S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Mahsulot ishlab chiqarish me’yori quyidagicha aniqlanadi
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
Mahsulot ishlab chiqarish me’yori quyidagicha aniqlanadi:
1. Operatsiyani bajarish vaqt me’yori orqali: 92 Mahsulot ishlab chiqarish me’yori – bu birlik ishni bajarish yoki ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan ishning yoki operatsiyaning miqdoridir. U natura birligida: dona, juft, pm, tonna kabi birliklarda o’lchanadi. m m V Т М = Mahsulot ishlab chiqarish me’yori M m – belgilangan vaqtning operatsiyaning vaqt me’yoriga taqsimlab aniqlanadi, qaysi vaqt uchun hisoblanayotganiga ko’ra soatlik, smenalik (kunlik), oylik mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari mavjud, ular quyidagicha aniqlanadi. Soatlik mahsulot ishlab chiqarish me’yori: m m m soat soat m V V soat V Т М 3600 1 = = = Smenalik (kunlik) mahsulot ishlab chiqarish me’yori: m sm sm m V Т М = Mahsulot ishlab chiqarish me’yori bilan vaqt me’yori o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Agar mahsulot ishlab chiqarish me’yori oshsa, vaqt me’yori kamayadi, lekin bu kamayish to’g’ri mutanosiblikda bo’lmaydi, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish me’yorining oshish foizi, vaqt me’yorini kamayish foiziga teng bo’lmaydi. Bu bog’liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin: m m m М М V D + D × = D 100 100 yoki m m m V V М D - D × = D 100 100 Bu yerda: DV m – mahsulot ishlab chiqarish me’yori oshganda vaqt me’yorining kamayishi, % da; DM m – vaqt me’yori kamayganda mahsulot ishlab chiqarish me’yorining oshishi, % da. Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini hisoblashning xususiy hollari mavjud bo’lib, u quyidagicha ifodalanadi: a) operativ vaqt orqali: op dam хиz sm m t Т Т Т М ) ( + - = b) bir dona mahsulot ishlab chiqarish vaqt me’yori orqali: dona tay sm m t Т Т М - = 93 Bu yerda: T xiz , T dam – bir smena uchun belgilangan ish o’rniga xizmat ko’rsatish va dam olish vaqtlari; T tay – smena uchun ajratilgan tayyorlov-yakunlov vaqti. 2. Mahsulot ishlab chiqarish me’yorini mashinaning unumdorligi orqali hisoblash: Mashina mehnatiga asoslangan engil sanoat korxonasining asosiy ishlab chiqarish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish me’yori mashinaning unumdorligi orqali aniqlanadi. Bunday jarayonlarda texnologik operatsiya ishchilarning ishtirokisiz texnologik jihozning ishchi organlari orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, ishchining mahsulot ishlab chiqarish me’yori (M m ) mashinaning ish unumini (N m ) ishchini xizmat ko’rsatish me’yoriga (n xiz ) ko’paytirib aniqlanadi. M m = N m × n xiz Mashinaning ish unumi o’z navbatida mashinaning nazariy unumini (A) texnologik jihozning foydali vaqt koeffitsientiga K v.f ko’paytirib aniqlanadi. N m = A × K v.f Mashinaning nazariy unumi – bu texnologik jarayonda uzilishlar bo’lmaganda vaqt birligi mobaynida mahsulot ishlab chiqara oladigan mahsulot miqdoriga aytiladi. Nazariy ish unumi – bu asosiy vaqt birligida mashina ishlab chiqarishi kerak bo’lgan mahsulot miqdoridir. m t Т А = Bu yerda, t m – mashinaning vaqt me’yori, sekund, minut; T – mashinaning nazariy unumini hisoblash uchun asos qilib olingan vaqt birligi, minut. Har qanday texnologik jihozni uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun vaqt birligi deb bir soat qabul qilinadi. Shunga ko’ra, mashinaning nazariy unumi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. m m t t А 60 1 = = Mashinaning vaqt me’yori, texnologik jihozlarning turiga belgilangan formulalar yordamida aniqlanadi. 94 Mashinalarning ish unumi unumli vaqt bo’lgan asosiy vaqtga (mashina vaqtiga) va turli sabablarga ko’ra texnologik jarayon uzilib, mashinalarning bekor turib qolishiga bog’liq. Bu ikkala omilni bir-biridan ajratib hisobga olinib, ularning har biri miqdoriy ifodalanadi. Mashinalarning ish unumi mashinalarning foydali ish koeffitsientiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lib, u vaqt me’yorida asosiy (texnologik) vaqtning ulushini ko’rsatadi. Foydali vaqt koeffitsienti mashinaning me’yorlangan qancha qismi unumli, bevosita texnologik jarayonni bajarishga foydalanishini ko’rsatadi, mashinalarning bekor turishining qisqarishi foydali vaqt koeffitsientini ko’paytiradi. Mashinaning foydali vaqt koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: K i.v = K a × K b Bu yerda K a – “A” guruh bo’yicha bekor turishlar koeffitsienti; K b – “B” guruh bo’yicha bekor turishlar koeffitsienti. “A” guruh bo’yicha bekor turishlar koeffitsienti asosiy vaqt (mashina vaqti) ning operativ vaqtdagi ulushini ko’rsatadi, demak texnologik jarayonni davom ettirib turish oqibatida yuzaga keladigan tanaffuslar (uzilishlar) ta’sirini aks ettiradi, quyidagicha aniqlanadi: t yor m m а t t t t К + + = Bu yerda: t yord - mahsulot birligiga to’g’ri keladigan qoplanmaydigan yordamchi (texnologik) vaqt, sekund, minutda; t t - mahsulot birligiga to’g’ri keladigan to’g’ri kelish tanaffuslari vaqti, minut. “B” guruh bo’yicha bekor turishlar koeffitsienti - o’rganilayotgan vaqtning me’yorlanadigan vaqtdagi ulushini ko’rsatadi, ya’ni ish o’rniga xizmat ko’rsatish oqibatida yuzaga keladigan tanaffuslar (uzilishlar) ta’sirini aks ettiradi, u quyidagicha aniqlanadi: sm b sm b Т Т Т К - = Bu yerda, T sm – smena davomiyligi, min, soatda; T b – ish o’rniga xizmat ko’rsatishning dam olish va shaxsiy ehtiyojlar vaqtini qo’shib hisoblanganda qoplanmaydigan vaqtning bir smenaga to’g’ri keladigan qismi. To’qimachilik korxonalarida mashinalar ish unumi me’yorini hisoblashning mana shu analitik-hisoblash usulidan foydalaniladi, ya’ni bu usul mashina ish unumi 95 me’yorining ikkita asosiy omilga – nazariy ish unumi va foydali vaqt koeffitsientiga bevosita bog’liq ekanini aniqlash imkonini beradi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling