S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/57
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1719779
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

O’z-o’zini fotografiya qilish. Kuzatuvning ushbu usuli ish vaqtining
yo’qotilishiga qarshi kurashning eng samarali usuli bo’lib, unda ishchi o’zining ish
faoliyatini o’zi kuzatadi, ish o’rnidagi tashkiliy-texnikaviy kamchiliklar, yani ish
o’rniga mehnat predmetlari, asboblarning o’z vaqtida etib kelmasligi, ta’minlashdagi
uzilishlar, texnologik jihozlarni ta’mirlash, sozlash bilan bog’liq bo’lgan ish
vaqtining zoye ketishini o’rganadi. Ishchi maxsus kuzatuv varag’iga smena davomida
mavjud bo’lgan o’ziga bog’liq va bog’liq bo’lmagan ish vaqtini zoye ketish
vaqtlarini, ularning har biri qancha davom etganligini yozib boradi. O’z-o’zini
fotografiya qilish usuli asosan ilg’or, o’z ishiga ma’suliyat bilan yondoshadigan
ishchilar tomonidan o’tkaziladi. Ishchiga kuzatuvning mohiyati, uning o’tkazish
tartibi to’g’risida ko’rsatmalar beriladi.
O’z-o’zini fotografiya qilish ishiga bir vaqtning o’zida juda ko’p ishchi jalb
etilib, bu o’z navbatida ishlab chiqarish uchastkalarida vaqt zoye ketishi sabablarini
qisqa muddat ichida aniqlash imkonini beridi. Shu sababli ushbu usulning o’ziga
xosligi uning ommaviyligidadir. U vaqtning zoye ketganligini qayd qilib qolmasdan,
balki mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi kamchiliklarni yo’qotish
chora-tadbirlarini ishlab chiqishga ham qaratilgandir. Ishchilarning o’zlari ish
vaqtidan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadilar, ular ishlab
chiqarishdagi nuqsonlarni ochib tashlaydilar, mehnat unumdorligini oshirishga
xalaqit beruvchi har qanday to’siqlarni bartaraf qilishga yordam beradilar.


110
2.8 Fotoxronometraj
Fotoxronometraj – kuzatuvlarning differensial yig’indisi bo’lib, unda to’liq ish
kuni yoki uning bir qismi davomida ish vaqtidan foydalanish va texnologik
operatsiyani bajarish uchun sarflanadigan vaqtni aniqlash uchun o’tkaziladigan
kuzatuv turiga aytiladi.
Fotoxronometraj smena davomida elementlari davriy takrorlanmaydigan yoki
kamdan-kam takrorlanadigan texnologik operatsiyalar uchun o’tkaziladi, masalan
tikuvchilik korxonalarida bajariladigan to’shama tayyorlash, gazlamalarni bichishga
tayyorlash, gazlama sarfini aniqlash va boshqa operatsiyalar.
Fotoxronometraj fotografiya va xronometraj kuzatuvlarini o’z ichiga oladi, shu
sababli bir vaqtning o’zida ishchining ish vaqti sarfining haqiqiy va normativ
balansini, ishchining ish vaqti va jihozdan oqilona foydalanishda zoye ketayotgan
vaqtlarning sababini aniqlash, operatsiyaning tartibi, uni boshqarishga sarflanadigan
vaqtni aniqlash mumkin bo’ladi.
Fotoxronometraj ham boshqa kuzatuv usullariga o’xshab aniq bir maqsad
uchun o’tkaziladi, kuzatish tayanchi tanlab olinadi. Kuzatuv natijalari esa kuzatuv
varag’iga yozib boriladi. Ishchining ishga tayyorgarligi, ish o’rniga xizmat
ko’rsatishi, dam olish, har xil sabablarga ko’ra to’xtab qolishlar, ishni kutishlar
fotografiya kuzatuv varag’iga, operativ ishning boshqarilishi esa xronometraj
kartasiga qayd etib beriladi.
Kuzatuv natijalari xuddi fotografiya va xronometrajga o’xshab tahlil qilinadi,
aniq tadbirlar ishlab chiqiladi va ishlab chiqarishga joriy etiladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling