S. S. Ismailova lizing asoslari


Lizing shartnomasi - lizing bitimlarining huquqiy shakli sifatida


Download 0.56 Mb.
bet18/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

2.2. Lizing shartnomasi - lizing bitimlarining huquqiy shakli sifatida Lizing munosabatlarining asosi shartnoma bo‘lib, bunda ikki yoki undan ortiq shaxslarning huquq va majburiyatlarni o‘rnatish, o‘zgartirish yoki

to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvi tushuniladi.1 U lizing bitimi subyektlari faoliyatining eng muhim shartlarini, ularning mamlakatda amal qiluvchi qonunlarga va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlariga rioya qilishini belgilab beradi. Lizing turidan kelib chiqqan holda lizing shartnomasi tuzilmasi turlicha bo‘lishi mumkin, biroq deyarli har bir lizing shartnomasi o‘z ichiga quyidagi punktlarni kiritishi zarur:





  1. Kirish – subyektlarning nomlanishi, tomonlar huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar, shartnoma imzolangan vaqt va joy.




  1. Shartnoma predmeti (mulk nomi va uning tavsifnomasi). Tomonlarning huquq va majburiyatlari.




  1. Obyektni yetkazib berish va hisob-kitob shartlari. Lizing shartnomasida mulkni yetkazib berish shartlari va mulkni transportda tashish, montaj qilish va ekspluatatsiyaga topirish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash tartibi kelishib olinadi. Xarajatlar odatda lizing oluvchi hisobiga to‘lanadi. Lizing obyektini foydalanuvchiga berish, lizing oluvchi, ta’minlovchi va lizing beruvchi tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan muddatdan hisoblanadi, bunda lizing obyekti yetkazib berilgandan so‘ng 30 kun mobaynida rasmiylashtirish talab qilinadi. Dalolatnomada mulkning sifati va butunligi, buyurtmanoma shartlariga mos kelishi va e’tirozlar ko‘rsatiladi. Mulkni qabul qilishda kamchilik va nuqsonlar aniqlanganda bu narsa dalolatnomada qayd etiladi va ularni bartaraf qilish muddati ko‘rsatiladi. Ta’minotchi tomonidan talablarning bajarilmasligi lizing oluvchining oldi-sotdi shartnomasini bekor qilishiga asos beradi. Agar mulkdan foydalanuvchi lizing beruvchiga mulk etib kelgandan so‘ng 2 hafta ichida dalolatnomani taqdim etmasa va uni bartaraf etilmagan kamchilik va nuqsonlar haqida xabardor qilmasa, bu holda bitim obyekti qabul qilingan hisoblanadi.




  1. Tavakkalchiliklar, kafolatlar va tomonlarning majburiyatlari. Lizing shartnomasida bitim obyektini ekspluatatsiya qilish mobaynida yuzaga kelishi

1 Прилуцкий Л.Н. Лизинг. Правовые основы лизинговой деятельности в Российской Федерации. Учебное пособие – М.: Издательство “Ось - 89” 2000, 85 c.


26
mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar xarakteri va etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni qoplashda tomonlarning harakatlari ko‘rsatiladi. Qoidaga ko‘ra, lizing obyektini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq barcha tavakkalchiliklarni yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi mumkin yoki mumkin emasligidan qat’iy nazar, lizing oluvchi o‘z zimmasiga oladi. Lizing obyektining maqsadlarga mos kelmaslik yoki sotuvchining nochorligi tavakkalchiliklari lizing beruvchining lizing obyekti yoki sotuvchini tanlagan hollardan tashqari barcha hollarda lizing oluvchi zimmasiga yuklatiladi.





  1. Egalik qilish va foydalanish huquqi. Lizing shartnomasiga asosan lizing oluvchi lizing davri mobaynida bitim obyektidan foydalanish huquqini oladi, lizing beruvchi esa mulkning yagona egasi bo‘lib qolaveradi. Uning o‘zi butun operatsiyani moliyalashtirishni amalga oshiradi.




  1. Sug‘urtalash.




  1. Fors-major sharoitlar.




  1. Umumiy qoidalar va shartnoma muddati.

Lizing subyektlarining o‘zlari shartnoma shartlarini ularning qonun doirasida bo‘lishini ta’minlagan holda ishlab chiqadilar. Mulkni ta’riflash lizing shartnomasiga ajralmas tarkibiy qism sifatida biriktiriladi, shuningdek, ta’minotchining nomi, yetkazib berish vaqti, joyi va bitim obyektidan foydalanish xarakteri ko‘rsatiladi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling