S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Ish vaqti sarfini o’rganishning momentli kuzatish usuli


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/57
Sana25.10.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1719779
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

2.9 Ish vaqti sarfini o’rganishning momentli kuzatish usuli
Ishlab chiqarish uchastkalari katta yoki ish o’rinlari bir-biridan uzoqda
joylashgan korxonalarda ko’p sonli ishchilarning ish vaqti sarfini kuzatuvchi
tomonidan joriy vaqt bo’yicha bir vaqtda kuzatuv o’ta murakkab jarayonga aylanadi.
Bunday vaziyatda kuzatuvchi ishchilarning harakatlarini absolyut qiymati yoki joriy


111
vaqtini emas, balki shartli belgilar yordamida ish vaqti sarfini turlarga ajratib,
kuzatuv varag’iga harakat turlarining soni yozib boriladi.
Demak, ish vaqtini momentli kuzatuv usuli ommaviy fotografiyaning turi
bo’lib, ishchilarni harakatlarini momentlar bo’yicha o’rganiladi, ishchilarning ish
harakatidagi har bir momenti qayd etiladi.
Momentli kuzatuv usuli matematik-statistika usuliga asoslangan bo’lib, u ham
bir qancha bosqichlarda o’tkaziladi:
- tayyorgarlik bosqichi;
- kuzatuvni o’tkazish;
- kuzatuv natijalarini tahlil qilish.
1-bosqich. Tayyorgarlik bosqichida quyidagilar bajariladi:
- o’rganilayotgan ishlab chiqarish bo’linmasida ish o’rinlarining joylashganligi,
ishchilar soni ular mehnatini tashkil qilinishi shakllari, ish o’rinlariga xizmat
ko’rsatish va boshqalar bilan tanishish;
- kuzatuvchi ishlab chiqarish bo’linmasida kuzatuv olib borishi uchun
marshrutlarni, ayniqsa aylanib yuradigan marshrutlarda esa qisqa yo’llarni belgilab
olishi;
- marshrut yo’llarida kuzatuv natijalarini qayd etib olish uchun tayanch joylarni
tanlab olishi;
- kuzatuv natijalarini aniq va to’g’ri bo’lishini ta’minlash uchun kuzatuv
ko’lamini, ya’ni o’rganilishi kerak bo’lgan harakatlar yoki momentlar sonini
aniqlash.
O’rganiladigan momentlar soni – M matematik-statistika qonunlari asosida
chiqarilgan formula bo’yicha aniqlanadi.
Barqaror ommaviy ishlab chiqarish jarayoni uchun momentlar soni
quyidagicha aniqlanadi:
2
2
100
)
1
(
2
×
×
-
×
=
R
K
K
M
Barqaror bo’lmagan kichik seriyali va yakka ishlab chiqarish turida esa
momentlar soni quyidagicha aniqlanadi:
2
2
100
)
1
(
3
×
×
-
×
=
R
K
K
M


112
Bu yerda: K - ish bilan band bo’lish koeffitsienti. R - kuzatuvlar natijasida yo’l
qo’yilishi mumkin bo’lgan nisbiy xatolar miqdori, u 3
¸10% gacha belgilanadi.
Ish bilan band bo’lish koeffitsienti ilgari o’tkazilgan kuzatuv ma’lumotlari
asosida belgilanadi.
Kuzatuv ko’lami ya’ni momentlar sonini qayd qilish uchun zarur bo’lgan
aylanib chiqishlar soni aniqlanadi:
c
ayl
I
M
n
=
Bu yerda: n
ayl
aylanib chiqishlar soni, I
c
– kuzatuvga jalb etilgan ishchilar
soni.
Ish o’rinlarini ixtiyoriy vaqt oralig’ida emas, balki belgilangan vaqt oralig’ida
aylanib chiqish va ishchilarning harakatini qayd etish kerak. Shunga ko’ra bir aylanib
chiqish vaqti - t
ayl
aniqlanadi.
ayl
kuz
ayl
n
T
t
=
Bu yerda: T
kuz
– kuzatish vaqti yoki smenaning davomiyligi min.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling