S. S. Ismailova lizing asoslari
Lizing munosabatlarning xalqaro unifikatsiyasi
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
5.5. Lizing munosabatlarning xalqaro unifikatsiyasi
O‘tgan asrning 70 - yillarida lizing faoliyati huquqiy, soliq va valyuta xarakteriga ega muammolar tufayli kamdan-kam qo‘llangan bo‘lsa, hozirgi kunda xalqaro lizing operatsiyalari soni tez o‘sib bormoqda. Bu holat Ottavada qabul qilingan “Xalqaro moliyaviy ijara to‘g‘risidagi Konvensiya”da qayd etilgan lizing to‘g‘risidagi umumiy unifikatsiyalangan “Unidrua” kabi tashkilotlarni tuzish zaruratini yuzaga keltirdi. Kirish qismida mazkur Konvensiyaning maqsadi – xalqaro moliyaviy lizing oldida turgan huquqiy to‘siqlarni olib tashlash, an’anaviy ikki tomonlama ijara shartnomalarini uch tomonlama shartnomalarga moslashtirish va asosiysi, lizing bitimining barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi yagona normalarni o‘rnatish ko‘rsatib berilgan. UNIDRUA Konvensiyasida ko‘zda tutilgan asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:1 • lizing – mustaqil huquqiy institut; • lizing – ijara, shartli oldi-sotdi, ssuda bilan umumiy jihatlarga ega, biroq ulardan hech biriga mansub bo‘lmagan va ikkita kelishuv – oldi-sotdi va lizing shartnomasini ifodalovchi uch tomonlama bitim. Konvensiyada oldi-sotdi va lizing shartnomalarining uzviy va chambarchas bog‘liqligi belgilab qo‘yilgan. Bunda foydalanuvchi birinchi shartnomaning shartlarini ma’qullashi kerak, ta’minotchi esa asbob-uskunalar qanday maqsadda sotib olinayotganligini bilishi zarur. Mulkdan foydalanuvchiga ham katta rolь ajratilgan bo‘lib, u bitim tashabbusi bilan chiqqanligi sababli huquqiy jihatdan mulkning egasi bo‘lmasada, lizing mulki bo‘yicha barcha tavakkalchiliklarga javob beradi. Bunda lizing beruvchi faqat bitimni investitsiyalashda vositachi rolini o‘ynaydi, xolos. Lizing kelishuvi muddati lizing beruvchiga kapital qo‘yilmalarni qaytarish shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va taxminan mulk amortizatsiyasi muddatiga teng bo‘ladi. Shuni ham qayd etish joizki, Konvensiya talablari faqat lizing asbob-uskunalariga nisbatan qo‘llanadi va ko‘chmas mulkka aloqasi bo‘lmaydi. 1 Лещенко М.И. Основы лизинга.- М.: 2001, 163 c. 67 Konvensiyaga asosan bitimlar xalqaro moliya lizingi toifasiga mansub bo‘lishini ta’minlovchi ta’riflar MDH va O‘zbekistonda amal qilayotgan ta’riflarga to‘laligicha mos keladi. Bundan tashqari, Konvensiya normalari lizing shartnomasida asbob-uskunalarni kelgusida sotib olish yoki ijaraga berish ko‘zda tutilgan yoki tutilmaganligidan qat’iy nazar, barcha hollarda qo‘llanadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling