S. S. Ismailova lizing asoslari


To‘liq xizmatlar to‘plamiga


Download 0.56 Mb.
bet12/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

To‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizingning xususiyati shundaki, bunda lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish - mulkka qarash, sug‘urtalash, zarur xom-ashyolarni yetkazib berish, malakali kadrlar bilan ta’minlash, marketing xizmati ko‘rsatish va tayyor mahsulot reklamasini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.


Noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizing bu shartnoma imzolagan tomonlarning lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni avvaldan kelishgan holda taqsimlab olishdir. Masalan, lizing oluvchi mulkni ekspluatatsiya qilish normalariga rioya qilishni o‘z zimmasiga oladi, lizing beruvchi esa obyektni soz holda saqlash uchun xarajatlarni to‘laydi.


Bosh lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasida umumiy shartnoma tuzilishini ifodalaydi. Bu shartnoma lizing oluvchiga lizingga olinuvchi mulk ro‘yxatini yangi shartnoma imzolamasdan to‘ldirish imkonini beradi.

Lizing bitimining asosiy ishtirokchilari joylashgan mamlakatga bog‘liq holda lizing ichki (bitta mamlakat ichida) va tashqi (xalqaro) turlarga taqsimlanadi. Xalqaro lizing o‘z navbatida quyidagicha tasniflanadi:1








  • eksport lizingi – lizing oluvchi xorijlik bo‘ladi;




  • tranzit lizing – bitimning uchala ishtirokchisi ham turli xil mamlakatlarda bo‘ladi.

Xalqaro amaliyotda lizingning yana bir turi – “dabl dip” bitimlari ishlab chiqilgan. Ularning ma’nosi ikki yoki undan ortiq mamlakatlardagi soliq imtiyozlaridan iborat, ya’ni, masalan, Buyuk Britaniyada lizing oluvchining soliq imtiyozlaridan oluvchi foydasi AQSH da lizing oluvchilarnikiga qaraganda ko‘p. Natijada Angliyalik lizing kompaniyasi mulkni sotib oladi va uni amerikalik lizing kompaniyasiga ijaraga beradi, u esa mulkni o‘z navbatida mahalliy aviakompaniyalarga ijaraga beradi.





  1. Основы предпринимательского дела. Благородный бизнес / под ред. Ю.М. Осипова – М.: “Гумaнитарные знание”, 1992, 186 с.

18
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida lizingni soliq va amortizatsiya imtiyozlari bo‘yicha – haqiqiy va soxta turlarga taqsimlash ham keng tarqalgan.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling