S. S. Ismailova lizing asoslari


Avans yoki garovdan foydalanish


Download 0.56 Mb.
bet48/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Avans yoki garovdan foydalanish. Shuni qayd etish joizki, avans yoki garovdan foydalanish mijozlarning ishonchliligi va kredit layoqatini aniqlashning samarali tizimi hamda to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda asbob-uskunalarni tezlik bilan qaytarib olish mexanizmi mavjud bo‘lmagan hollarda muhim ahamiyat kasb etadi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida ishonch ortib borgan sari avans yoki garovning mavjud bo‘lishiga talab ham kamayib borishi mumkin. To‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash uchun jarimalar qo‘llanadi, masalan, to‘lov muddati kechikkan har bir kun uchun 0,5 – 0,15 % miqdorida penya.




  1. Lizing kompaniyasi mijozi o‘z hisob raqamini muassis bankda yuritishini talab qilish hisobiga tavakkalchilik darajasini kamaytirish mumkin. Aksari hollarda bunday yo‘l banklar asosiy aksiyador bo‘lgan lizing kompaniyalarida qo‘llanadi. Bu holda to‘lov amalga oshirilmaganda bank qarzdor mijozning hisob raqamini osongina “muzlatib” qo‘yishi mumkin.




  1. Tavakkalchilik darajasini kuzatish va nazorat qilish yo‘li bilan ham kamaytirish mumkin. Lizing kompaniyalari nizom jamg‘armalarining katta qismiga egalik qiluvchi banklar lizing oluvchilarning arizalari bankning kredit bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilishini talab qiladilar. Mos keluvchi tahlil o‘tkazilgandan so‘ng bank har bir muayyan holatda ma’qul bo‘lgan qaror – kredit berish yoki lizing bitimini tuzish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini beradi.




  1. Lizing kompaniyalari bitimni davlat kafolatlaridan foydalanish yo‘li bilan muhofaza qilishga harakat qiladilar. Masalan, agar mintaqa ma’muriyati mintaqadagi muayyan zavod quvvatini kengaytirishga katta e’tibor qaratadigan bo‘lsa u lizing oluvchi o‘zining shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmagan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan lizing to‘lovlarini kafolatlashi mumkin. Biroq bunday kafolatlar doim ham berilavermaydi, chunki ma’muriyat ko‘pincha o‘zining bevosita vazifalarini bajarish uchun mablag‘lar taqchilligini boshidan kechirali.

5.Lizing faoliyatini sug‘urtalash lizing kompaniyalari tavakkalchiligini kamaytirsada, sug‘urta kompaniyalarining barqaror va unchalik ishonchli emasligi sababli muammolarga boy bo‘ladi. Ijaraga berilgan mulkning eng yaxshi sug‘urtasini faqat lizing kompaniyasining o‘zigina ta’minlay oladi.


76
6.3. Lizing faoliyatini sug‘urtalash

Lizing munosabatlarining murakkab iqtisodiy-huquqiy tabiati lizing obyektini transportirovka qilish, uni o‘rnatish, ishga tushirish, mulkiy va moliyaviy tavakkalchiliklarni sug‘urtalash yo‘li bilan lizing operatsiyalarining kompleks sug‘urta muhofazasini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan mulk sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha bir tomon (sug‘urtachi) ma’lum bir haq (sug‘urta mukofoti) evaziga shartnomada ko‘zda tutilgan vaziyat (sug‘urta holati) yuz berganda ikkinchi tomonga (sug‘urtalanuvchiga) yoki shartnoma uning foydasiga tuzilgan uchinchi shaxsga (foyda oluvchiga) sug‘urtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoki sug‘urtachining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bog‘liq zararni shartnomada belgilangan miqdorda (sug‘urta miqdori) qoplash majburiyatini oladi.


Lizing bitimida mulk shartnomasi bo‘yicha quyidagi mulkiy manfaatlar sug‘urta qilinishi mumkin:





  • lizing obyektini yo‘qotish, shikastlanish va yetishmovchilik tavakkalchiligi;




  • boshqa shaxslarning sog‘lig‘i, hayoti yoki mulkiga zarar yetkazish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik tavakkalchiligi;




  • shartnomani buzganlik uchun tavakkalchilik;




  • kutilgan daromadni olmaslik tavakkalchiligi – tadbirkorlik tavakkalchiligi, jumladan, lizing to‘lovlarini to‘lamaslik tavakkalchiligi;




  • sug‘urtachining sug‘urtalovchi oldidagi majburiyatlarini bajarish tavakkalchiligi.

Amaldagi qonunchilikka asosan sug‘urta shartnomasini imzolashda muayyan shart belgilanadi. Sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalanuvchining sug‘urta kompaniyasi belgilagan shaklda 2 nusxada tuzilgan hamda sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi tomonidan imzolanuvchi yozma arizasi asosidagina tuziladi. Ariza yozish bilan bir paytda sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga lizing shartnomasi nusxasini, lizing to‘lovlarini amalga oshirish jadvali va lizing shartnomasiga tegishli boshqa hujjatlarni taqdim etadi. Sug‘urtalovchi taqdim etilgan hujjatlar asosida sug‘urta miqdori va tarif stavkasidan kelib chiqqan holda sug‘urta to‘lovlari miqdorini belgilaydi, zarur hollarda sug‘urta shartnomasida maxsus shartlarni belgilash ko‘zda tutiladi. Sug‘urta shartnomasining bir nusxasi sug‘urtalovchida qoladi, ikkinchi nusxasi belgilangan sug‘urta to‘lovlari va ularni to‘lash muddati ko‘rsatilgan xat bilan sug‘urtalanuvchiga yuboriladi. Hisoblangan sug‘urta to‘lovlari sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urtalovchidan javob olgandan so‘ng 10 kun ichida bir vaqtning


77
o‘zida sug‘urta to‘lovlarida ko‘rsatilgan pul miqdorini sug‘urtalovchining hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi. Sug‘urta shartnomasi sug‘urta to‘lovlari sug‘urtalovchining hisob raqamiga kelib tushgan kundan boshlab kuchga kiradi. Sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalanuvchiga sug‘urtalovchining hisob raqamiga sug‘urta to‘lovlari kelib tushgandan so‘ng 5 kun ichida sug‘urta polisi beriladi. Sug‘urta polisining ikkinchi nusxasi sug‘urtalovchida qoladi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling