me’yorlar: O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuni; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi; O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik prosessual kodeksi; Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi UNIDRUA konvensiyasi.
Soliq solish me’yorlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing tizimini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002 - yil 28 - avgustdagi Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksi.
Bojxona me’yorlari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Lizing
tizimini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni; O‘zbekiston Respublikasi “Bojxona tariflari to‘g‘risida”gi qonuni; O‘zbekiston respublikasi Bojxona Kodeksi.
Lizing operatsiyalarining buxgalterlik hisoboti: O‘zR Milliy buxgalterlik hisoboti standarti (MBXS).1
7.2. Lizing jarayonini boshqarishning tashkiliy shakllari
Lizing kompaniyasi faoliyati yo‘nalishi va ish sxemalaridan kelib chiqqan holda lizing faoliyatini boshqarishning uchta asosiy shaklini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Газибеков Д.Г. ва бошк. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти – Т.: Фан ва технология, 2004, 85 б.
83
Boshqaruvning ishlab chiqarish shaklida lizing operatsiyalarini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha faoliyati korxonaning ishlab chiqarish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalarida mujassamlanadi. Odatda bu shakl boshqaruv funksiyalari chuqur taqsimlanmagan hamda lizing faoliyatini boshqarish ishlab chiqaruvchi korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalarida mujassamlangan kichik korxonalarda kuzatiladi. Bu eng ilg‘or texnika turlarini sotish, ularni ta’mirlash va bevosita iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga imkon beradi. Biroq ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning lizing ulushi kengayishi bilan boshqaruvning mazkur shakli iste’molchilar ehtiyojlarini to‘liq ta’minlay olmasligi mumkin. Shu sababli biznes sohasida roli tobora o‘sib borayotgan marketingga asoslangan boshqaruv shakli zarurati tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |