S. S. Ismailova lizing asoslari
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy adabiyotlar
- VIII bob. O‘ZBEKISTONDA LIZINGNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI
Nazorat va muhokama uchun savollar
Lizing jarayonini boshqarishning eng tarqalgan darajasini tavsiflab bering. Muayyan lizing turiga nisbatan boshqaruv shakllari kombinasiyasi qanday? Lizing kompaniyalarini tuzishda hisobga olinuvchi omillar majmuasini sanab bering. Lizing kompaniyalari tuzilmasini aytib bering. Lizing birlashmalarini aytib bering va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflang. Lizing kompaniyalarni birlashmalarining asosiy motivlari va maqsadlari to‘g‘risida aytib bering. Lizing faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida tavsiflab bering. Lizing faliyatini marketing boshqaruv shakli nimadan iborat? Bank tomonidan tashkil etilgan lizing kompaniyalar to‘g‘risida aytib bering. Xolding shakldagi lizing to‘g‘risida gapirib bering. Asosiy adabiyotlar Горемыкин В.А. Лизинг.- М.: “Дашков и К”, 2003. Лещенко М.И. Основы лизинга.- М.: 2001. Fозибеков Д.F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма– Т.: Фан ва технология, 2004. 92
8.1. Respublikamizda investitsiya faoliyatining holatini tahlil qilish Mazkur bosqichda iqtisodiyotda yuzaga kelgan muammolar iqtisodiy islohotlarning borishi va aholining turmush farovonligi o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Samarali faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqlarda investitsiyalarning yo‘qligi mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalarida ham, iste’molchilarda ham bir qator yangi muammolarni yuzaga keltiradi. Sanoat korxonalari odatda yangi texnika uchun pulni birdaniga to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ular buni asta-sekinlik bilan, ushbu texnikani ekspluatatsiya qilishdan olinuvchi daromadlar hisobiga amalga oshirishlari mumkin. Bunda sanoat texnikasi ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarga bu muammoni hal qilishga yordam bera olmaydilar, chunki ularning o‘zlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun katta aylanma mablag‘lariga muhtojlik sezadilar. Shu tariqa bir tomondan, mahalliy iste’molchilar mamlakatimizda ishlab chiqarilgan texnikani ishlab chiqaruvchilar kreditga sotganda xarid qilishlari mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan korxonalar zarur mulkni xaridor darhol pul to‘lagan taqdirdagina ishlab chiqarishga tayyor bo‘ladi. Natijada mahalliy sanoat korxonalari zarur texnikani ko‘pincha G‘arb mamlakatlarida lizing krediti asosida turli xil texnikalar sotish tajribasini keng qo‘llovchi chet ellik ishlab chiqaruvchilardan sotib oladilar. Iqtisodiyotning hozirgi holati investitsiya siyosati va uni amalga oshirish mexanizmi, shuningdek, davlatning bu sohada ro‘y berayotgan jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish shakllariga yangicha yondashishni talab qiladi. Bu yondashuvlardan biri investitsiyalashning yangicha shakli – lizing bo‘lib, u iqtisodiyot rivojlanishining mazkur bosqichida uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilishning yagona istiqbolli shakli hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda lizing biznesining rivojlanishiga turtki bo‘luvchi bir qator sabablar mavjud: Birinchi navbatda bu davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish bo‘lib, davlat tomonidan lizing rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni, aynan lizingning huquqiy ta’minlanishida aks ettiriladi. Bundan tashqari, respublikamizda “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasining tuzilishi ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kompaniya TIF Milliy Banki va Amerikaning “ALC, Inc.” moliyaviy guruhi bilan birgalikda sug‘urta kompaniyalarining keng tarmog‘ini yaratgan. Lizing loyihalarini tuzish va 93 ekspertiza qilish, ularni tezlashtirish maqsadida TIF Milliy Banki tomonidan respublikamizning loyiha-konstruktorlik muassasalari zamirida maxsus injiniring kompaniyasini tuzdi. Lizing operatsiyalarini soliqqa tortish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Qoidaga ko‘ra imtiyozlar davlat hukumat va boshqaruv organlari tomonidan beriladi. Bu imtiyozlar asosan lizing bitimi ishtirokchilarini foyda solig‘i, QQS, boshqa soliq va yig‘imlardan, lizing obyektlari importi va eksportida bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq va qisman ozod qilish, shuningdek, lizing bitimi ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Umuman respublikamizda amal qiluvchi qonunchilikka asosan lizing biznesi ishtirokchilariga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling