S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet10/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Moliyaviy lizing boshqa lizing turlaridan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Moliyaviy lizingda mulkka xizmat ko‘rsatish va sug‘urtalash lizing oluvchi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi hamda shartnomani muddatidan avval bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shartnoma muddati tugagach, foydalanuvchi mulkni sotib olishi, kelishuvni imtiyozli shartlarda yangilashi yoki munosabatlarni to‘xtatishi mumkin (5-chizma).

Moliyaviy lizing quyidagi turlarga bo‘linadi: ko‘chmas mulk lizingi, qaytarma lizing, bo‘linma lizing va guruhli (aksiyadorlik) lizing.




Bo‘linma lizing asosiy maqsadi bir nechta kredit tashkilotlarini yirik lizing loyihalarini moliyalashtirish uchun birlashtirish hisoblanadi. U lizing beruvchining bitta yoki bir nechta kreditordan lizing mulkining 80 % qiymati miqdorida uzoq muddatli qarz olishini ko‘zda tutadi. Bunda lizing beruvchi-qarzdor ssudaning to‘liq va bir vaqtning o‘zida qaytarilishi uchun javobgar



  1. Лещенко М.И. “Основы лизинга” М.: “Финансы и статистика”, 2001, 70 c.

15
bo‘lmaydi, chunki ssuda bevosita qarz beruvchi tomonidan lizing to‘lovlari hisobiga to‘lanadi.





Mulk oldi-sotdisi


Lizing beruvchi
Ssuda
Bank
Ssudani
qaytarish
Mulk ishlab
chiqaruvchi
Lizing
to’lovlari

Lizing
shartnomasi


Mulkni
yetkazish

Mulkni
tanlash


Lizing oluvchi

Mulkni
sug’urtalash





5-chizma. Moliyaviy lizing sxemasi1


Guruhli (aksiyadorlik) lizingda lizing beruvchi rolini mulkni ishlab chiqaruvchi firmalari bilan banklar (lizing kompaniyalari) kooperatsiyasi bajaradi. Bu turi ko‘pincha juda qimmat uskunalarni bozorga chiqarishda qo‘llanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar hamkorlarni izlab topish va lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatishni, lizing kompaniyasi esa loyihalarning tashkiliy qismini ishlab chiqishni, ma’muriy masalalarni hal qilishni, maslahat xizmatlari ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.


Tezkor lizing shartnoma muddati mulkning xizmat qilish muddatidan kam ekanligi bilan ajralib turadi. Shartnoma amal qilish muddati davomida lizing beruvchi faqat mulk qiymatining bir qisminigina to‘laydi. Bu holda mulkning qoldiq qiymati yuqori bo‘ladi va lizing beruvchi ushbu qiymatni



  1. Горемыкин В.А. Лизинг М.: Дашков и Ко, 2003, 45 c.

16

qoplash uchun katta tavakkalchilikka uchraydi, chunki u mulkni bir necha bor foydalanishga topshirishi lozim bo‘ladi.

Lizing ishtirokchilari tarkibi va lizing operatsiyalarini o‘tkazishni tashkil etishga ko‘ra lizing bevosita, bilvosita, qaytma va ta’minotchi lizingi kabi turlarga taqsimlanadi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling