S. S. Ismailova lizing asoslari


Tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalish


Download 0.56 Mb.
bet15/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalish. U ishlab chiqarish miqyosini

kengaytirish, xo‘jalik faoliyatida mustaqillikni kengaytirish, moddiy





  1. Горемыкин В.А. Лизинг М.: Дашков и Ко, 2003, 57 с.

20
manfaatdorlik va javobgarlikni oshirish, soliq imtiyozlaridan foydalanishda namoyon bo‘ladi.



  1. Ishlab chiqarish-texnika yo‘nalishi. U fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, ishlab chiqarishni qayta jihozlashga ko‘maklashish, mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirishda namoyon bo‘ladi.




  1. Investitsion yo‘nalish – katta miqdordagi mablag‘larni mulk sotib olishga sarflash zarurati bo‘lmaydi, texnika qisqa muddatga jalb etiladi va undan maksimal darajada foydalaniladi.




  1. Ijtimoiy yo‘nalish. Bu yo‘nalish ishbilarmonlik faolligining o‘sishi, ijodiy salohiyatdan foydalanishning yaxshilanishi, tadbirkorlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishini oshirish, bozorni yangi tovarlar bilan to‘ldirish va shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmining o‘sishi natijasida budjet tushumlarining o‘sishiga ko‘maklashadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarning barchasi birgalikda yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining o‘sishiga xizmat qiluvchi umumiy xo‘jalik samarasini yaratadi.




Qisqa xulosalar

Lizing – ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va keyinchalik vaqtinchalik foydalanishga ijaraga berish yo‘li bilan bog‘liq bo‘lgan mulkchilik munosabatlari majmuasidir. Lizing mexanizmi uch tomonlama asosga ega bo‘lib, kredit va investitsiya bitimlari, shuningdek, ijara faoliyati xususiyatlariga egalik qiladi hamda tadbirkorlikning yangi tashkiliy-huquqiy shaklini yaratadi.


Lizing bozori subyektlari quyidagilar: lizing beruvchilar, lizing oluvchilar, mulkni yetkazib beruvchi yoki sotuvchilar, moliya-kredit muassasalari va boshqalar. Lizing iqtisodiyotning moliyaviy, ishlab chiqarish, sotish, soliq va amortizatsiya imtiyozlaridan foydalanish kabi eng muhim funksiyalarini qamrab oladi.


Lizing turlari bitimlarni tuzish shakli, ularning muddati, tomonlar majburiyatlari hajmi, lizing obyektlari xususiyatlari va ularning amortizatsiya shartlari, lizing to‘lovi turlari, soliq imtiyozlariga munosabati va bozor sektorlariga ko‘ra taqsimlanadi. Lizing xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos shakli sifatida jamiyat va ishlab chiqarishning barcha tomonlariga ta’sir ko‘rsatadi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling