S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashkil etish va


Korxonalarda mehnatga haq to’lashni tashkil etishning mohiyati


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/73
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#239433
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
S. N. Yuldashev, X. M. Ibragimova, B. X. Fayziev mehnatni tashki

3.1 Korxonalarda mehnatga haq to’lashni tashkil etishning mohiyati
O’zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o’tishi davrida mehnatga
haq to’lash, daromadlarni taqsimlash bilan bog’liq masalalarning mohiyati tubdan
o’zgardi. Totalitar tizimda moddiy ne’matlarni mehnatkashlar o’rtasida taqsimlash
markazlashgan holda amalga oshirilgan bo’lib, unda mehnat o’lchovlari va iste’mol
o’lchovlarining tenglik tamoyili asos qilib olinar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
moddiy ne’matlar markazdan turib taqsimlanmasdan, yollanma xodimning har bir
muayyan vaziyat uchun sarflagan mehnatini ish haqining miqdori bilan to’g’ridan-
to’g’ri ayirboshlash tamoyiliga asoslangan. Bunday sharoitda ish haqi – bu davlat
tomonidan mehnatga haq to’lash uchun ajratiladigan milliy daromadning qismi
bo’lmasdan, balki ish beruvchi daromadning mehnat shartnomasi asosida va mehnat
natijasiga muvofiq ravishda yollanma mehnatning to’lovchi uchun sarflaydigan
qismidir yoki yollanma xodimning bajargan ish evaziga ishlab topilgan mablag’ining
miqdoridir.
Mehnatga haq to’lash ishchi va xodimlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirishning asosiy manbai bo’lib, korxonada buni amalga oshirishning iqtisodiy


137
shakli – ish haqidir. Mehnatga haq to’lashda xodimlarning yoshi, jinsi millatidan
qat’iy nazar sarflangan mehnat, mehnatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi.
Mehnatga haq to’lash ish haqi orqali amalga oshiriladi.
Ish haqining asosiy vazifasi mehnatkashlarning xayot va mehnat sharoitini
yaxshilash, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi me’yori o’rtasidagi
bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir.
Inson uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu
sababli ish haqining ikki turi: nominal va real ish haqi mavjud.
Nominal ish haqi - bu ma’lum vaqt davomida olingan pul shaklidagi ish haqi
bo’lib, real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va
xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda, real ish haqi – bu nominal ish haqining
“xarid etish” layoqatidir.
Mehnatga haq to’lashni to’g’ri tashkil qilish ishlab chiqarishni rivojlantirish,
uning samaradorligini oshirish ayniqsa mehnat unumdorligini o’stirishning muhim
vositalardan biridir.
Mehnatga haq to’lashni tashkil qilish - bu sarflangan mehnat va unga
to’lanadigan ish haqi miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ta’minlashdan iborat
bo’lib, u ish beruvchi bilan ishlovchilarning manfaatini ko’zlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lashni tashkil qilishning bir
qancha vazifa va tamoyillari mavjud.
Mehnatga haq to’lashni tashkil qilishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Takror ishlab chiqarish vazifasi. U mehnatkashlarni, ularning oila a’zolarini
farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bunday inson ehtiyojlarining oshib borishini
belgilovchi iqtisodiy qonun aks etadi. Ushbu vazifa davlat tomonidan ish haqini
tartibga solish qonun-qoidalari bilan o’ta bog’langan.
2. Rag’batlantiruvchi vazifa u xodimlarning ish haqining  miqdorini sarflagan
mehnati bilan bog’liqligini, korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini natijalari asosida
hisoblanganligini belgilaydi. Ushbu bog’lanish xodimlarning o’z mehnatlari
natijalarini doimo yaxshilashdan manfaatdor bo’lishlariga qaratilgandir.


138
3. Taqsimlovchi vazifa. Bu vazifa yollanma ishchi va ishlab chiqarish
vositalarining egalari orasida iste’mol fondlarini taqsimlashda jonli mehnat
me’yorlarining aks etishini ko’rsatadi. Ish haqi yordamida ishlab chiqarish jarayonida
qatnashgan har bir xodimning sarflagan mehnatiga ko’ra iste’mol fondidagi shaxsiy
ulushi aniqlanadi.
4. Resurslarni taqsimlash vazifasi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan
bu vazifalarning ahamiyati oshib bormoqda. U hududlar, iqtisodiyotning tarmoqlari
va korxonalar bo’yicha mehnat resurslarini joylashtirishni optimallashtirish
masalasini hal qiladi.
5. Aholini xaridorgirligini ta’minlash vazifasi. U aholining xaridorgirligini pul
mablag’lari bilan ta’minlash orasidagi bog’liqligini belgilaydi.
Mehnatga haq to’lashning tamoyillari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1. Ishlab chiqarish va mehnatning samaradorligi o’sishi hisobiga real ish haqi
miqdorini o’sishi.
2. Mehnat unumdorligini o’sish darajasini ish haqining o’sish darajasidan
yuqori bo’lishi.
3. Xodimning korxona faoliyatining natijalariga qo’shgan hissasi bo’yicha ish
haqining differensiyalash.
4. Mehnatiga yarasha ish haqini belgilash.
5. Mehnatga haq to’lashni davlat tomonidan tartibga solinishi.
6. Mehnat bozori ta’sirini hisobga olish.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling