S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Taqrizchilar: A.X. Ayubjanov –i.f.d., dots. (TDIU); 
M.L. Fayzihojaeva – i.f.n, dots.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Toshkent temir yo'l muhandislari instituti, 2016 y. 


Kirish 
 
Temir yo‘l transporti statistikasi – iqtisodiy statistikaning tarmoqlar 
statistikasi ajralmas bo‘limi hisoblanadi. Uning o‘rganish predmeti temir 
yo‘l tansporti bo’lib, yuk va yo‘lovchilarni aniq masofaga tashishni 
tashkillashtiruvchi korxonalar majmuasi hisoblanadi. Temir yo‘l transporti 
oldida turgan asosiy vazifa mamlakat miqyosidagi temir yo‘l transportida 
tashishlarga bo’lgan ehtiyojni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq qondirish hamda 
tarmoqni va uning har bir korxonasi ishi samaradorligini oshirishdan 
iborat.
Bozor iqtisodietida xujalik mexanizmi va temir yo‘l transporti 
boshqarish tuzilmasida katta o‘zgarishlar ro’y bermoqda. Statistika 
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini 
ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog‘langan holda o‘rganadi. 
Ma’lumotlarni to‘plash, ularni qayta ishlash, tahlil va bashorat (prognoz) 
qilish statistikaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun xo‘jalik 
boshqaruvni takomillashtirishda statistik hisob va hisobotning ahamiyati 
katta va ular bir-biri bilan bevosita bog‘liqdir.
Statistika korxonalar ishlab chiqarish faoliyati natijalarining moddiy va 
mehnat resurslari mavjudligi, ularning ishlatilishi, foydalanilgan zaxiralari, 
moliyaviy holatini tavsiflaydi hamda joriy va bashorat loyihalarni tuzish 
uchun ma’lumotlarni yig‘adi, qayta ishlaydi, tahlil qilish uchun 
tayyorlaydi. 
Istiqbolni belgilash va Davlat statistika qo‘mitalari, viloyat statistika 
bo‘limlari 1997 yil 15 maydagi Farmonga asosan birlashtirilib 
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tashkil etildi. Davlat Statistika 
qo’mitasi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat Statistikasi haqida” va 
respublika Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va 
statistika vazirligini qayta tashkil etish haqida” gi 24 dekabr 2002 yil UP-
3183 sonli Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 8 yanvar 2003 yil 8-sonli qaroriga asosan tuzilgan bo‘lib, 
mamlakatimizda statistika sohasida yagona siyosat ishlab chiquvchi va 
amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaxsdir. Davlat Statistika qo‘mitasi 
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat Statistikasi to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa rasmiy 
hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.
Temir yo‘l transporti tuzilmaviy korxonalari uchun statistik 
ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish hamda ularni tahlil qilish usullari 
temir yo‘l transporti statistika bo‘limida o‘rganiladi. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmaga qadar mavjud statistika umumiy nazariyasi, 
mikroiqtisodiy statistikaga oid o‘quv adabiyotlarida, xususan yetakchi 
3


iqtisodchi olim, professor I.I.Yeliseyevaning “Общая теория статистики” 
dasrligida asosan statistikaning nazariy asoslariga e’tibor berilgan bo‘lsa, 
M.R.Yefimovaning «Социально-экономическая статистика» o‘quv 
qo‘llanmasida makroiqtisodiy statistikaning pirovard statistik 
ko‘rsatkichlari, milliy hisoblar tizimiga ko‘proq e’tibor berilgan. 
Ye.V.Petrova, O.I.Ganchenko, I.M.Alekseyevalarning “Практикум по 
статистике транспорта” o‘quv qo‘llanmasida har xil turdagi transport 
faoliyatlari aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning tahlili keltirilgan. 
Bugungi kunda statistika va statistika hisobi bo‘yicha ilmiy ishlar 
respublikamiz iqtisodchi olimlari tomonidan bir necha o‘quv-uslubiy 
adabiyotlarda o‘rganilib nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. 
Professor Yo.A.Abdullayevning “Statistika nazariyasi” o‘quv qo‘llanma-
sida asosan statistikaning nazariy asoslariga e’tibor berilgan bo‘lsa, 
N.M.Soatov, G.N.Tillaxodjayevaning “Statistika” o‘quv qo‘llanmasida 
tasviriy statistikaning nazariy asoslari, iqtisodiy balanslar turlarining o‘ziga 
xos xususiyatlari hamda muhim makroiqtisodiy yakuniy ko‘rsatkichlariga 
katta e’tibor berilgan bo‘lib, mikroiqtisodiy statistikaning amaldagi 
uslubiyoti yetarli darajada yoritib berilmagan.
A.A.Polikarpov, A.A.Vovkning “Статистика железнодорожного 
транспорта” darsligida statistika nazariyasi va temir yo‘l transporti statisti-
kasining asoslari va xususiyatlari o‘rganilgan. Darslikning birinchi bo‘li-
mida statistikaning umumiy nazariyasi asoslari ko‘rib chiqilqan. Ikkinchi 
bo‘limda esa Rossiya federatsiyasida temir yo‘l transporti statistikaning 
xususiyatlari, statistik ko‘rsatkichlari, ularning uslubiy asoslari keltirilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma yuqorida qayd etilgan adabiyotlardan shunisi 
bilan farq qiladiki, unda boshqa o’quv qo’llanmalarga qaraganda 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda statistika hisobini yuritishning o‘ziga 
xos tartibi, statistik kuzatish shakllari, ko‘rsatkichlari, har bir mavzu 
bo’yicha qisqa nazariy ma’lumotlar, talabalarning amaliy mashg`ulotga 
tayyorgarliklarini aniqlash uchun nazorat savollari, tegishli topshiriqlar va 
ularni bajarish tartibi keltirilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratish jarayonida yuqorida nomlari zikr 
etilgan iqtisodchi olimlarning statistika bo‘yicha olib borgan ilmiy ishla-
ridan keng foydalanildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi 
Statistika to‘g‘risidagi Qonun, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi-
ning Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat statistika 
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar va Internet tarmog‘i 
ma’lumotlaridan hamda Davlat statistika qo‘mitasi hisoboti materiallaridan
keng foydalanildi. 
O‘quv qo‘llanma ikki bo‘lim va 12 bobdan iborat: 
4


1-bo‘lim. Statistikaning umumiy nazariyasi. 
2-bo‘lim. Temir yo‘l transporti statistikasi. 
Har bir bo‘limda statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari va tahlili 
bo‘iycha umumiy ma’lumotlar, namunaviy misollarni yechimlari va 
mustaqil yechish uchun masalalar, testlar berilgan.
O‘quv qo‘llanmaning kirish qismi va 1, 5, 6, 11, 12-boblarini 
S.M.Sultanova; 2-bobini Ye.V. Krivoruchko; 3, 4, 7, 8, 9, 11-boblarini 
G.T.Zakirova; 5, 6, 10, 11-boblarini A.A.Boymatov tayyorlagan. 
Mazkur o‘quv qo‘llanma “Temir yo‘l transporti statistikasi” kursining 
namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, u transport ta’lim muassasalari-
dagi, “Iqtisodiyot”, “Menejment”, “Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnolo-
giyasi”, “Tashishnilarni tashkil etish va transport logistikasi” ta’lim yo‘na-
lishlari hamda temir yo‘l transporti mutaxasisslari uchun mo‘ljallangan. 
5



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling