S. M. Sultanova, E. V. Krivoruchko, G. T. Zakirova, A. A. Baymatov temir yo‘l transporti statistikasi
-BO’LIM. STATISTIKA UMUMIY NAZARIYASI ASOSLARI
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
1-BO’LIM. STATISTIKA UMUMIY NAZARIYASI ASOSLARI
1-bob. Statistika kuzatish va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar 1.1. Statistik kuzatish Idora, korxona, tashkilotlarda statistika ishlari ma’muriy statistika deb yuritiladi. Amaliyotda yagona hisobi joriy qilingan, u uch turdagi hisobni o‘z ichiga oladi: 1. Tezkor texnika hisobi. 2. Buxgalteriya hisobi. 3. Statistik hisobi. Statistik hisobi quyidagi vazifalarni bajaradi: − statistik axborotni takomillashtirish va iqtisodiy tahlil qilishni yanada chuqurlashtirish; − iqtisodietning barcha hisobotlarni tartibga solish va ularning aniqligini ta’minlash; − xalqaro statistika andozalari va qoidalariga mos ilmiy asoslangan statistika uslubiyat va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; − xo‘jalik yuritishning turli shakllarini (davlat, xususiy, aralash) mulk- chilikning ko‘p qirraligini ifodolovchi ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish; − bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning ish samaradorligini, yuqori mehnat unumdorligi va aholi ehtiyojini to‘liqroq qondirilishini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqarish; − respublikalar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar va mintaqalararo xo‘jalik aloqalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish; − milliy hisoblar tizimi va yakuniy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni, ularga bo‘lgan talabga e’tiboran, ishlab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasida statistika tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish. Statistika amaliyotida asosiy masalalardan biri statistik to‘plam, uning tuzilishi, tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi tushunchalaridir. Statistik to‘plamning muhim belgisi – unda ichki o‘zgaruvchanlikning, ya’ni variatsiyaning mavjudligidir. Masalan, temir yo‘l transportida yuk tashish jarayonida yuk tashuvchi vagonlarini toifalari va yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha hisobga olish. Yuk ortish va yuk tushirish bo‘yicha statistik hisobotlar bekatlar, mintaqaviy temir yo‘l uzeli (MTU), yuk turlari bo‘yicha tuziladi va tahlil qilinadi. Statistik to‘plam statistik tadqiqot natijasida paydo bo‘ladi. Har qanday statistik tadqiqot uch bosqichini o‘z ichiga oladi: statistik kuzatish; kuzatish materiallarini jam-lash va guruhlash; kuzatilayotgan voqeani har tomonlama tavsiflovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni hisoblash va ularni tahlil qilish. 6 Ijtimoiy hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni rejali, ilmiy, uyushtirilgan asosda to‘plash jarayoni statistik kuzatish deb ataladi. Statistik kuzatish turlari quyidagilar: 1. Voqealar sodir bo‘lishini qayd qilish vaqtiga qarab: uzluksiz kuzatish; fursatli kuzatish; bir yo‘la kuzatish. 2. Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab: bevosita kuzatish; xujjatli kuzatish; savol-javob usuli. 3. O‘rganilayotgan to‘plam birliklarini o‘z ichiga qamrab olishiga qarab: yoppasiga kuzatish; qisman kuzatish. Statistik kuzatish o‘tkazilgandan so‘ng uning natijalarini qabul qilish boshlanadi. Qabul qilish jarayonida ma’lumotlar uch nuqtai nazardan tekshiriladi: 1) Tashqi nazorat; 2) Mantiqiy tekshirish; 3) Arifmetik tekshirish. Statistik kuzatish materiallarini tekshirish va qabul qilish davomida ikki xildagi xatolar aniqlanishi mumkin: qayd qilishdagi xatolar va rep- rezentativ (vakolatli) xato. Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plangach, keyingi vazifa olingan ma’lumotlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solishdan iboratdir. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash deb yuritiladi. Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja aso- sida amalga oshiriladi. Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo‘linadi. Svodkalash tashkil qilinishiga qarab markazlashgan va mar- kazlashmagan svodkalashlarga bo‘linadi. Kayta ishlash texnikasiga qa-rab svodkalash qo‘lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Mexanizatsiya- lashgan usulda kam mehnat talab qilinadi va svodkalash arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi. 1) Keng ma’noda svodkalash deyilganda to‘plangan boshlang‘ich ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai- nazaridan qayta ishlash tushuniladi. Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo‘yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o‘rganishga aytiladi. Guruhlash usuli ommaviy to‘plamlarda keng qo‘llaniladi. Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch turdagi vazifa yechiladi: 1) Hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi; 2) Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o‘rganiladi; 3) Hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish aniqlanadi. 7 Guruhlash belgisi deyilganda guruhlash uchun asos qilib olingan belgi tushuniladi. Ko‘zlangan maqsad va vazifalarni hal qilish nuqtai-nazaridan statistik guruhlash uch turga: 1) tipologik; 2) tuzilmaviy; 3) analitik guruhlashga bo‘linadi. Tipologik guruhlash yordamida to‘plamning turli xildagi birliklari sifat jihatdan bir xil guruhlarga, bir xil tiplarga ajratiladi. Tuzilmaviy guruhlash yordamida bir xil tipdagi, sifat jihatidan bir xil bo‘lgan guruhlarning sal- mog‘i hisoblanadi va to‘plam tarkibi o‘rganiladi. Bunday guruhlashlar yor- damida temir yo‘l transportida xujaliklar bo‘yicha daromad va xarajatlar ko‘rsatkichlari, ishchilarning kasbiy tarkibi yoki tuzilmasi kabilar o‘rganiladi. Analitik guruhlash yordamida hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish o‘rganiladi. Ikki va undan ortiq belgilar bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar kombinatsion guruhlash deyiladi. Statistik kuzatish ma’lumotlari qayta ishlab bo‘lingach, guruhlarga ajratilib, jadvallarda aks ettiriladi. Ijtimoiy voqea va hodisalar to‘g‘risi- dagi ma’lumotlarni ko‘rishi, tushunish oson bo‘ladigan va ixchamlashgan sonlar yordamida tartib bilan yozishga statistik jadval deyiladi. Jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi territoriya, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim. Har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlarda ifodalanadigan statistik to‘plamlar jadvalning egasi, o‘rganilayotgan to‘plamlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa ung tomonida bo‘ladi. Temir yo‘l transportida tashilgan yuklarning tahlilini o‘tkazishda 1.1.1.-jadvalda berilgan shartli raqamlar misolida analitik guruhlashni ko‘rishimiz mumkin. Keltirilgan 1.1.1-jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, hisobot davrida (1-chorakda) jami bajargan ish, ya’ni netto yuk tashish ko‘rsatkichi 5036 mln. tonna-kmni tashkil etdi. Shu davrda ishlab chiqarish xarajatlari esa 184065,3 mln. so‘mni tashkil etdi. Boshlang‘ich yakuniy operatsilariga ketgan jami xarajatlar 43472,9 mln.so‘mda ifodalangan. 8 1.1.1-jadval Hisobot yil 1 choraqida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ yuk toifalari bo‘yicha ishlab chiqarilgan xarajatlarini taqsimlanishi* Yuk toifasi Tonna- kilometr netto, mln Boshlang‘ich-yaku- niy operatsiyalaridan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari Boshlang‘ich- yakuniy operatsiyalariga xarajatlar Jami Tosh ko’mir 110,9 4052,4 3940,5 7993,0 Koks 1,6 58,6 13,7 72,3 Neft mahsulotlari 1146,6 41905,3 9116,5 51021,8 Ruda 194,1 7094,3 3268,3 10362,5 Qora metallar 302,8 11067,1 941,7 12008,8 O‘rmon-yog‘och mahsulotlari 222,3 8126,5 745,8 8872,3 Qurilish mahsulotlari 559,3 20443,1 3947,2 24390,2 Mineral o‘g‘itlar 399,9 14617,5 2998,5 17615,9 Non mahsulotlari 234,7 8578,8 1268,9 9847,7 Sement 281,8 10299,7 2693,8 12993,5 Sanoat xomashyo 135,8 4962,2 2824,5 7786,7 Paxta 185,7 6787,1 302,8 7089,9 Boshqa yuklar 1260,6 46072,7 11410,7 57483,4 Hammasi 5036,2 184065,3 43472,9 227538,1 *Manba: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ statistik hisobot ma’lumotlari Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling