S. S. Ismailova lizing asoslari
Lizing shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing beruvchining huquq va majburiyatlari.
- Lizing oluvchining huquq va majburiyatlari.
2.3. Lizing shartnomasida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlari
Lizing shartnomasi mazmunining asosiy punktlari tomonlarning huquq va majburiyatlari hisoblanadi. “Lizing to‘g‘risidagi” qonunga asosan lizing shartnomasida ishtirok etuvchilar uchun quyidagi huquq va majburiyatlar ko‘zda tutiladi. Lizing beruvchining huquq va majburiyatlari. U quyidagi huquqlarga ega: lizing obyektiga egalik; lizing obyektini ekspluatatsiya qilish va undan foydalanish shart-sharoitlarini nazorat qilish; oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinganda; foydalanuvchining to‘lovlar bo‘yicha qarzlari bir oydan oshganda; foydalanuvchi bankrotga uchraganda yoki tugatilganda; sotuvchi lizing obyektini yetkazib bermaganda lizing obyektini olib qo‘yish. Quyidagi majburiyatlarga ega: mulkni sotib olish va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga foydalanishga berish; sotuvchini mulkni lizingga berishdan xabardor qilish; lizing oluvchiga obyektni sotuvchiga talablar qo‘yish huquqini berish; shartnomada ko‘rsatilgan hollarda lizing oluvchi oldidagi lizing 27 obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlash bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish. Lizing oluvchining huquq va majburiyatlari. U quyidagi huquqlarga ega: zarur mulk va uni yetkazib beruvchini tanlash; belgilangan muddat davomida mulkdan foydalanish; sotuvchiga e’tiroz bildirish; lizing beruvchining roziligi bilan lizing obyektini sublizingga berish; lizing shartnomasi bajarilmagan hollarda lizing beruvchidan yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish; lizing obyekti o‘z vaqtida yetkazib berilmagan yoki belgilangan sifatda bo‘lmagan hollarda shartnomani bekor qilish; ishlab chiqarilgan mahsulot va daromadga egalik qilish; lizing obyektiga kafolat xizmati ko‘rsatilishidan foydalanish; shartnoma muddati tugagach lizing obyektini sotib olish, kelishuvni yangilash yoki obyektni o‘z egasiga qaytarib berish; opsionda bitimni berkitish qiymatini to‘lash va obyektni mulk sifatida sotib olish. Quyidagi majburiyatlarga ega: lizing obyektini qabul qilish va undan to‘g‘ri foydalanish; lizing obyektini texnik shart-sharoitlarga mos ravishda saqlash va xizmat ko‘rsatish; lizing obyektini ekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning barchasini o‘z zimmasiga olish; lizing beruvchiga o‘zining iqtisodiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish; mulkni o‘z hisobidan sug‘urtalash; lizing to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash; lizing obyekti shikastlangan hollarda uni o‘z hisobidan ta’mirlash, uni xuddi shunday obyektga almashtirish yoki lizing bo‘yicha qarzni to‘laligicha va jarimani to‘lash; lizing shartnomasi bekor qilinganda lizing obyektini lizing beruvchiga eskirishni hisobga olib dastlabki holda qaytarib berish. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling