S. S. Ismailova lizing asoslari
Keltirilgan xarajatlar usulidan
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiritilgan kapital daromadi
Keltirilgan xarajatlar usulidan foydalangan holda ham eng samarali loyihani aniqlash mumkin. “Keltirilgan xarajatlar” deganda jahon tajribasida investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti yoki foiz stavkasi darajasi yordamida yagona yillik hajmga keltirilgan bir qismigina tushuniladi. Bu shu bilan bog‘liqki, investitsiyalar katta hajm, mablag‘ kiritish uchun cheklangan vaqt, o‘zini qoplash muddatining uzunligi bilan tavislanishiga bog‘liq, ishlab chiqarish xarajatlari esa odatda yillik bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida har bir korxona r foiz stavkasi darajasida En normativini yoki Rn investitsiyalar rentabelligi normativini belgilaydi. Bundan kelib chiqqan holda, keltirilgan xarajatlar quyidagi nisbatlardan kelib chiqadi:
Sp = S + rxK = min, Sp = S + Rn x K = min yoki Sp = S + EnxK (5) Газман В.Д. Лизинг: теория, практика, комментарии. Учебник – М.: Фонд “Правовая культура”, 2000, 43 c. 39
Demak, ikkinchi loyiha samaraliroq hisoblanadi. Shu tariqa, loyiha samaradorligini aniqlash usullaridan foydalanish yo‘li bilan lizing kompaniyalari eng samarali loyihalarni tanlab oladilar. Bunda lizing kompaniyasi zarurat tug‘ilganda ekspertizaning har bir bosqichida malakali maslahatchilarni jalb qilishi mumkin. Olingan ma’lumotlar asosida lizing kompaniyasi loyiha bo‘yicha ijobiy yoki salbiy xulosaga keladi. O‘z navbatida lizing oluvchi lizing kompaniyasiga murojaat qilishdan avval uning loyihasidan foydalanishga tarafdor va qarshi bo‘lgan barcha holatlarni o‘rganib chiqishi lozim. Masalan, asbob-uskunalar narxi, undan samarali foydalanish imkoniyati, buzilish xavfi, loyihaning likvidligi. Agar lizing va kredit (yoki moliyalashtirishning boshqa usullari) variantlari o‘rtasida taxminiy paritet kuzatiladigan bo‘lsa, u holda lizing loyihasini batafsil ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. Lizing oluvchining kredit layoqatini, ya’ni lizing to‘lovlarini lizing shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarga mos ravishda o‘z vaqtida to‘lash layoqatini aniqlash eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Газман В.Д. Лизинг: теория, практика, комментарии. Учебник – М.: Фонд “Правовая культура”, 2000, 45б. 40
Shuningdek, lizing oluvchining o‘tgan davrdagi faoliyatini baholash va uning istiqbollarini aniqlash uchun foydalilik ko‘rsatkichlari “Sotilgan mahsulot hajmida foydaning ulushi”, “Aylanma vositalarining bir so‘miga to‘g‘ri keluvchi foyda” ni qo‘llash tavsiya etiladi. “Likvidlik”, “asosiy va aylanma kapitallarning aylanuvchanligi”, “jalb qilinuvchi vositalardan samarali foydalanish” ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun balans moddalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash lozim: korxonaning o‘z mablag‘lari, joriy aktivlar, likvidli aktivlar, tez sotiluvchi aktivlar, joriy majburiyatlar. Likvidlik balans aktivi va passivi bo‘yicha mablag‘larni taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda balansning aktiv qismida lizing oluvchining pul mablag‘lari hisobiga tezroq joylashtirish muddatlari bo‘yicha taqsimlangan aylanma vositalarga (asosiy fondlarga) joylashtirilgan mablag‘lari, passiv qismida esa to‘lanishi lozim bo‘lgan muddatlar bo‘yicha joylashtirilgan mablag‘lar aks ettirilishi lozim. Balans likvidligi tahlili qarzlarning qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonini buzmasdan tezda to‘lanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling