S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Mehnatni me’yorlashda analitik hisoblash usuli. Mikroelementlar bo’yicha


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#239433
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

2.10 Mehnatni me’yorlashda analitik hisoblash usuli. Mikroelementlar bo’yicha
mehnat sarfini me’yorlashtirish
         Analitik hisoblash usuli yordamida texnologik operatsiyani bajarilish usuliga,
tarmoq me’yoriy hujjatlari, mahsulotning pasporti, choklarning turi, razmeri, shakliga
vaqt me’yorlari aniqlanadi.
          Tikuv buyumlari asosan 3 xil usul bo’yicha: qo’lda, mashina aralash qo’lda va
mashinada bajariladi.
          
Tikuvchilik  korxonalarida  mehnatni  me’yorlash. Tikuv buyumlarini
tayyorlash jarayoni uch bosqichdan iborat:
- kiyim modelini, chizmasini yaratish, andozalarni tayyorlash;
- gazlamalarni bichishga tayyorlash va bichish;
- buyumni tikish, pardozlash.
Kiyim modellari fabrikaning tajriba-loyiha sexidagi rassom modelerlar
tomonidan yaratilib, konstruktorlar tomonidan yangi modellarga chizmalar chiziladi,
andozalar tayyorlanib buyumni tikish texnologiyasi, tekshirib ko’riladi, tikuv


115
sexlarining tashkiliy-texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda kiyim
tayyorlashning texnologik izchilligi ishlab chiqiladi.
Gazlamalarni bichishga tayyorlash va detallarni bichish tayyorgarlik ko’rish
sexlarida amalga oshirilib, unda korxonaga keltirilgan gazlamalar belgilangan
tartibda qabul qilinib olinadi. Qabul qilib olingan gazlamalarning sifati, haqiqatdagi
uzunligi tekshiriladi, gazlamalarni qoldiqsiz bichish uchun har bir to’p gazlama
elektron hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi, to’shamalar, bo’rlamalar
tayyorlanadi, to’shamadan katta detallar alohida qirqib olinadi, qirqilgan detallar
maxsus lentali bichish mashinasida tekislab qirqiladi. Hamma qirqilgan detallar
to’planib, tikuv sexiga uzatiladi.
         
Tikuv  sexlarida  kiyimning  bichilgan  detallari  va  uzellaridan  turli
assortimentdagi kiyimlar tikiladi, tayyor mahsulot pardozlanadi, har xil
chiqindilardan tozalanadi, o’rab-jamlanadi va omborga yoki to’g’ridan-to’g’ri
iste’molchiga yuboriladi. Buyumlarni tikish uchun universal, maxsus, yarim avtomat
mashinalar, namlab-isitib ishlash uchun maxsus jihozlangan press va dazmollardan
foydalaniladi.
        
Tikuv buyumlarini tayyorlashdagi mehnat sarfi eng yuqori bo’lgan jarayon
kiyimlarni tikish va ularga pardoz berish hisoblanadi. Shuning uchun ushbu
jarayonda mehnatni texnik me’yorlash katta ahamiyatga ega bo’lib, u ko’p sonli
ishchilarning mehnatini tartibga solish bilan bir qatorda mehnat unumdorligini
o’stirishdagi asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
        Mehnatni texnik me’yorlash analitik usulga asoslangan bo’lib, korxonalarda bir
vaqtning o’zida analitik-tadqiqot (kuzatishlar usuli) va analitik hisoblash usulidan
foydalaniladi.
       
Har  qanday  usulda  bajarilgan  texnologik  operatsiya  uchun  vaqt  me’yori
operativ vaqt, dam olish va ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqtlarininig yig’indisidan
iborat:
dam
xiz
op
m
t
t
t
B
+
+
=
         Operativ vaqt – t
op
 har qanday operatsiya uchun asosiy va yordamchi vaqtlari
yig’indisidan iborat:
yor
as
op
t
t
t
+
=


116
        
Mehnatni  me’yorlashdagi  o’ziga  xos  xususiyat  bu  asosiy  va  yordamchi
vaqtlarni operatsiyaning bajarilish usuliga ko’ra aniqlashdan iborat, shunga ko’ra
tikuvchilik korxonasida bajariladigan operatsiyalar quyidagi  turlarga bo’linadi:
         1. Qo’lda bajariladigan operatsiyalar uchun vaqt me’yorini aniqlash.
Qo’l operatsiyalarining o’zi ikki xil bajariladi:
- igna bilan bajariladigan operatsiyalar;
- ignasiz bajariladigan operatsiyalar.
Igna bilan bajariladigan qo’l ishlariga sarf etiladigan vaqt me’yori quyidagi
formula bilan aniqlanadi:

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling