S. N. Maxsudov, G. R. Shukurova


TALABALAR BILIM IN I BAHOLASHDAGI


Download 2.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/77
Sana12.11.2023
Hajmi2.96 Mb.
#1768456
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Bolalar stomatologiyasi. Maxsudov S.N

TALABALAR BILIM IN I BAHOLASHDAGI 
HOLAT MASALALARI
1. 22 yoshli homilador ayol uchun boiajak bolasida stomatologik 
kasalliklar profilaktikasi bo'yicha chora-tadbirlar rejasini tuzing.
2. Tug‘ilajak bolada ekzogen kariyes profilaktikasi o‘tkazish uchun 
homilador ayolga qaysi preparatlar tavsiya etiladi?
3. 6 yoshli bolaning og‘zida 4 ta tishida kariyes aniqlandi. Savol: 
Sizning pediatr sifatida kariyes profilaktikasiga doir tadbirlaringiz.
4. Tug‘ruq vaqtida bolaning yuz-jag‘ suyaklarining mexanik 
shikastlanishi yuzberdi. Savol: Buning oqibatida qanday deformatsiya 
yuzaga kelishi mumkin?
5. 7 yoshli bem or bolada burun orqali nafas olishi buzilgan. 
Savol: Bolada qanday shakl buzilishlari rivojlanishi mumkin? Sizning 
pediatr sifatida tutgan yo‘lingiz?
6 .4 yoshli qizcha doimiy ravishda so‘ig‘ich so'radi. Savol: Sizning 
pediatr sifatida fikringiz?
7. 2 yoshli qizda surunkali bronxit tashxisi bilan antibiotiklardan
2 kurs davolash o ‘tkazildi. Bemor lanj, ishtahasi pasaygan, terisi 
oqaigan. Og‘iz bo‘shlig‘ida tarqalgan oqish karashlar qiyin ko‘chiriladi. 
Sizning taxminiy tashxisingiz? Davolash rejasini tuzing. Kasallik 
profilaktikasi nima?
8.1 yoshu 3 oylik bolada tana harorati 38°C ko'tarilgan, ishtahasi 
yo‘qolgan, lanj, uyqusi buzilgan. Bola tez-tez shamollab turadi. 2 
kun awal onasi bolaning milki va til sohasida oqish-sarg‘ish dog‘lami 
ko‘rgan, o‘ng qo‘l birinchi barmog‘ida yiringli panarisiy. Til yuzasida 
1 sm li eroziya, nekroz karash qoplagan. Lunj va tanglayda ham 
eroziyalar bor. Bolani tekshirish usullarini sanab o ‘ting. Tashhislash 
va davolash usullarini ayting.


9. 7 yoshli bolada surunkali qaytalanuvchi aftoz stomatit qayd 
qilingan. Sizning pediatr sifatida davolash rejangiz nima?
10
.
12 yoshli qiz, ovqatlanganda tishda og‘riq bo‘lishiga shikoyat 
qiladi. Umumiy holati yaxshi. Ob’ektiv ko'rilganda chaynov tishda 
o ‘rta kariyes kavagi aniqlandi, kovak yumshoq oqish dentin bilan 
to'lgan, zondlanganda va perkussiyada og‘riqsiz. Sizning tashxisingiz?
11
.
10 oylik qizchaning onasi shikoyat qiladi: yorib chiqqan 
tishlar g‘adir-budur va emal sathida sariq dog‘lar bor. Onasi 
homiladorlik vaqtida toksikoz va bronxit o ‘tkazgan, tibbiyot 
ovqatlanish 3 oylikkacha. Suvda ftor miqdori 0,4 mg/1. Stomatologik 
kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha sizning maslahatingiz?
12. 4 yoshli bolaning onasi bolada harorat ko‘tarilishi, umumiy 
intoksikatsiya, tishda xurujsimon kuchli, tarqaluvchi og‘riqlar 
bo‘lishiga shikoyat qiladi. Sizning pediatr sifatida tutgan o‘mingiz.
13. Shifokor qabulida bolajak ona tug‘iladigan bolada stomatologik 
kasalliklar rivojlanishida qanday xavfli omillar (tafakkal omillari) 
bo‘lishi mumkinligi haqida m a’lumot bering.

Download 2.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling