S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet26/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Loyihani joylashtirish – hudud, ixtisoslashuv, tashkiliy masalalar, ishlab chiqarish joyida transport infratuzilmalari, kommunikasiya va maslahat xizmatlarining mavjudligi.




  1. Loyihaning ekologik xavfsizligi – atrof-muhitni muhofaza qiluvchi davlat organlarining ruxsati va ekologiya nazoratining mavjudligi.




  1. Loyihaning huquqiy va moliyaviy qoidalari– soliq va bojxona imtiyozlari tizimini aniqlash, loyihani rag‘batlantirish turlari (yangi investitsiyalar, kafolatlar, energiyaga subsidiyalangan narxlar va hokazo).




  1. Loyihaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va qarz kafolatlari – kutilayotgan investitsiya xarajatlarini aniqlash, moliyalashtirish manbalari va ularni jalb qilish imkoniyatlari, investitsiyalarning rentabelligi, sof diskontlangan daromad, o‘zini qoplash muddati, ichki daromadlilik normasi.

Loyiha dastlab kutilgan natijalarni oqlamagan hollarda loyiha strategiyasini qayta ko‘rib chiqish, yangi hamkorni izlab topish, loyihani sotib yuborish, faoliyatni o‘zgartirish, loyiha aktivlarini alohida-alohida sotib yuborish zarur. Loyiha ekspertizasining har bir bosqichida zarurat tug‘ilganda maslahatchilar jalb etilishi mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida lizing kompaniyasi loyiha bo‘yicha ijobiy yoki salbiy xulosa bildiradi va uni oxiriga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar beradi.




3.4. Tadbirkorlik loyihasi va lizing oluvchini moliyaviy baholash

Loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi tahlili odatda moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholash, bashorat qilinayotgan daromadlilik va likvidlilikni baholash, tavakkalchiliklar tahlilini o‘z ichiga oladi. Investitsiya loyihalarini baholash uchun turli xil usullar qo‘llanadi. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:1





  • o‘zini qoplash usuli;







  • mablag‘larni diskontlash usuli;




  • keltirilgan xarajatlar usuli.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling