S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet13/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Soxta lizing mamlakatda amal qiluvchi soliq va boshqa imtiyozlar hisobiga foyda olishga qaratilgan. Lizingning “haqiqiy” ligini aniqlash maqsadida dunyo mamlakatlarida lizingning asosiy jihatlari tartibga solinuvchi bir qator normativ-qonun hujjatlariga tayaniladi. Bunda turli mamlakatlarda lizing shartnomasini tuzish haqida turli xil belgilarning mavjudligiga qarab baho beriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi “Lizing to‘g‘risidagi” Qonuni va Soliq Kodeksiga asosan quyidagi belgilarga amal qilinganda shartnoma lizing shartnomasi hisoblanadi:1






  • mulk egasi tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, belgilangan imtiyozlarga ega bo‘ladi hamda obyekt qiymatini to‘liq yoki qisman moliyalashtiradi. Qo‘shimcha xizmatlar lizing to‘lovlari qatoriga kiritiladi;




  • ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining 80% dan ortiq

bo‘ladi;




  • ijarachi asosiy vositalarni ijara muddati tugagach qat’iy belgilab qo‘yilgan narxda yoki ijara tugagach belgilanuvchi narxda sotib olish huquqiga ega;




  • ijara muddati tugagach ijaraga olinuvchi vositalarning qoldiq qiymati ularning dastlabki qiymatining kamida 20 %ini tashkil etadi;




  • butun ijara davri bo‘yicha joriy to‘lovlar miqdori ijaraga olinuvchi vositalarning 90 %dan ortiq bo‘ladi.

Agar bitim yuqorida sanab o‘tilgan shartlardan hech bo‘lmasa bittasiga javob beradigan bo‘lsa, bunda haqiqiy lizing haqida gap borayotgan bo‘ladi. Haqiqiy lizing huquqiy jihatdan amaldagi qonunchilikka hamda lizing shaklining iqtisodiy mohiyatiga mos kelishi zarur.


Lizingni lizing to‘lovlari xarakteri bo‘yicha taqsimlash ham qiziqish uyg‘otadi:





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling