S. S. Ismailova lizing asoslari
Boshqaruvning ikkinchi shaklida
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
Boshqaruvning ikkinchi shaklida lizing faoliyatini amalga oshirish marketing va sotuv bo‘limlarida mujassamlangan bo‘ladi. Marketing vositasida lizingni boshqarish sotuvning bu shaklini takomillashtirish hamda uni bozorda mahsulot sotishning o‘zlashtirilgan usul va vositalari yordamida amalga oshirishga imkon yaratadi. Kelajakda lizing miqyosining kengaytirilishi yangi kapital oqimlari va lizingni tashkil etishga yangicha yondashuvlarni talab qiladi. Bunga mulkni lizingga berish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni markazlashtiruvchi lizing operatsiyalarini o‘tkazishga ixtisoslashgan kompaniyalarni yaratish yo‘li bilan erishiladi. Bu kompaniyalar faoliyatining samaradorligini reklama, bozorni o‘rganish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, qo‘shimcha pul resurslarini tashkil etish yagona – lizing faoliyatini ta’minlaydi.
Bundan kelib chiqadiki, boshqaruvning uchinchi shakli lizing faoliyati ishlab chiqaruvchi korxona doirasidan chiqqan hamda lizing kompaniyalari ifodalovchi ixtisoslashgan tarmoqda markazlashgan paytda o‘ringa ega bo‘ladi. Lizing jarayonini boshqarishning yuqorida sanab o‘tilgan barcha turlari lizing turidan qat’iy nazar qo‘llanadi. Lizingni boshqarishning tashkiliy shakllari rivojlanishi ishlab chiqarishning markazlashuvi va kooperatsiya qonunlari bilan bog‘liq tendensiyalarga asoslanishi mumkin. Masalan, bank va sug‘urta kompaniyalari misolida yirik moliya egalarining mulkni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, shuningdek, ta’mirlash korxonalarining bevosita iste’molchilar bilan kooperatsiyasi bozorning shakllanish sharoitlarida lizingning rivojlanishida qiyinchiliklarni aylanib o‘tishga imkon beradi. Texnika vositalariga talabning yuqoriligi lizing bitimlari sonini oshirishi sababli, bu holda lizing kompaniyalarining ham yiriklashuvi, ularning ixtisoslashuvi, mustaqil huquqiy tuzilmalarning paydo bo‘lishi, ya’ni xolding turidagi lizing kompaniyalari 84 varianti yuzaga kelishi mumkin. Bunda xolding turidagi lizing kompaniyalarini tuzishning funksional tamoyillari lizing operatsiyalarini amalga oshirishdagi xarajatlarni qisqartirishga imkon yaratadi. Shu tariqa, lizingni boshqarish shakllarining kelgusi rivojlanishi xolding turidagi lizing kompaniyalarini yaratish tendensiyasini asoslab beradi, ya’ni firmalarning yiriklashuvi va kooperatsiyasi, ularning ixtisoslashuvi lizing operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlarini sezilarli miqdorda qisqartirishga imkon beradi. Bu yerda umumiy tamoyilning ko‘zga tashlanishi shubhasiz – tashkiliy tuzilma bozor ehtiyojlarini hisobga olgan, lizing biznesida taraqqiyotni ta’minlagan holda qayta tuzilishi lozim. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling