S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Download 0,67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.8 Fotoxronometraj
O’z-o’zini fotografiya qilish. Kuzatuvning ushbu usuli ish vaqtining
yo’qotilishiga qarshi kurashning eng samarali usuli bo’lib, unda ishchi o’zining ish faoliyatini o’zi kuzatadi, ish o’rnidagi tashkiliy-texnikaviy kamchiliklar, yani ish o’rniga mehnat predmetlari, asboblarning o’z vaqtida etib kelmasligi, ta’minlashdagi uzilishlar, texnologik jihozlarni ta’mirlash, sozlash bilan bog’liq bo’lgan ish vaqtining zoye ketishini o’rganadi. Ishchi maxsus kuzatuv varag’iga smena davomida mavjud bo’lgan o’ziga bog’liq va bog’liq bo’lmagan ish vaqtini zoye ketish vaqtlarini, ularning har biri qancha davom etganligini yozib boradi. O’z-o’zini fotografiya qilish usuli asosan ilg’or, o’z ishiga ma’suliyat bilan yondoshadigan ishchilar tomonidan o’tkaziladi. Ishchiga kuzatuvning mohiyati, uning o’tkazish tartibi to’g’risida ko’rsatmalar beriladi. O’z-o’zini fotografiya qilish ishiga bir vaqtning o’zida juda ko’p ishchi jalb etilib, bu o’z navbatida ishlab chiqarish uchastkalarida vaqt zoye ketishi sabablarini qisqa muddat ichida aniqlash imkonini beridi. Shu sababli ushbu usulning o’ziga xosligi uning ommaviyligidadir. U vaqtning zoye ketganligini qayd qilib qolmasdan, balki mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklarni yo’qotish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga ham qaratilgandir. Ishchilarning o’zlari ish vaqtidan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadilar, ular ishlab chiqarishdagi nuqsonlarni ochib tashlaydilar, mehnat unumdorligini oshirishga xalaqit beruvchi har qanday to’siqlarni bartaraf qilishga yordam beradilar. 110 2.8 Fotoxronometraj Fotoxronometraj – kuzatuvlarning differensial yig’indisi bo’lib, unda to’liq ish kuni yoki uning bir qismi davomida ish vaqtidan foydalanish va texnologik operatsiyani bajarish uchun sarflanadigan vaqtni aniqlash uchun o’tkaziladigan kuzatuv turiga aytiladi. Fotoxronometraj smena davomida elementlari davriy takrorlanmaydigan yoki kamdan-kam takrorlanadigan texnologik operatsiyalar uchun o’tkaziladi, masalan tikuvchilik korxonalarida bajariladigan to’shama tayyorlash, gazlamalarni bichishga tayyorlash, gazlama sarfini aniqlash va boshqa operatsiyalar. Fotoxronometraj fotografiya va xronometraj kuzatuvlarini o’z ichiga oladi, shu sababli bir vaqtning o’zida ishchining ish vaqti sarfining haqiqiy va normativ balansini, ishchining ish vaqti va jihozdan oqilona foydalanishda zoye ketayotgan vaqtlarning sababini aniqlash, operatsiyaning tartibi, uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni aniqlash mumkin bo’ladi. Fotoxronometraj ham boshqa kuzatuv usullariga o’xshab aniq bir maqsad uchun o’tkaziladi, kuzatish tayanchi tanlab olinadi. Kuzatuv natijalari esa kuzatuv varag’iga yozib boriladi. Ishchining ishga tayyorgarligi, ish o’rniga xizmat ko’rsatishi, dam olish, har xil sabablarga ko’ra to’xtab qolishlar, ishni kutishlar fotografiya kuzatuv varag’iga, operativ ishning boshqarilishi esa xronometraj kartasiga qayd etib beriladi. Kuzatuv natijalari xuddi fotografiya va xronometrajga o’xshab tahlil qilinadi, aniq tadbirlar ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishga joriy etiladi. Download 0,67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling