S. S. Ismailova lizing asoslari


Mablag‘larni diskontlash usuli (DSG usuli


Download 0.56 Mb.
bet28/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Mablag‘larni diskontlash usuli (DSG usuli). Mazkur usulning bir necha xil variantlari mavjud. Ularning barchasi kelajakda olinadigan (yoki sarflanadigan) pullar hozirgi paytga qaraganda kamroq qiymatga ega bo‘ladi deb hisoblashga asoslanadi. Kelgusidagi pul tushumlarining diskontlangan qiymatini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:

R + S x 1/ (1+ r)n (4)


Bu yerda R – diskontlangan qiymat; S – n-yil oxirida olingan kattalik;


r - % stavkasi; n – xarajat va natijalari hisob-kitob yilida keltirilayotgan


yil.; maxraj 1/(1+r)n – diskontlangan qiymat omili (diskontlash koeffitsiyenti). Masalan, lizing kompaniyasi 500 ming so‘mli loyihaga boshlang‘ich


investitsiyalarni kiritadi. Uch yil mobaynida yillik pul oqimi 200 ming so‘mni, foiz stavkasi (r) esa 25 %ni tashkil etadi. Bundan kelib chiqadiki, loyihani amalga oshirish yillari bo‘yicha sof joriy qiymat va diskontlash koeffitsiyenti mos ravishda quyidagilarga teng bo‘ladi (2-jadval).


38

2-jadval


Yillik sof joriy qiymatini hisoblash1





Yil

Diskontlash koeffitsiyenti

Yillik sof joriy qiymat










1 yil

1/(1+0.25) = 0.800

R=200x0.800=160.00










2 yil

1/(1+0.25) = 0.640

R=200x0.640=128.00










3 yil

1/(1+0.25) = 0.512

R=200x0.512=102.40










Jami




390.40










Mazkur loyihani investitsiyalashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun boshlang‘ich investitsiyalar va sof joriy qiymat o‘rtasidagi farqni aniqlash kerak bo‘lib, u quyidagiga teng: 390.40 – 500 = 109.9


Bundan kelib chiqadiki, ko‘rib chiqilayotgan loyiha rentabelli emas, chunki bunda olinadigan daromadlar boshlang‘ich investitsiyalardan kam. Investitsion loyihalarini baholashda inflyatsiyani hisobga olish zarur. Buning uchun hisob-kitoblarni biroz modifikasiyalash, ya’ni diskontlangan qiymat formulasiga inflyatsiya darajasini kiritish lozim. Shunda kelajakda kelib tushadigan pullarning diskontlangan qiymati quyidagi formula asosida aniqlanadi:


R= Sx 1/ (1+r+ h)n, bu yerda h –inflyatsiya darajasi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling