga vagonlarni o‘tkazish bekatlarida, bu qaydnoma olti nusxada tuziladi va ishtirokchi xorij davlatlar temir yo‘llari vakillari tomonidan imzolanadi. Qaydnomada, har bir uzatilayotgan yoki qabul qilinayotgan jo‘natma bo‘yicha yukning nomi va massasi, jo‘natayotgan mamlakat va bekat hamda yetib borish mamlakati va bekati ko‘rsatiladi. 35 Poyezd natura varag‘i, unda poyezd tarkibidagi barcha vagonlar raqami, poyezd massasi, konteynerlar mavjudligi va tashish jarayonini boshqarish hamda poyezdlar harakati xavfsizligi sharoitini ta’minlash to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Vagonlarni raqami bo‘yicha hisobga olish Qaydnomasi, GU-3 shakl - yuk ortish, shuningdek, ortish rejasi bajarilishi to‘g‘risidagi sutkaviy, dekadali va kalendar oy bo‘yicha operativ va statistik Hisobotni tuzish uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Yo‘l qaydnomasi blankalari kitobi - vagonli, marshrutli, mayda jo‘- natmalar va konteynerlarda yuk tashishni rasmiylashtirishda qo‘llaniladi. Bunday jo‘natmalarga, Yo‘l qaydnomasi bo‘laklari Ilova xati bilan bir-ga, temir yo‘l elektron hisob-kitob Markaziga taqdim etiladi. Qaydnoma har bir hisobot sutkasiga tuziladi. Yo‘l qaydnomasi koreshoklari, ya’ni bo‘laklari asosida, jo‘natma yuklangan har bir vagon bo‘yicha, yo‘l qaydnomasi blankalari kitobida quyidagi ma’lumotlar yozib boriladi: yo‘l qaydnomasi raqami; bekat va yetib borish temir yo‘li; yuk nomi; yuk guruhining nomenklatura kodi; yukning tonnadagi massasi; vagon raqami; vagonning yuk ko‘tarish imkoniyati; eksport yuklar uchun “Eksport” belgisi. Tashishga qabul qilingan yuklar nomenklatura guruhi va umumiy tarif-statistik nomenklatura shifri, 1-son Tarif qo‘llanmasiga muvofiq, qo‘yilishi shart. Jo‘natishga qabul qilingan, lekin hisobot sutkasi mobay- nida ortilmagan jo‘natmalar, “Vagon raqami” ustunida “NP” (jo‘natish-ga qabul qilingan kunda yuk ortilmagan) belgisi qo‘yiladi. Yuklarni, agar yuk jo‘natuvchi ijaraga olgan vagonlarda yoki boshqa tashkilotlarga tegishli vagonlarda tashisa, unda Yo‘l qaydnomasi bo‘lagining “Maxsus belgi” ustunida ruxsatnomaga ishora qiluvchi yozuv bo‘lishi shart. Bekat ichidagi yuk tashishga ham ana shunday ruxsat raqami va imzosi qo‘yiladi. Belgilangan muddatlarda bekatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ –Ng “Ma’lumot hisoblash markazi” IVS-ga, markazlashgan hisob-kitob tizimi- ga qo‘shilgan bekatlar esa - “Tashish hujjatlarini qayta ishlash texnologik markazi” TexPD-ga, quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadi: 9 bekat o‘zi ortgan yuklarga- Yo‘l qaydnomasi koreshoklari; yig‘ma, yig‘ma- tarqatma va chetga chiqarilgan vagonlar bo‘yicha esa – Vagon varag‘ining nusxasi; 9 xorij temir yo‘llaridan, qayta ortishsiz yoki g‘ildirak juftini almashtirish bilan suv va avtomobil transportidan Uzatish qaydnomasi asosida qabul qilingan, yangi qurulishlardan Topshirish qaydnomasi asosida qabul qilingan vagonlarga; 9 xorij temir yo‘liga tegishli vagonlardan tushurib olib qayta yuklangan 36 vagonlarga, shuningdek, mamlakat ichidagi boshqa izdagi vagonlardan tushirib olib qayta yuklangan vagonlarga –Vagon varag‘lari nusxalari. Vagon varag‘i. Bu hisob hujjati bo‘lib, u vagon raqami, Yuk xati raqamlari, jo‘natish va manzil bekatlari; yuk nomi va massasi; o‘rin soni; plombalar markasi va mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat. Manzil bekatda, yukni vagondan tushirishdan avval uni qabul qiluvchi- topshiruvchi Xodim, haqiqatda yuklar vagonlarda mavjudligini vagon varag‘i asosida solishtirib tekshiradi. Vagon varag‘i, yuklar vagonlardan haqiqatda tushurilganligini hisobga oladigan dastlabki hisob hujjati sifatida, opeartiv Hisobotda qo‘llaniladi. Kelgan yuklar kitobi, bekat “Tovar idorasi”da bekatga tushirish uchun kelgan barcha yuklarni navbatma-navbat qayd qilishga mo‘ljal-langan. Bu kitobi asosida bekatga kelgan yuklar, yuk oluvchiga berilgan va berilmagan yuklar sonini aniqlash mumkin. Yuk egasiga berilgach kitobda jo‘natma raqami, kalendar oy va sanasi bo‘yicha yozib qo‘yiladi. Yuklarni tushurish kitobi, unda bo‘shatilgan barcha vagonlar va tushi- rilgan yuklar qayd qilinadi, shuningdek, vagondan tushurilayotgan vaqtda qabul qiluvchi- topshiruvchi Xodim imzosi bilan aniqlangan ka-momad va yuklar buzulganligi, agar ular bo‘lsa, ro‘yxati beriladi; bekat yuk saroyidan yuk olib chiqib ketilganligi to‘g‘ri-sida ham yozuv bajariladi. Tayanch iboralar: hujjatlashtirish ketma-ketligi; yuk qabul qilish xati; yo‘l qaydnomasi; tashish hujjatlari; vagon varag‘i; kelgan yuklarni qayd qiluvchi kitob; tushirilgan yuklarni qayd qiluvchi kitob; yuk oluvchiga berilmagan yuklar; kamomad. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling