S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet23/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Asosiy adabiyotlar:



  1. Ўзбекистон Республикаси “Лизинг тўғрисида”ги Қонун 1999 й.




  1. Джуха В.М. Лизинг. Учебное пособие – Ростов н/Д.: Феникс, 1997.




  1. Прилуцкий Л.Н. Лизинг. Правовые основы лизинговой деятельности в Российской Федерации. Учебное пособие – М.: Издательство “Ось - 89” 2000.

  2. Горемыкин В.А. Лизинг - М.: Дашков и Ко, 2003.

5. Лещенко М.И. Основы лизинга - М.: Финансы и статистика, 2001.
32

  1. bob. LIZINGNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



3.1. Lizing jarayonini tashkil etishning umumiy sxemasi va bosqichlari Asosiy vositalarni sotib olar va lizing beruvchi vazifasini bajarar ekan, lizing kompaniyasi yoki bank bevosita lizing rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi va lizing obyektlari bozoridagi vaziyatni nazorat qiladi. Lizingning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda ular asosiy e’tiborni yuqori sifatli xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga mo‘ljallangan asbob-uskunalarga qaratishlari lozim. Lizing jarayonini tashkil etish aynan shu vazifani bajarishga qaratilgan. Butun lizing jarayonini, g‘oyani izlab topishdan to loyihani amalga oshirishgacha, uch bosqichdan – shartnomadan (investitsiyadan) avvalgi, tashkiliy (investitsion) va ekspluatatsiya bosqichlaridan iborat bo‘lgan sikl sifatida ifodalash mumkin.1 Bu bosqichlarning har birida muayyan ish turlari
amalga oshiriladi.


Birinchi bosqichda bir qator huquqiy shartnomalarni imzolash uchun barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Lizing munosabatlari ko‘p tomonlama va murakkab xarakterga ega bo‘lganligi tufayli har bitimning barcha shartlari va xususiyatlarini batafsil o‘rganishni talab qiladi hamda ushbu bosqichning muhim ahamiyat kasb etishini asoslab beradi. Shartnoma tuzishdan avvalgi bosqichda lizing loyihasining barcha shart-sharoitlari batafsil o‘rganib chiqiladi:

1. Dastlabki muzokarlarni olib borish, jumladan, lizing loyihasi bilan tanishish, hujjatlarni tayyorlash, lizing oluvchini lizing beruvchining shartlari va lizingning boshqa ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish.


2. Doimiy lizing oluvchi va uning taklif etayotgan loyihasini o‘rganib chiqish. Odatda quyidagilarga katta e’tibor qaratiladi:


• taqdim etilgan hujjatlarning huquqiy jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi, lizing loyihasi samaradorligi tahlili;


• sotuvni amalga oshirish va naqd pul oqimini shakllantirish uchun foydalaniluvchi resurslarning operasion samaradorligini aniqlash;


• lizing oluvchining moliyaviy holati va kredit layoqati tahlili;

• lizing to‘lovlarining qaytarilishini ta’minlash uchun taklif qilinuvchi garovga qo‘yilayotgan mulk yoki boshqa majburiyatlarni baholash.


3. Lizing loyihasining kompleks ekspertizasi.


1 Горемыкин В.А. Лизинг – М.: Дашков и Ко 2003, 339 c.

33
Lizing oluvchi taqdim etgan barcha hujjatlar, uning moliyaviy ahvoli va kredit layoqati, lizing to‘lovlarining ta’minlanganligi tahlil qilingach, natijalar kompaniya rahbariyatiga ko‘rib chiqish va lizing loyihasini moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. Mazkur bosqichda lizing beruvchiga mijozdan beriluvchi ariza, uning to‘lov layoqati to‘g‘risida xulosa, lizing beruvchi tomonidan ta’minlovchiga beriluvchi buyurtmanoma hamda lizing beruvchi bilan bank o‘rtasida lizing bitimini amalga oshirish uchun ssuda olish to‘g‘risidagi shartnoma kabi hujjatlar rasmiylashtiriladi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling