S. S. Ismailova lizing asoslari


Sotuvchining huquq va majburiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet20/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Sotuvchining huquq va majburiyatlari. Quyidagi huquqlarga ega: oldi-sotdi shartnomasiga ko‘ra zarur mulkni yetkazib berish; lizing beruvchi bilan obyektning barcha texnik-iqtisodiy jihatlarini kelishib olish; shartnomaning umumiy summasini ko‘rsatish.

Quyidagi majburiyatlarga ega: lizing obyektini ta’riflash; mulkni yetkazib berish, uni montaj qilish va ekspluatatsiyaga topshirish; kamchilik va nuqsonlar aniqlangan holda 10 kunlik muddat ichida ularni bartaraf qilish yoki mulkni boshqasiga almashtirib berish.




2.4. Lizing shartnomasini imzolash jarayoni

Lizing shartnomasini tuzish jarayoni ikkita asosiy bosqichdan iborat.





  1. Lizing oluvchi lizing kompaniyasiga shartnoma tuzish niyati bildirilgan taklifni yuboradi.

28

  1. Lizing beruvchi taklifni ko‘rib chiqadi va ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilishi lozim bo‘ladi.

Lizing kompaniyalarining ko‘pchiligi potensial mijozlar bilan muzokaralarni ularga lizing obyekti talab qilinayotgan loyihaning biznes-rejasini taqdim etishni so‘rashdan boshlaydilar. Aynan shu biznes-rejani baholash bosqichida lizing kompaniyalari ularga taklif etilayotgan loyihalarni saralab oladilar. Loyihalarning aksari qismi rad etilishiga ko‘pincha to‘g‘ri tayyorlangan biznes-rejalarning yo‘qligi sabab bo‘ladi. Ba’zida, lizing kompaniyasi menejerlari foydali loyihani ko‘rganda ular potensial lizing oluvchiga ushbu loyihaning biznes-rejasini ishlab chiqishga ko‘maklashishlari mumkin. Biznes-reja tasdiqlangandan so‘ng lizing shartnomasi tuzilishi lozim bo‘ladi. Lizing kompaniyasi har bir muayyan lizing shartnomasi bo‘yicha quyidagi tartibda harakat qiladi:


• mijozning hujjatlarini va to‘lov layoqatini sinchiklab tekshirgach, mas’ul shaxs shartnoma loyihasini rahbariyat bilan kelishish uchun taqdim etadi;


• rahbariyat loyihani ma’qullagach, mas’ul shaxs shartnoma shartlari bo‘yicha ikkinchi tomon bilan kelishuvga kelishishga kirishadi;
• fikrlar qarama-qarshiligi yuzaga kelganda barcha e’tiroz va qo‘shimchalar bayonnomada qayd etiladi;
• ikkala tomon kelishuvga kelgach, lizing shartnomasi imzolanadi, aks holda bayonnoma arbitraj sudiga berilishi mumkin.
Quyidagi shartlar bajarilganda lizing shartnomasi tuzilgan hisoblanadi:



  1. Tomonlarning barcha asosiy shartlar bo‘yicha kelishuvga kelishi.




  1. Kelishuv shakli bo‘yicha lizing shartnomasiga qo‘yiluvchi talablarga javob berishi.




  1. Lizing obyekti lizing oluvchiga berilishi.




  1. Shartnoma davlat organlarida qayd eitlishi.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling