S. S. Ismailova lizing asoslari
Lizing kompaniyalari birlashuvining asosiy maqsadlari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar
Lizing kompaniyalari birlashuvining asosiy maqsadlari quyidagilardir:
• ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish; • umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish; • lizing tarmog‘i ichida tajriba almashish; • mamlakatda lizingni rivojlantirishni rag‘batlantirish tadbirlarini ishlab chiqish; 90
lizing operatsiyalarini amalga oshirishga sarflanuvchi xarajatlarni qisqartirish; reklama vazifalarini bajarish, o‘qitish, mijozlarni o‘rganish va sug‘urtalash va hokazo. Quyidagilar lizing kompaniyalarining motivi bo‘lib xizmat qiladi: lizing bozorida vaziyatning yomonlashuvidan himoya qilish; lizing obyektlari tarkibi, lizing bitimlari turlari, servis xizmatlari tarkibi va vazifalari diversifikatsiyasi; o‘sish va yashovchanlik: lizing bozorining kengayishi, investitsiya tuzilmasining yaxshilanishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish. Lizing kompaniyalari birlashuvining bir qator afzallliklarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: a. menedjerlarning professional mahoratlaridan keng foydalanish hisobiga boshqaruvni yaxshilash; b. investitsiyalar bazasini kengaytirish; c. “Nou-xau”larni sotib olish; d. raqobatchilikni yo‘nqotshi; e. ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish; f. umumiy funksiyalarni markazlashtirish; g. ishtirokchilarning xo‘jalik faoliyatidagi mustaqilligini saqlash. Shu bilan bir paytda lizing munosabatlarida kompaniyalarning birlashuvida firmaning tijorat sirlarini oshkor qilish va munosabatlarning murakkablashuvi kabi bir qator kamchiliklar ham mavjud. Qisqa xulosalar Lizing operatsiyalarini amalga oshirishga korxona va tashkilotlarning marketing bo‘limlari tarkibidagi mustaqil bo‘linmalar, shuningdek, lizing kompaniyalari amalga oshirishga qodir bo‘lib, bu lizing jarayonini yuqori professionallik bilan boshqarish imkon yaratadi. Lizing faoliyatini boshqarish shakllari muayyan shartlariga asosan zamon va makonda bo‘lishi hamda muayyan lizing turiga nisbatan turli kombinasiyalarni tashkil etishi mumkin. Lizing kompaniyasining eng maqsadga muvofiq tashkiliy-huquqiy shakli uni tuzishda hisobga olinuvchi omillar majmuasi yordamida aniqlanadi. Lizing kompaniyasi tarkibida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, lizing bitimlarini investitsiyalash loyihasi va tahlili, shartnoma-huquqiy ishlar va ekspertiza o‘tkazuvchi, texnik nazoratni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tuzilmalar 91 ko‘zda tutiladi. Lizing birlashmalari shartnoma asosida ko‘ngilli ravishda tuziladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling