S. S. Ismailova lizing asoslari


Lizing loyihalarining kompleks ekspertizasi


Download 0.56 Mb.
bet25/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

3.3. Lizing loyihalarining kompleks ekspertizasi
Lizing kompaniyasi loyihalar ekspertizasini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiradi:1
1. Loyihani identifikatsiyalash va hujjatlarni tasdiqlash – tasdiqlovchi hujjatlarning barchasi: kompaniyaning ro‘yxatga olinishi, muassasa to‘g‘risidagi hujjatlar, mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun litsenziyalar, kompaniya balansi va 2 yillik moliyaviy hisobotlar huquqiy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkaziladi.


2. Loyiha bo‘yicha chiqariladigan mahsulot – sifat nazorati tizimi va loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishdagi asosiy mahsulotning xususiyatlari.


3. Loyihada foydalaniluvchi texnologiya tavsifnomasi – ishlab chiqarishni tashkil etish turi va tarmoqdagi ahvol bilan bog‘liq ravishda mo‘ljallanayotgan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar bilan bozorda yuzaga kelgan vaziyat tahlil qilinadi.


4. Eksport bozorini jalb qilish. Talab va taklif bashoratini hisobga olgan holda mahsulot bozori baholanadi.


5. Marketing strategiyasi. Mahsulotni bozorga olib chiqish bo‘yicha xatti-harakatlar.


6. Loyihani boshqarish – boshqaruv bo‘g‘ini va boshqaruvchilarni o‘qitish dasturining mos kelishini aniqlash.


7. Loyiha homiylari – homiylarning moliyaviy ahvoli hamda ularning loyiha bo‘yicha qo‘yilmalari va kafolatlarining mos kelishi tahlili.


8. Taqsimlash tizimini tashkil etish – mahsulotni sotuvchilar bilan kelishuvlar, kelajakdagi ishlab chiqarish hajmining butun taqsimlash tizimida


1 Рекомендации по проведению лизинговых операций, УЛК “Барака”, - T.: 1999, 12 c.

36
tovar aylanmasiga ta’siri, mazkur taqsimlash tarmog‘ining loyihadagi mahsulot bo‘yicha ixtisoslashish darajasi, mazkur taqsimlash tarmog‘ining ulushi.






  1. Download 0.56 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling