S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va
Ish vaqti sarfini o’rganishning momentli kuzatish usuli
Download 0,67 Mb. Pdf ko'rish
|
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki
2.9 Ish vaqti sarfini o’rganishning momentli kuzatish usuli
Ishlab chiqarish uchastkalari katta yoki ish o’rinlari bir-biridan uzoqda joylashgan korxonalarda ko’p sonli ishchilarning ish vaqti sarfini kuzatuvchi tomonidan joriy vaqt bo’yicha bir vaqtda kuzatuv o’ta murakkab jarayonga aylanadi. Bunday vaziyatda kuzatuvchi ishchilarning harakatlarini absolyut qiymati yoki joriy 111 vaqtini emas, balki shartli belgilar yordamida ish vaqti sarfini turlarga ajratib, kuzatuv varag’iga harakat turlarining soni yozib boriladi. Demak, ish vaqtini momentli kuzatuv usuli ommaviy fotografiyaning turi bo’lib, ishchilarni harakatlarini momentlar bo’yicha o’rganiladi, ishchilarning ish harakatidagi har bir momenti qayd etiladi. Momentli kuzatuv usuli matematik-statistika usuliga asoslangan bo’lib, u ham bir qancha bosqichlarda o’tkaziladi: - tayyorgarlik bosqichi; - kuzatuvni o’tkazish; - kuzatuv natijalarini tahlil qilish. 1-bosqich. Tayyorgarlik bosqichida quyidagilar bajariladi: - o’rganilayotgan ishlab chiqarish bo’linmasida ish o’rinlarining joylashganligi, ishchilar soni ular mehnatini tashkil qilinishi shakllari, ish o’rinlariga xizmat ko’rsatish va boshqalar bilan tanishish; - kuzatuvchi ishlab chiqarish bo’linmasida kuzatuv olib borishi uchun marshrutlarni, ayniqsa aylanib yuradigan marshrutlarda esa qisqa yo’llarni belgilab olishi; - marshrut yo’llarida kuzatuv natijalarini qayd etib olish uchun tayanch joylarni tanlab olishi; - kuzatuv natijalarini aniq va to’g’ri bo’lishini ta’minlash uchun kuzatuv ko’lamini, ya’ni o’rganilishi kerak bo’lgan harakatlar yoki momentlar sonini aniqlash. O’rganiladigan momentlar soni – M matematik-statistika qonunlari asosida chiqarilgan formula bo’yicha aniqlanadi. Barqaror ommaviy ishlab chiqarish jarayoni uchun momentlar soni quyidagicha aniqlanadi: 2 2 100 ) 1 ( 2 × × - × = R K K M Barqaror bo’lmagan kichik seriyali va yakka ishlab chiqarish turida esa momentlar soni quyidagicha aniqlanadi: 2 2 100 ) 1 ( 3 × × - × = R K K M 112 Bu yerda: K - ish bilan band bo’lish koeffitsienti. R - kuzatuvlar natijasida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan nisbiy xatolar miqdori, u 3 ¸10% gacha belgilanadi. Ish bilan band bo’lish koeffitsienti ilgari o’tkazilgan kuzatuv ma’lumotlari asosida belgilanadi. Kuzatuv ko’lami ya’ni momentlar sonini qayd qilish uchun zarur bo’lgan aylanib chiqishlar soni aniqlanadi: c ayl I M n = Bu yerda: n ayl – aylanib chiqishlar soni, I c – kuzatuvga jalb etilgan ishchilar soni. Ish o’rinlarini ixtiyoriy vaqt oralig’ida emas, balki belgilangan vaqt oralig’ida aylanib chiqish va ishchilarning harakatini qayd etish kerak. Shunga ko’ra bir aylanib chiqish vaqti - t ayl aniqlanadi. ayl kuz ayl n T t = Bu yerda: T kuz – kuzatish vaqti yoki smenaning davomiyligi min. Download 0,67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling