Statistik guruhlashni amalga oshirish tartibi va tamoyillari reja
Download 23.79 Kb.
|
Statistik guruhlashni amalga oshirish
Statistik guruhlashni amalga oshirish tartibi va tamoyillari REJA 1. Statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash 2. Statistik guruhlashning mohiyati, vazifalari va turlari
3. Statistik guruhlashni amalga oshirish Har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish materiallarini jamlash va guruhlash deb yuritilad Statistikada jamlash: Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Ma’lumotlarni jamlash-tashkil etilishiga qarab: Markazlashgan jamlashda kuzatishdan olingan barcha ma’lumotlar bir joyda to‘planadi, hamda qo‘yilgan maqsad va vazifaga qarab guruhlanadi va qayta ishlanadi. Markazlashmagan jamlashda boshlang‘ich kuzatish ma’lumotlari dastlab joylarda (tuman, viloyat) statistika organlarida qayta ishlanadi, keyinchalik markazga - Davlat statistika organlariga yuboriladi. Statistik guruhlash deb hodisa va jarayonlarni har tamonlama, chuqur o‘rganish uchun kuzatish to‘plami ma’lumotlarini muxim belgilariga qarab guruhlarga ajratishdir. Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushiniladi. Guruhlash uchun asos qilib kuzatish oldiga maqsad va vazifa qilib qo‘yilgan hodisa va jarayonlarning mohiyatini to‘liq ifodalab beruvchi, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mazmunini yoritib bera oladigan belgilar olinadi. Guruhlash belgilari ifodalanishiga qarab, quyidagi belgilar bo‘lishi mumkin. Miqdoriy belgilar - bu son bilan ifodalanuvchi belgilardir. Alternativ belgi - ikki qarama-qarshi, biri-birini taqozo qilmaydigan belgilardir. Sifat belgisi - o‘rganilayotgan ijtimoiy - iqtisodiy hodisalar son jihatdan ifodalash mumkin bo‘lmagan faqat mazmun yoki sifat jihatdan farq qiluvchi belgilarga aytiladi. Hodisa va jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishini aniqlashda quyidagi belgilarni farqlash lozim. Omil belgi - hodisa va jarayonlar o‘zgarishiga ta’sir etuvchi belgidir. Natijaviy belgi - hodisa va jarayonlarning o‘zgargan holatini ifodalaydi.
Muhim belgilar hodisaning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydi. Korxonalarni mahsulot hajmi, ishlab chiqarish fondlari bo`yicha guruhlash muhim belgi bo`yicha guruhlashga misol bo`la oladi. Muhim bo`lmagan belgilar hodisaning faqatgina tashqi tomonini tavsiflaydi. Bunga korxonalarni ularning nomi, kimga qarashligi kabi belgilar bo`yicha guruhlashlar misol bo`la oladi. Guruhlash oralig’i belgining eng katta va eng kichik variantalri ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Oraliqlar: Teng va teng bo`lmagan; Ochiq va ochiq bo`lmagan; Maxsus ko`rinishlarda bo`lishi mumkin Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo`lgan oraliq tushuniladi. U quyidagicha hisoblanadi: Xmax - Xmin i = --------------------- ; n
Xmax - guruhlash belgisining eng katta miqdori (varianti); Xmin - guruhlash belgisining eng kichik miqdori (varianti); n - guruhlar soni.
Statistik guruhlash turlari
Tipologik guruhlash yordamida to`plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Analitik guruhlash yordamida hodisalar o`rtasidagi o`zaro bog’lanish o`rganiladi. Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo`lgan guruhlarning salmog’i hisoblanadi va shu tariqa to`plam tarkibi o`rganiladi. Guruhlashda taqsimot qatorlari tuziladi. Taqsimot qatorlari deb hodisa va jarayonlarning biror belgi bo‘yicha ma’lum bir tartibda taqsimlanishiga aytiladi. Har qanday taqsimot qatori 2 elementdan: belgilar va belgilar sonidan iborat bo‘ladi. Atributiv belgilari bo‘yicha tuzilgan qator atributiv taqsimot qatori deyiladi. Miqdor belgilari bo‘yicha tuzilgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deyiladi 3.2. MAVZU: “STATISTIK MA’LUMOTLARNI JAMLASH VA GURUHLASH” Reja:
Statistik guruhlashni amalga oshirish tartibi Ikkilamchi guruhlash. 3. Qisqacha xulosalar Statistik kuzatish natijasida olingan dastlabki ma’lumotlar tarqoq bo`ladi. Keyingi vazifa ma’lumotlarni jadvalda aks ettirish va guruhlashdan iborat.
Dastlab, guruhlash belgisini tanlab olamiz. Guruhlash belgisi qilib – asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymatini olamiz. Bu belgi asosida teng oraliqli 4 ta guruhga ajratamiz.Download 23.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling