S. S. Ismailova lizing asoslari


Lizingning jahon miqyosida rivojlanish xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet37/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

5.1. Lizingning jahon miqyosida rivojlanish xususiyatlari

Jahon tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, lizing rivojlanib borayotgan 30 yil ichida uning Yevropa investitsiya bozoridagi ulushi 15 % ga yetdi. Lizing rivojlanib, oddiy moliyaviy xizmatdan yuqoriroq ahamiyat kasb eta boshladi. Jahon lizing bozorining asosiy qismi “AQSH-G‘arbiy Yevropa-Yaponiya” uchburchagida mujassamlashgan. Lizing sohasida Amerika yetakchilik qilib, ikkinchi o‘rin Yevropaga, uchinchi o‘rin esa Osiyoga tegishli.


1992-93 - yillar jahonda lizingning rivojlanishi uchun noqulay yillar bo‘ldi. Bu yetakchi G‘arb mamlakatlaridagi kuchli iqtisodiy inqirozlar bilan bog‘liq hisoblanadi. Shu yillar davomida jahonda lizing operatsiyalari hajmi 10 %ga qisqardi. Bu pasayish shunday kuchga ega bo‘ldiki, AQSH, Avstraliya, Osiyo va Afrika mamlakatlarida lizing operatsiyalari sonining o‘sishiga qaramay, jahonda lizing operatsiyalari hajmi 4 %ga kamaydi.1


Yevropada lizing biznesi “Leaseurope” lizing kompaniyalari assotsiatsiyalari Yevropa federatsiyasining yillik hisobotlarida yoritib boriladi. Yevropada oxirgi 13 yil ichidagi lizing faoliyati tadqiqotlarini baholash bo‘yicha lizing operatsiyalari hajmi 6 baravar, ya’ni yiliga o‘rtacha 15 % ga o‘sdi. Lizing faoliyati bo‘yicha yetakchilar qatoriga lizingga kiritilgan kapital hajmi 436,7 mln yevro bo‘lgan Daniya, Buyuk Britaniya (271,9 mln yevro), Fransiya (275,05 mln yevro) va Italiya (228,9 mln yevro) kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Hozirgi paytda, lizing xizmatlarining Estoniyada 42,07 %, Irlandiyada 21,9 %, Chexiyada 19,5 % va Shveytsariyada 17,6 % o‘sishi kuzatildi.2


Yevropada lizing operatsiyalarining aksari qismi ko‘char mulk bilan bog‘liqdir. Yevropaning yetakchi mamlakatlari bo‘yicha yangi asbob-uskunalar yetkazib berishda lizing obyektlarining ulushi 11-15 % atrofida bo‘lib, faqat Buyuk Britaniyadagina 30 %dan oshdi. Buyuk Britaniyada lizing juda rivojlangan bo‘lib, jami lizing bitimlari qiymati 35,025 mln yevroni tashkil etadi. Bu jihatdan Daniyaning ko‘rsatkichlari ham yuqori – 31,029 mln yevro. Asbob-uskunalar lizingi Estoniyada 77,2 %, Shvetsiyada 52,6 %, Slovakiyada 41,9 %, Germaniyada 33 % va Marokashda 32,1 % o‘sdi. Ko‘chmas mulk lizingi ko‘proq Italiyada tarqalgan bo‘lib, uning ulushi 35,9 %ni, Fransiya va Daniyada esa mos ravishda 20,7 va 17,8 %ni tashkil etadi.





  1. www.innov.ru/leasing/newsi/in-i.htm




  1. Прилуцкий Л.Н. Финансовый лизинг. Правовые основы, экономика, практика – М.: “Ось-89”, 1999, 145б.

51
Lizingga olingan asbob-uskunalar tuzilmasi juda qiziq bo‘lib, u mamlakatdan mamlakatga o‘tib borgan sari keng miqyosda o‘zgarib boradi. Jami lizing operatsiyalari hajmi va lizingning o‘sish sur’atlari bo‘yicha yengil avtomobillar lizingi yetakchilik qiladi. Bu bexosdan emas, albatta, chunki xalqaro turizm rivojlanib, ishbilarmonlik faolligi o‘smoqda, demak, faoliyat sohasi turli xil bo‘lgan shaxslarning ish bilan bog‘liq safarlari ham ortib bormoqda. O‘zbekistonda mazkur biznes turini amalga oshirishga birinchi harakatlar qilinmoqda. Xususan, “UZDAEWOO” korxonasi o‘z faoliyatida “Damas” markali avtomobillarni lizingga beradi. Yevropa mamlakatlarida yuk avtomobillari lizingi faolroq qo‘llanmoqda. Bu sohadagi ko‘rsatkichlar uning lizing biznesi uchun katta hajmli va barqaror bozor ekanligidan dalolat beradi. Masalan, Italiyada mashina va sanoat asbob-uskunlari ulushi 54,3 %ga, Ispaniyada 44,3 %ga va Fransiyada 37,2 %ga yetdi. Norvegiya va Lyuksemburgda esa umuman rivojlanmagan. Slovakiya (63,0 %), Chexiya (60,8 %) va Vengriya (58,4 %) avtomobillar lizingi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Germaniyada lizingga olingan asbob-uskunalarning yaramidan ko‘pi kompyuterlar va idora texnikasiga to‘g‘ri keladi.


Lizing xizmatlarining asosiy foydalanuvchilari sanoat, qurilish, xususiy xizmat ko‘rsatish sohasi, qishloq xo‘jaligi va kommunal xo‘jalik sohalari hisoblanadi. Sanoatda lizing operatsiyalari eng yuqori ko‘rsatkichlarga Italiya (59,6 %), Fransiya (53,3 %) va Ispaniyada (47,0 %) erishildi. Qishloq xo‘jaligida Fransiya (5,3 %) yetakchi hisoblanadi. Finlyandiyada lizing kompaniyalarining davlat xizmatlari sohasida mijozlar soni ko‘p – 35,6 %. Xususiy foydalanuvchilar bilan lizing operatsiyalari esa Shveytsariya (49,8 %), Irandiya (37 %), Avstriya (31,7 %) va Vengriyada (20 %) keng tarqalgan. Bundan tashqari, Yevropada ko‘chmas mulk lizingi ham tobora keng tarqalmoqda (4-jadval).


4-jadval



1991-2015 yillarda Yevropada ko‘chmas mulk lizingi tuzilmasi1



















%da






















Yil

Sanoat

Chakana

Ofis

Mehmo

Jamoat.

Boshqa




inshooti

savdo




nxona

binolari










do‘konlari













1991

32,9

19,2

21,5

6,5

3,1

16,8

1995

31,8

21,5

24,2

6,0

1,9

14,6

2000

26,3

26,3

28,6

2,2

4,4

12,2

2010

28,0

25,8

26,6

2,1

6,8

10,7

2015

29,2

22,6

27,4

3,5

4,7

12,6




  1. www.innov.ru/leasing/newsi/in-i.htm.

52

Ko‘chmas mulk lizingida sanoat inshootlari, idora binolari va chakana savdo do‘konlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu lizing xizmatlari rivojlanishi bo‘yicha Italiya va Fransiya yetakchi hisoblanadi.

Shunisi qiziqki, lizing operatsiyalarining chorak qismidan ko‘pi sanoat inshootlariga to‘g‘ri keladi. Lizing munosabatlarining bunday turi O‘zbekiston uchun ham, ayniqsa, kichik va xususiy tadbirkorlikda juda qulay deb hisoblash mumkin, chunki lizing kompaniyalari tadbirkorlarga narxi juda ham qimmat bo‘lmagan kichik novvoyxona, mini-pisseriya, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va yog‘ ishlab chiqaruvchi mini-zavodlarni lizingga berishi mumkin.


Osiyo mintaqasi ham chetda qolgani yo‘q, bu yerda ham lizingga tobora ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Osiyoda eng ko‘p lizing operatsiyalari Yaponiyada amalga oshiriladi. Bu mamlakat lizing operatsiyalari hajmi bo‘yicha jahonda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.


O‘tgan asrning 90 - yillaridan boshlab lizing Gonkong, Indoneziya, Tayvan, Singapur va ayniqsa Janubiy Koreyada juda tez rivojlanmoqda. Janubiy Koreya jahon tasnifida bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha beshinchi o‘ringa chiqib olgan.


Lizingning rivojlanishi Avstraliyada ham muvaffaqiyatli kechmoqda. Lizing operatsiyalari hajmining o‘sishi Avstraliyaning jahon tasnifida to‘qqizinchi o‘ringa chiqib olishiga imkon berdi.


Afrikaning lizing bozorini asosan bitta mamlakat, ya’ni Janubiy Afrika Respublikasi namoyon etadi. Afrikaning moliyaviy kompaniyalari lizing operatsiyalarini o‘z mamlakatida ham, xorijiy mamlakatlarda ham kengaytirib bormoqda.


Lizing tuzilmasi Janubiy Amerikada ham rivojlangan. Janubiy Amerikada lizing bozorining katta qismi Braziliyaga (73 %) tegishli bo‘lib, bu mamlakat jahon tasnifida sakkizinchi o‘rinni egallagan. Boshqa mamlakatlar ulushi esa quyidagicha: Kolumbiya – 28,7 %, Chili – 24,7 %, Peru – 91,7 %. Faqat Venesuelladagina (11,3 %) bu ko‘rsatkichlarning biroz pasayganligini qayd etish joiz.


Hozirgi kunda jahonda bir necha mingta lizing kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning faoliyati lizing operatsiyalarining hajmi va yo‘nalishi, salohiyati, mintaqaviy joylashuvi va boshqa oimllariga ko‘ra taqsimlanadi.


53
5.2. Lizingning jahon integrasiyasi bilan bog‘liqlikda rivojlanishi

Amerikaning ikkita yirik kompaniyasi - General Motors Acceptance Corp. va GE Capital jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari bo‘lib, ularning lizing operatsiyalari hajmi deyarli bir xil hisoblanadi. Bundan tashqari, GE Capital aktivlar hajmiga ko‘ra boshqa barcha kompaniyalardan deyarli ikki baravar oldindadir. U ichki bozor bilangina cheklanib qolmay, xorijiy bozorlarni ham faollik bilan egallab olmoqda.


Amerikaning keyingi uchta kompaniyasi - AT & Capital, BOT Financial Corp va IBM Credit Corp ham lizing shartnomalari hajmi sezilarli o‘sib borayotgan kompanyalardan hisoblanadi. Bundan tashqari, birinchi o‘nlikdan Yaponiyaning Orix Corporation kompaniyasi va Yevropaning to‘rtta lizing kompaniyasi o‘rin olgan. Yaponiyaning eng yirik lizing kompaniyasi Orix Corporation faoliyatida lizing faoliyatining faollashuvi kuzatilmoqda. Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, bu kompaniyada lizing hajmi o‘rtacha 1,3 % ortgan.


Fransiyaning Sociate Generale lizing kompaniyasi 1968 - yildan boshlab dunyoda eng tarqalgan “Sogelease” lizing tuzilmalari tarmog‘ini yarata boshladi. Bu tarmoq hozirgi kunda jahondagi 27 ta firmani o‘z ichiga oladi. 10 yillik faoliyat davomida lizing operatsiyalari hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan 5,4 mlrd. AQSH dollarigacha, ya’ni to‘rt baravar o‘sdi.1


Bu kompaniyalar uchun umumiy jihat shuki, jahon lizing biznesida yetakchi o‘rinlarni yirik ishlab chiqaruvchilar - General Motors, General Electric, Daimer Benz (debics) va IBM tomonidan tuzilgan moliya tuzilmalari egallagan. Jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari – kelajakdagi potensial hamkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mamlakatimizdagi lizing oluvchilar uchun lizing loyihalarini amalga oshirishda foyda keltirishi shubhasiz, albatta. Bunga sabab shuki, yuqorida sanab o‘tilgan kompaniyalardan har birining imkoniyatlari lizing bitimini amalga oshirish uchun yetarliligini aniqlashga imkon beradi hamda dastlabki tanishib chiqish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Lizing qo‘llanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligida lizing kompaniyalari o‘z manfaatlarini himoya qilish va lizing bznesini rivojlantirish uchun milliy lizing assotsiatsiyalarini tuzib olganlar.


Uchta qit’ada Milliy lizing assotsiatsiyalari lizing tarmog‘ini xalqaro miqyosda namoyon etish, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilish, lizing sohasida bilimlar to‘plash, bahs va munozaralar o‘tkazish uchun mintaqaviy tashkilotlarga asos solganlar.





  1. www.innov.ru/leasing/newsi/in-i.htm

54
Yevropada bu shtab-kvartirasi Bryusselь shahrida joylashgan Leaseurope (asbob-uskunalar lizingi bo‘yicha kompaniyalarning Yevropa federativ uyushmasi).


Osiyoda – sekretariati Singapurda joylashgan Asia lease.


Janubiy Amerikada – sekretariati Meksikada joylashgan Fela lease Lotin Amerikasi lizing Federatsiyasi.


Yuqorida sanab o‘tilgan uch federatsiya hamda AQSH va Avstraliyaning lizing kompaniyalari assotsiatsiyalari Jahon lizing kengashini (World leasing Counsil) tuzdilar.


Lizing biznesi tobora ko‘proq kompaniyalarni qamrab olmoqda. Bu holat Rossiyada lizing kompaniyalari assotsiatsiyasini tuzish zaruratini tug‘dirdi va bu assotsiatsiyaga 1994 - yil 5 - mayda asos solindi.


Bundan tashqari, yengil va yuk avtomobillari, samolyotlar, kompyuterlar lizingi ishtirokchilari uchta ixtisoslashgan assotsiatsiya tuzdilar. Bular European Car and Truck Rental Association (ECATRA) – yengil va yuk avtomobillarini ijaraga beruvchilarning Yevropa assotsiatsiyasi; International Association of air craft lessors – samolyotlar lizingi bilan shug‘ullanuvchilarning xalqaro tashkiloti; Europlan Computer leasing and trading association (ECLAT) - kompyuterlar lizingi va savdosi Yevropa assotsiatsiyasidir.


Jahonning barcha mamlakatlarida xususiy va davlat korxonalari bilan lizing operatsiyalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi “Orien Lizing Grup” turidagi xalqaro lizing birlashmalarini tuzish xalqaro lizing operatsiyalarini rifojlantirishga xizmat qildi. Bunda xalqaro lizing klublari ham katta rolь o‘ynadi. Ularning faoliyati bir mamlakatdan boshqasiga lizing obyektlarini yetkazib berishda vositachilik qilishga asoslanadi. G‘arbiy Yevropada lizing klublariga misol qilib “Interliz” assotsiatsiyasini ko‘rsatish mumkin. U Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya va Shvetsiyaning lizing firmalarini birlashtiradi. “Lizklab” assotsiatsiyasiga esa Avstraliya va Yevropa mamlakatlarining 10tasi kiradi. Osiyoda esa bunday birlashmalar qatoriga “Eyshaliz” birlashmasini kiritish mumkin.


Xalqaro lizing bitimlari xalqaro lizing birlashmalaridan tashqari asosan mamlakat ichida faoliyat yuritishi mo‘ljallangan milliy kompaniyalar tomonidan ham amalga oshiriladi. Bunda bosh kompaniya chet elda o‘zining shu’ba bo‘limlarini ochadi. Ularning ichida Amerika kompaniyalari yaqqol ajralib turibdi – “Siti Korporeyshn”, “Benk Amerika korporeyshn”, “Kemikal Nьyu-York Korp.”, “Menyufekchurers Xanover Korp.” kabi AQSH transmilliy


55
banklarining lizing bo‘linmalari shu’balari. Asosan ular eksport lizing operatsiyalari bilan shug‘ullanadilar.

Amerika kompaniyalariga Angliyaning “Barklayz Benk”, “Lloyds”, “Neshnl Vestminster Benk” va “Midlend” banklariga mansub bo‘lgan lizing kompaniyalari jiddiy raqobat ko‘rsatmoqdalar. Ularning umumiy eksport hajmi 1,5-4,5 %ni tashkil etadi.


Tinch okeani havzasida esa Yaponiyaning “Sumitomo” yirik moliyaviy guruhining vakillari “Orient lizing” va “Djeneral Lizing” boshchiligidagi yapon kompaniyalari mustahkam o‘rinlarga ega. Ularning umumiy eksportdagi ulushi esa 2-4 %ni tashkil etadi.


Eksport lizingining ulushi hozircha uning ichki bozordagi rolini tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan ancha pastligi shubhasiz, albatta. Shu bilan birga, eksport lizing operatsiyalarini o‘stirish uchun mavjud zaxiralar ham katta. Bu zaxiralar rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijara xizmatlari savdosini o‘stirishdan tashqari ichki bozori katta bo‘lgan rivojlanayotgan va yangi sanoat mamlakatlarida lizing miqyosini kengaytirish bilan ham bog‘liq. Bu mamlakatlarning lizing xizmatlariga ehtiyojlari asosan ularni import qilish hisobiga qondirilishi ko‘rinib turibdi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling