S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
Temir yo‘l transporti statistikasi, uning predmeti va xususiyatlari
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2. Temir yo‘l transporti statistikasi, uning predmeti va xususiyatlari
Temir yo‘l transporti statistikasining o‘rganish predmeti bo‘lib temir yo’lga xos bo‘lgan ommaviy holatlar va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Transport sohasida temir yo‘l transporti eng katta va muhim o‘rinni egallaydi. Temir yo‘l transporti statistikasi trans- port statistikasining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni moddiy tahlil asosida tashish jarayonini tashkil qiladi, harakatlanuvchi tarkiblarning moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish va moliyaviy natijalarni tahlil qilish uslublarini o‘rganadi. Bularning hammasi 25 temir yo‘l transporti statistikasining asosiy vazifalaridir. Temir yo‘l transportining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1. Temir yo‘l transporti mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadi, mijozlarga hamda yo‘lovchilarga harakatlanuvchi tarkiblar yordamida tashish хizmatlarini ko‘rsatadi. 2. Temir yo‘l transportining asosiy vositalarining bir qismi, ya’ni harakatlanuvchi tarkiblar, o‘z joyini o‘zgartirib turadi, ya’ni doimo harakatda bo‘ladi. 3. Temir yo‘l transporti kechayu-kunduz uzluksiz ishlaydi. 4. Temir yo‘l transporti ichki hududiy, region va markazlashtirilgan holda boshqaruvni amalga oshiradi. 5. Harakatlanuvchi tarkib bilan bog‘liq muayyan ishlovchilarning (mashi- nistlar, provodniklar, vagonlarni tekshiruvchilar, poyezd tuzuvchilari, elektromontyorlar) ish haqlari, ish vaqtlari, smena davomiyligi aniq belgilanmaganligi sababli statistik kuzatish uslublari alohida shaklda olib boriladi. Yuqorida keltirilgan xususiyatlardan temir yo‘l transporti statistikasi- ning xususiy uslublari kelib chiqadi: 1. Birinchi manbalar (birlamchi hujjatlarni)ni to‘ldirish aniq va to‘liq holda olib borilishi zarur; 2. Haqiqiy bajarilgan ish bo‘yicha qayd qilish fursati, shu holatda joylashishini ifodalab, o‘sha ish bajarilish vaqtida to‘ldirilishi zarur; 3. Hisobot davri va hisobot fursati aniq va to‘liq tarzda belgilanishi zarur; 4. Temir yo‘ldagi harakatlanuvchi tarkiblarni qatnashish darajasini ifodalaydigan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish va pirovard natijaga ta’sir etuvchi omillarni talqin va tahlil qilish. Temir yo‘l transporti asosiy faoliyatini tahlil qilish ko‘rsatkichlari quyidagilar: 1. Yuk tashish ko‘rsatkichlari (tashilgan yuk hajmi, yuk aylanmasi (1 km tashilgan yukning o‘rtacha vazni), o‘rtacha masofasi va hokazo); 2. Yo‘lovchilarni tashish ko‘rsatkichlari; 3. Tashishdan kelib tushgan daromadlar; 4. Temir yo‘ldagi texnik jihozlarning harakatlanuvchi tarkibdagi mavjudligi ko‘rsatkichlari. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling