S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi


Temir yo‘l transporti statistikasi bo‘limlari va ularning vazifalari


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/100
Sana21.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1217471
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
2.3. Temir yo‘l transporti statistikasi bo‘limlari va ularning vazifalari 
 
Temir yo‘l tarnsporti statistikasi quyidagi bo‘limlarga ajratiladi: tashish 
statistikasi, foydalanish statistikasi, asosiy fondlar va texnik jihozlar bilan 
qurollantirish statistikasi, mehnat va ish haqi statistikasi, moliya statitikasi.
Har birini xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
26


Tashish statistikasi - temir yo‘l transportining asosiy bo‘limi sifatida 
asosiy funksiyani bajaradi, ya’ni yuk, yo‘lovchilar va bagaj tashish jarayo-
nini tashkil qiladi (yuk, yo‘lovchilar, bagaj tashishning hajm va sifat ko‘r-
satkichlari o‘rganiladi). Kuzatish birligi - jo‘natish va qabul qilishlar soni. 
Foydalanish statistikasi. Foydalanish statistikasining asosiy funksi-yasi 
harakatlanuvchi tarkiblar mavjudligi va ishlatilishni tavsiflash. Kuzatish 
obyekti bo‘lib harakatlanuvchi tarkiblarning mavjudligi hamda foydalanish 
toifasi bo‘yicha ularning guruhlanishi hisoblanadi. Kuzatish birligi - 
lokomotivlar, vagonlarning mavjudlik soni. 
Asosiy fondlar va texnik jihozlar bilan qo‘rollantirish statistikasining 
asosiy vazifasi ularni texnik holatini o‘rganish va samaradorligini tahlil 
qilish. Kuzatish obyekti – temir yo‘l transporti korxonalarida asosiy 
fondlarning mavjudlik soni. Kuzatish birligi - temir yo‘l transportiga 
taalluqli va o‘z xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy fondlar va texnik zaxiralar. 
Mehnat va ish haqi statistikasi. Kuzatish obyekti - temir yo‘l transport-
tidagi har xil toifadagi ishlovchilar. Kuzatish birligi - har bir ishlovchining 
ish vaqti va ish haqi. 
Moliya statistikasi. Kuzatish obyekti - moliyaviy resurslar va ulardan 
samarali foydalanish. Kuzatish birligi - buxgalteriya va moliyaviy 
hisobotlardagi ko‘rsatkichlar. 
Temir yo‘l transporti statistikasining har bir bo‘limi alohida ravishda 
o‘z vazifasini bajaradi hamda o‘ziga xos xususiy ko‘rsatkichlar tizimini 
yaratadi. Shu bilan birga temir yo‘l transportida har tomonlama faoliyatini 
tavsiflash va talqin qilish maqsadida haqiqiy natijaviy ma’lumotlarni faqat 
jamlash (сводка) natijasida aniqlash mumkin. Statistik ko‘rsatkichlar 
tizimi quyidagi talablarga javob berishi zarur: tarmog‘idagi ishlab 
chiqarish samarasini ifodalash; ierarxiya tuzilmasiga bo‘ysunish; ko‘r-
satkichlar o‘rtasida bog‘lanishni aniq matematik formulalar bilan ifodalash.
Temir yo‘l transportida statistik ma’lumotlar yoppasiga kuzatish 
shaklida joriy hisobotlarda ifodalanadi, bundan tashqari maxsus statistik 
kuzatish shakli chegaralangan masalalarini yechishda qo‘llaniladi. Rah-
bariyat organlariga temir yo‘l transporti tarmog‘ida barcha statistik ma’-
lumotlar markazlashgan holda hisobot shaklida ikki oqim ko‘rinishida 
yetkaziladi. Birinchi oqim tezkor-statistik oqim. Ikkinchi oqim statistik 
oqim. Oqimlarni quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflash mumkin:
27


2.3.1-jadval 
Oqimlar xususiyatlari 
Tezkor-statistik ma’lumotlar 
oqimlari 
Statistik ma’lumotlar oqimlari 
1. Bajarilayotgan vazifa 
Rejalangan 
ko‘rsatkichlarni 
belgilangan muddatda 
bajarish, tekshirish 
Temir yo‘l transport faoliyatini 
tavsiflash va tahlil qilish 
2. Ko‘rsatkichlar tizimi 
Chegaralangan 
Kengaytirilgan 
3. Minimal hisobot davri 
Kun-kecha (sutka) 
Oylik 
4. Ishlab chiqish muddati 
Soatlar 
Kunlar, oylar 
5. Etkazish usuli 
Telefon, telegraf 
Pochta 
6. Svodkalash uslubi
qo‘lda, markazlashmagan 
Avtomatlashtirilgan, 
markazlashgan 
Temir yo‘l transport statistikada yig‘ilgan statistik ma’lumotlarida 
temir yo‘l transportnining muayyan ko‘rsatkichlarining haqiqiy holatini 
ifoda etadi va shunga asoslanib reja chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Mod-
diy va mehnat zaxiralarini aniqlab chiqib, ulardan samarali foydalanish, 
mehnat unumdorligini oshirish, tannarx harajatlarni kamaytirish ko‘rsat-
kichlarini ishlab chiqadi.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling