S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
Ichki tavakkalchiliklar quyidagi turlar bilan tavsiflanadi:
loyiha tavakkalchiliklari - asosan muayyan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq. Bu qatorga loyihaning moliyaviy nuqtai nazardan nochorligi, loyihaning ekologik xavfi, lizing oluvchining sotuv tizimi mukammal emasligini kiritish mumkin. Mazkur tavakkalchilik turini faqat 73 taklif etilayotgan lizing loyihasini chuqur tahlil qilish yordamidagina minimallashtirish mumkin; lizing predmeti bilan bog‘liq tavakkalchiliklar. Bular asosan mulkni qaytarmaslik xavfi, yo‘qotish xavfi, asbob-uskunalarni ikkilamchi bozorda sota olmaslik xavfi, ma’naviy eskirishning tezlashish xavfi va marketing tavakkalchiligidir. Mulkni sug‘urtalash, ta’minlashning samarali sxemalarini ishlab chiqish, shartnoma bekor qilinishi mumkin bo‘lmagan muddatni belgilash, tavakkalchilik mukofoti miqdorini oshirish, asbob-uskunalarning ilg‘or va progressiv turlaridan foydalanish, lizing shartnomasi muddati tugagandan so‘ng lizing obyektini bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda sotish bu tavakkalchiliklarni kamaytirish usullari hisoblanadi; moliyaviy tavakkalchiliklar valyuta kurslarining tebranishi, bank kreditlari bo‘yicha % stavkalarining lizing beruvchi stavkalaridan oshirilishi, shartnoma muddati amal qilayotgan muddat davomida lizing beruvchi o‘zining aktiv operatsiyalarini qayta moliyalashtirishga qodir bo‘lmagan paytda lizing obyekti narxining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. Bu qatorga % tavakkalchiligi, lizing to‘lovlarini to‘lamaslik tavakkalchiligi, narx tavakkalchiligi, muvozanatlanmagan likvidlik tavakkalchiligini kiritish mumkin. Ularni moliyaviy fьyucherslar oldi-sotdisi yoki “%li svop” bitimini tuzish, lizing oluvchining moliyaviy ahvolini tahlil qilish, bitta lizing shartnomasi miqdorini chegaralash, uchinchi shaxslardan kafolat olish, to‘lovni amalga oshirmaslikni sug‘urtalash, har bir lizing to‘lovining qat’iy summasini belgilab qo‘yish, pul oqimlarini vaqti va hajmi bo‘yicha belgilash, zaxira jamg‘armasini yaratish va passiv operatsiyalarni diversifikasiyalash yordamida kamaytirish mumkin. Umuman lizing faoliyatida yuzaga keluvchi tavakkalchiliklarni ikkita – dinamik va statistik guruhga bo‘lish mumkin. Tavakkalchiliklarning birinchi guruhi loyihani amalga oshirishning siyosiy va bozor sharoitlari, asosiy kapital qiymatidagi oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar qo‘shimcha xarajatlar va yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi guruh lizing kompaniyasi layoqatsizligi tufayli daromadlarni yo‘qotish, mulkka zarar etkazish natijasida real aktivlarni yo‘qotish tavakkalchiligidir. Qoidaga ko‘ra tavakkalchiliklarning barcha turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, lizing kompaniyalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat tavakkalchiliklarni optimallashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishni qiyinlashtiradi hamda muayyan tavakkalchiliklar tarkibini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Shu munosabat bilan har bir lizing operatsiyasini amalga oshirishdan avval loyiha tavakkalchiliklari har tomonlama tahlil qilinishi zarur. Mazkur tahlilning 74 maqsadi loyihada ishtirok etishning maqsadga muvofiqligi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni oldindan ko‘ra bilishdan iborat. Har bir muayyan holatda lizing beruvchi o‘z zimmasiga oluvchi tavakkalchilik darajasini aniqlashi lozim. Bunda shuni qayd etish joizki, tavakkalchiliklardan hech biri to‘laligicha bartaraf etilishi mumkin emas, chunki lizing kompaniyalari faoliyati % stavkalari va qayta moliyalashtirish stavkalarining, soliq qonunchiligi va valyuta kurslarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Lizing beruvchi o‘z zimmasiga qanchalik ko‘p tavakkalchilikni olsa, operatsiyalarni amalga oshirishda uning stavkalari shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu muammo barcha operatsiyalarni birgalikda va har bir operatsiyani alohida foydalilik va tavkkalchiliklarining optimal uyg‘unlashuvini aniqlash yo‘li bilan hal qilinadi. Bunda tavakkalchiliklarni sug‘urtlash oldindan ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlarning ta’sirini cheklash, amaldagi foyda miqdorining rejadagidan eng kam og‘ishini ta’minlashga yo‘naltiriladi, qo‘yilmalar miqdorini mazkur vaziyatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar tavakkalchiliklari bilan bog‘lash lozim bo‘ladi. Loyiha tavakkalchiligini tahlil qilish jarayoni quyidagi vazifalarni hal qilish yo‘li bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:1 • muayyan tavakkalchilik turiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni aniqlash; • aniqlangan omillarni tahlil qilish; • muayyan tavakkalchilik turini moliyaviy jihatdan ikkita yondashuv – loyihani tugatish va moliyaviy vositalarni kiritish samaradorligi yondashuviga asoslangan holda baholash; • yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini belgilash; • operatsiyalarni belgilangan tavakkalchiliklar darajasi bo‘yicha tahlil qilish;
• ijobiy qaror qabul qilinganda tavakkalchilikni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Qoidaga ko‘ra lizing kompaniyalari lizing bitimlari bo‘yicha barcha tavakkalchiliklarni qoplashga majbur bo‘ladilar. Agar ular muayyan lizing oluvchi bilan tavakkalchiliklarni obyektiv aniqlay olsalar, bu holda ular lizing shartnomasi bo‘yicha mos keluvchi tavakkalchilik mukofotini ham aniqroq belgilashlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun lizing kompaniyalari tavakkalchiliklarni to‘g‘ri baholashi va ularni boshqara olishi zarur. 1 Горемыкин В.А. Лизинг – М.: Дашков и Ко, 2003, 452б. 75
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling