S. S. Ismailova lizing asoslari
-chizma. Lizing bitimi va moliyaviy oqimlarning umumiy sxemasi
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
1-chizma. Lizing bitimi va moliyaviy oqimlarning umumiy sxemasi.
8
Mulkiy munosabatlar nuqtai nazaridan lizing bitimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita tarkibiy qismdan – oldi-sotdi munosabatlari va mulkdan vaqtinchalik foydalanish bilan bog‘liq munosabatlardan iboratdir.1 Majburiyat huquqi nuqtai nazaridan bu munosabatlar ikki xil turdagi shartnomalar – oldi-sotdi va lizing (mulkni vaqtinchalik foydalanishga berish) shartnomalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Lizing shartnomasida shartnoma muddati tugagach mulkni sotish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu holda mulkdan vaqtinchalik foydalanish munosabatlari oldi-sotdi munosabatlariga aylanadi. Faqat bu safar munosabatlar lizing beruvchi va mulkdan foydalanuvchi o‘rtasida bo‘ladi. Lizingga xos bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, uning murakkab uch tomonlama asosini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra lizing xuddi kredit bitimlaridagi kabi, mablag‘larni qaytarib olish shartida asosiy kapitalga kiritishni anglatadi. Boshqa tomondan, bitim ishtirokchilari kapitaldan pul ko‘rinishida emas, balki ishlab chiqarish shaklida foydalanadilar, bu esa uni investitsiyalash bilan yaqinlashtiradi. Uchinchidan esa, lizing ijara mexanizmi bilan chambarchas bog‘liqdir.2 Biroq yuqorida sanab o‘tilgan munosabatlarning lizingga aynan xosligi to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki ulardan hech biri alohida ravishda lizingda mulkchilik munosabatlari majmuasini tartibga sola olmaydi. Ulardan bir vaqtning o‘zida foydalanish va ularning o‘zaro bog‘liqligigina lizingni iqtisodiy faoliyatning yangi shakli sifatida yuzaga keltiradi. Demak, lizing murakkab tizim bo‘lib, o‘z ichiga investitsiya, kredit va ijara bitimlari elmentlarini kiritadi. Natijada ishlab chiqarish vositalarini ularni sotib olish va keyinchalik ijaraga berish yo‘li bilan vaqtinchalik foydalanishga berish bilan bog‘liq mulkchilik munosabatlari majmuasi amalga oshiriladi. Endi lizingga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni sanab o‘tamiz. Ular quyidagilardan iborat: Mulk va mulk ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ni tanlash huquqiga mulkdan foydalanuvchi ega. Mulk sotuvchisi mulk lizingga berish uchun sotib olinayotganligini biladi.
Mulk mulkdorga berilmasdan bevosita foydalanuvchiga beriladi va foydalanuvchi tomonidan ekspluatatsiya qilishga qabul qilinadi. Горемыкин В.А. Лизинг М.: Дашков и Ко, 2003, 33 б. Лещенко М.И. “Основы лизинга” М.: “Финансы и статистика”, 2001, 47 б. 9 Mulkdan foydalanuvchi kamchilik va nuqsonlar aniqlangan holda o‘z e’tirozlarini mulkdorga emas, balki hech qanday shartnoma munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sotuvchiga bevosita bildiradi. Lizingga beruvchi mulkni o‘zi foydalanish uchun emas, balki uni vaqtinchalik foydalanishga berish uchun atayin xarid qiladi. Lizing shartnomasi amal qilayotgan davr mobaynida mulk lizingga beruvchining mulki hisoblanadi. Mulk egasiga uni vaqtinchalik foydalanishga berish uchun haq to‘lanadi. Mulkdan foydalanuvchi muddatidan oldin yoki shartnoma muddati tugagach uni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling