S. S. Ismailova lizing asoslari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aralash lizing
- 1.5. Iqtisodiyotda lizing rivojlanishi samaradorligining asosiy yo‘nalishlari
Pulli lizing – bunda to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi. Kompensatsion lizing foydalanilayotgan asbob-uskunalarda ishlab
chiqarilgan mahsulotlar yetkazib berish yoki boshqa turda xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligida bu lizingning eng maqbul ЎзР “Лизинг тўғрисида”ги Қонун 2-модда. ЎзР Солиқ Кодекси 38-модда– Т.: “Адолат”, 1999, 40 б. 19 shakli hisoblanadi, chunki ko‘rsatilayotgan lizing xizmatlari uchun lizing obyektlari yordamida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan haq to‘lash fermerlar manfaatlariga ham javob beradi. Aralash lizing pulli va kompensatsion to‘lovlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Qayd etish joizki, shu bilan birga lizing rivojlanishining hozirgi bosqichida O‘zbekistonda yuqorida sanab o‘tilgan lizing turlarining barchasi ham keng qo‘llanayotgani yo‘q. Mamlakatimiz tajribasidan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasida “Lizing to‘g‘risidagi” Qonunga asosan asosiy e’tibor moliyaviy lizingga qaratilmoqda. Lizing bitimlari hajmiga ko‘ra kichik, standart (o‘rtacha) va yirik lizing turlariga taqsimlanadi. Mayda lizing predmeti asosan noishlab chiqarish mulki – kompyuterlar, idora texnikasi, telefon stansiyalari, xavfsizlik tizimi va shu kabilardan iborat bo‘ladi. O‘rtacha lizing qiymati 200 ming so‘mdan 2,5 million so‘mgacha bo‘lib, narx bo‘yicha eng ommaviy mulk turlari – turli xil mini-zavodlar, texnologik asbob-uskunalarga mos keladi. Yirik lizing samolyot, kema, energetik qurilma va shu kabi yirik obyektlarga mo‘ljallangan. Bu sohadagi ishlar katta mablag‘, shuningdek, ayrim buyurtmachilar uchun maxsus moliyaviy sxemalar tayyorlashga qodir bo‘lgan lizing sohasi mutaxassislarini tayyorlashni talab qiladi. 1.5. Iqtisodiyotda lizing rivojlanishi samaradorligining asosiy yo‘nalishlari Lizing murakkab iqtisodiy holat sifatida ishlab chiqarishning barcha jihatlariga va jamiyatga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy jihatdan u korxonalarning texnik qayta jihozlanishini ta’minlaydi hamda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va yangi ishlab chiqarishlarni yaratishga ko‘maklashadi. Ijtimoiy jihatdan esa lizing insonlarning mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Siyosiy jihatdan lizing kichik va o‘rta sinfni shakllantirish vositasi hisoblanadi. Lizing faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda samarali deb hisoblash mumkin:1 Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling