S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet39/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Yevropada lizing bozori. Yevropada lizing turlaridan biri bo‘lmish moliyaviy lizing 60-yillar boshlarida rivojlanishni boshladi. G‘arbiy Yevropada moliyaviy lizingni tez rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo‘ldi. Eng asosiysi bu 50 - yillardagi ilmiy-texnika inqilobi bo‘lib, bu korxonalar tomonidan asosiy vositalarni yangilashning katta hajmdagi ehtiyojiga olib keldi. Moliyaviy lizing mexanizmi esa uskunalarni bank kreditlari orqali sotib olishdan ko‘ra korxonalar uchun qulay bo‘lib chiqdi. Xuddi shu davrga kelib moliyaviy
58
xizmatlar bozori jadal rivojlaninishi tufayli, yangi shakldagi moliyaviy kreditlash va past foizli stavkalar taklifi ko‘paydi. Ushbu xolat lizing faoliyatini soliqqa tortishning har tomonlama qulayligi bilan birgalikda lizing kelishuvlarini rivojlantirdi. 2002 - yilda jahon iqtisodiyoti pasayishiga qaramay, Yevropa lizing kompaniyalari tomonidan lizing orqali 200 mlrd. yevro mablag‘ investitsiya qilindi. Bu esa 2001 - yilga nisbatan 3,4 %ga ko‘p edi.

Shuni ta’kidlash lozimki, 1994 va 2002 - yillar oralig‘ida lizing sektori yaxshi rivojlanib, har yiliga 11 %dan o‘sishi kuzatildi. Agarda lizing faoliyatini jug‘rofiy jihatdan taqsimlanishini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Yevropadagi umumiy moliyalashtirish hajmining 72 %i to‘rtta mamlakat - Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin. Yevropada lizing operatsiyalarini ikki yo‘nalishga ajratish qabul qilingan bo‘lib, bu — ko‘chmas mulk lizinga va uskunalar lizingidir. 2002 - yilda ko‘chmas mulk lizingi 39 mlrd. yevro miqdoridagi hajmda bo‘lib (bu 2001 - yilga nisbatan 18 %ga ko‘proq), shu davrdagi uskunalar lizingi hajmi o‘zgarmagan holda 160 mlrd. yevroni tashkil etdi (2001 - yilga nisbatan 0,45 %ga o‘sgan).1




Germaniyada hozirgi kunda ko‘plab lizing kompaniyalari mavjud bo‘lib, Lizing uyushmasi tashkil etilgan va unga 57 ta nemis lizing kompaniyalari a’zo bo‘lgan. Eng katta kompaniyalardan "Mitfinans Gmbx" va "Gefa-lizing Gmbx" yirik kompaniyalar hsoblanadi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling