S. S. Ismailova lizing asoslari


-chizma. Lizing shartnomasini bosqichlari


Download 0.56 Mb.
bet22/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

6-chizma. Lizing shartnomasini bosqichlari
Tuzilayotgan shartnomalarning haqiqiyligi va foydaliligi ko‘p jihatdan shartnoma ishlarining aniq tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi.


Qisqa xulosalar

Lizing mexanizmi samaradorligi yuqori bo‘lishining asosiy shartlaridan biri hozirgi kunda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zaro aloqa qiluvchi xo‘jalik subyektlarining huquqiy jihatdan ishonchli ta’minlanishi hisoblanadi.


Lizing munosabatlarining asosi shartnoma bo‘lib, bunda ikki yoki undan ortiq shaxslarning huquq va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvi tushuniladi. U lizing bitimi subyektlari faoliyatining eng muhim shartlarini, ularning mamlakatda amal qiluvchi qonunlarga va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlariga rioya qilishini belgilab beradi. Lizing bitimida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risidagi” Qonunida belgilangan.


Lizing bitimlarini amalga oshirishning muhim shartlaridan biri shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilishi hisoblanadi.


31

Lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar iqtisodiy zararlarni qoplash va jarimani to‘lash shaklida aks ettirilib, ularni zararlarsiz to‘latish ham mumkin.


Nazorat va muhokama uchun savollar



  1. O‘zbekiston Respublikasida lizing faoliyatini tartibga soluvchi qanday qonun hujjatlari mavjud?




  1. Kredit va lizing mexanizmini bir-biridan farqlovchi xususiyatlarini aytib bering.




  1. Ijara va lizing munosabatlarining asosiy o‘xshashlik va farqlarini sanab

bering.




  1. O‘zbekiston Respublikasining “Lizing to‘g‘risidagi” Qonuni, jumladan, 2002 - yil 13 - dekabrda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning asosiy qoidalarini aytib bering.




  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi “Lizing tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Farmoniga asosan lizing bitimi ishtirokchilariga qanday soliq imtiyozlari ko‘zda tutilgan?




  1. Lizing shartnomasining asosiy jihatlarini sanab bering.




  1. Lizing bitimi ishtirokchilarining lizing shartnomasiga asosan huquq va majburiyatlarini yoritib bering.




  1. Lizing shartnomasini tuzish jarayonining asosiy bosqichlari haqida gapirib bering.




  1. Lizing shartnomasi shartlarini buzuvchilarga nisbatan qonunchilikda ko‘zda tutilgan qoidalarni tavsiflab bering.




  1. Lizing shartnomasini bekor qilishga nimalar asos bo‘lishi mumkin?


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling