S. S. Ismailova lizing asoslari


Shartnomaning bajarilishi va tomonlarning javobgarligi


Download 0.56 Mb.
bet21/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

2.5. Shartnomaning bajarilishi va tomonlarning javobgarligi

Lizing bitimlarini amalga oshirishning muhim shartlaridan biri shartnomada ko‘rsatilgan majburiyatlarning bajarilishi hisoblanadi. Lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning quyidagi asosiy tamoyillari shakllantirilgan:1





  1. Джуха В.М. Лизинг: Учебное пособие – Ростов н/Д.: Феникс, 1997, 45 c.

29

  1. Qonun va shartnomaga mos ravishda aniq bajarish, lizing predmeti shartlariga rioya qilish, bajarish shartlari, vaqti, o‘rni va usullarini sifatini ta’minlash.




  1. Bajarishning tejamkorligi, ya’ni bajarish usulini tanlashda eng kam xarajatlarga yo‘l qo‘yish.




  1. Hamkorlik – hamkorlarning huquq va manfaatlariga zarar etkazmaslik, ishbilarmonlik etikasiga rioya qilish, majburiyatlarni bajarishda bir-biriga ko‘maklashish.




  1. Bajarishni belgilangan muddatda amalga oshirish.




  1. Majburiyatlarning umuman yoki kerakli tarzda bajarilmasligi uchun javobgarlik. Shartnoma bandlarini bajarishni kafolatlashni ta’minlash maqsadida tomonlardan har biri uchun jarima choralari qo‘llanishi ko‘zda tutiladi.

Shartnoma shartlarini buzuvchilar uchun qonunchilikda quyidagi qoidalar ko‘zda tutilgan:


• majburiyatlarni umuman yoki kerakli tarzda bajarmaslik tufayli yetkazilgan zararni aybdor tomon qoplaydi;


• ish va xizmatlar bajarilmaganda kreditor ularni bajarishni uchinchi shaxslarga topshirishi va xarajatlarni qarzdor hisobidan undirishi mumkin;
• lizing oluvchi bitim muddati tugagach lizing obyektini sotib olmasdan o‘z vaqtida qaytarmasa, lizing beruvchi mulkni qaytarib olish yoki zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.

Lizing shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar iqtisodiy jihatdan zararlarni qoplash va jarimani to‘lash shaklida aks ettirilib, ularni zararlarsiz to‘latish ham mumkin. Jarima bu shartnoma shartlarini buzuvchi tomonidan to‘lanuvchi pul miqdori. U erkin konvertasiya qilinuvchi valyutada majburiyatlarning yoki qarzning foizida jarima ko‘rinishida va penya ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.


Lizing shartnomasi bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin: to‘lov miqdori to‘laligicha to‘lansa, bitimni berkitish summasi bir vaqtning o‘zida to‘lansa, shartnoma bir tomonlama bekor qilinsa. Shartnomani bekor qilishga asos sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:


• shartnoma muddatining tugashi yoki sud qarori;


• tomonlarning kelishuvni muddatidan oldin to‘xtatish qarori yoki tomonlardan birining tugatilishi;


• lizing beruvchining tashabbusi bilan quyidagi hollarda: oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirmasa yoki bekor qilinsa; sotuvchi mulkni lizing

30
oluvchiga yetkazib bermasa; lizing oluvchi 30 kundan ortiq qarzni to‘lamasa; mulkdan texnik sharoitlar buzilgan holda foydalanilsa;





  • lizing oluvchining tashabbusi bilan quyidagi hollarda: lizing obyektini qabul qilishda tuzatib bo‘lmaydigan kamchilik va nuqsonlar aniqlansa; lizing obyekti o‘z vaqtida yetkazib berilmasa.

Shu tariqa, lizing shartnomasining tashabbus taklifidan tortib to shartnomaning bekor qilinishigacha bir nechta bosqichlarini ko‘rsatish mumkin (6-chizma).





Shartnoma tuzish


taklifi

Shartnomani bajarish


Taklifni
qabul qilish

Shartnoma


kuchga kirishi





Shartnoma shartlarini






















Kelishmovchilik




avvaldan kelishib olish
















bayonnomasi



































































Shartnoma




Baxslarni xal










imzolash




qilish


































Shartlarni o’zgartirish va shartlarni
bekor qilish

Shartnomani uzaytirish yoki


bekor qilish






Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling