S. S. Ismailova lizing asoslari
Lizing to‘lovlarining turlari
Download 0.56 Mb.
|
2 5192996437348065472-20230303-102212
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing uchun to‘lov
- 4.2. Lizing to‘lovi hajmini aniqlash usullari
4.1. Lizing to‘lovlarining turlari
Lizing oluvchi va beruvchi o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalarning asosi lizing to‘lovlaridan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, sotish va egalik huquqini berish munosabatlarini aks ettiradi. Iqtisodiy jihatdan lizing vositalariga egalik qilish hamda bitim maqsadini amalga oshiruvchi ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish huquqi lizing obyekti uchun pul to‘langandan so‘nggina yuzaga kelishi mumkin. Lizing to‘lovlarining iqtisodiy jihatdan asoslangan tarkibi va hajmi lizing bitimlarini tashkil etishning markaziy, eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Lizing uchun to‘lov bu mulk egasi va ijarachining lizing obyektidan foydalanish jarayonida yaratilgan daromadni taqsimlash bo‘yicha iqtisodiy munosabatlar shaklidir.1 U lizing obyekti qiymatini qoplash, kapital jamg‘arish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, daromadlarni qayta taqsimlash vazifalarini bajaradi. Umuman, lizing to‘lovlari mulkka egalik huquqini amalga oshirishning iqtisodiy shakllaridan biridir. Asbob-uskunalar yoki boshqa obyektlarni lizingga berishda mulk egasi uning qiymatini kapitalga belgilangan % qo‘shgan holda qaytarib olish huquqiga ega bo‘ladi. Mulkning holati va qiymati, amortizatsiya muddati va normalari, ssuda foizlari, soliq imtiyozlari va faoliyat turi lizing to‘lovlarini belgilashning obyektiv asosi hisoblanadi. Lizing to‘lovlarida uchta asosiy tarkibiy qismni ajratib ko‘rsatish mumkin:2 iqtisodiy elementlar bo‘yicha to‘lovlar tarkibi; to‘lovlar darajasi yoki hajmi; hisob-kitoblar usuli. Ijaraga berilgan vositalarning mos keluvchi qo‘shimcha mablag‘lar bilan qaytarilishi lizing to‘lovlarini aniqlashning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Lizing to‘lovlari hajmini belgilab beruvchi uslubiy asos bo‘lib lizing oluvchi tomonidan yaratilgan yalpi daromadni taqsimlash mexanizmi xizmat qiladi. U foyda normasi o‘rtacha bo‘lganda lizing obyekti egasi va ijarachi manfaatlarining bir-biriga mos kelishini ta’minlashi mumkin. Lizing to‘lovlarining haqiqiy hajmi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi. Лещенко М.И. Основы лизинга: Учебное пособие – М.: Финансы и статистика, 2001, 64 c. Горемыкин В.А. Лизинг: Учебник. – М.: Дашков и Ко, 2003, 236 c. 44
• chiziqli to‘lov, mutanosiblik bo‘yicha teng ulushlar bilan to‘lanadi; • progressiv (o‘sib boruvchi) to‘lov, asosan lizingning dastlabki bosqichida foydalanuvchi lizing to‘lovlarini kichik qismlar bilan amalga oshirishi oson bo‘lgan, keyinchalik esa asbob-uskunalarning bo‘shashi va mahsulot ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi bilan to‘lov miqdorini oshirish mumkin bo‘lgan, moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lmagan lizing oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi; • degressiv (kamayib boruvchi) to‘lov, lizingning dastlabki bosqichida foyalanuvchi lizing to‘lovlarining asosiy qismini to‘lashni afzal ko‘rgan, moliyaviy ahvoli barqaror bo‘lgan lizing oluvchi tomonidan foydalaniadi; • mavsumiy to‘lov – to‘lov imkoniyatlari hosilni yig‘ib olgandan so‘ng amalga oshirish yengilliklar yaratuvchi qishloq xo‘jaligida va ishlab chiqarish jarayoni mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan qayta ishlash tarmoqlarida qo‘llanadi.1 To‘lash shakllari bo‘yicha lizing to‘lovlari pulli, kompensatsion, ya’ni lizing oluvchining mahsulotlari yoki xizmatlari orqali, va aralash to‘lovlariga bo‘linadi. Kompensatsion va aralash to‘lovlarda lizing oluvchining mahsutlot va xizmatlarni narxlari qonuniy o‘rnatilgan qoidalar asosida belgilanadi. Shartnoma tomonlari quyidagi to‘lash usullarini qo‘llash mumkin: umumiy summasini belgilangan usuli, avans bilan usuli. Avans usulida lizing oluvchi to‘laydigan avans miqdorini shartnomada belgilanadi va lizing to‘lovlari umumiy summasidan qolgan to‘lovlarini (avans ayrilgan holda) teng qismlarida to‘lanadi. Umumiy summasini belgilangan usulida lizing muddati davomida ikki tomon kelishilgan holda to‘lovlarni umumiy summasi teng miqdorda (har oy, kvartal, yarim yil, yilda) to‘lanadi. Lizing shartnomasini tuzishda tomonlar muayyan sharoitlarda bitimning barcha ishtirokchilari talablariga javob beruvchi eng ma’qul variantni tanlashlari mumkin. 1 Джуха В.М. Лизинг. Учебное пособие – Ростов н/Д.: Феникс, 1997, 45б. 45 4.2. Lizing to‘lovi hajmini aniqlash usullari Lizing to‘lovlari hajmini hisoblash lizing turi, to‘lovlar shakli va usuli, shuningdek, iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq holda, ya’ni barqaror rivojlanish va inflyatsiya jarayonlarini hisobga olgan holda turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda lizing to‘lovlari hisob-kitob qilinganda qat’iy belgilangan umumiy to‘lov summasi bo‘yicha to‘lovlardan foydalaniladi. Bu holda lizing to‘lovi o‘z ichiga amortizatsiya chegirmalari, qarzga olingan vositalar uchun to‘lovlar, lizing kompaniyasi marjasi, bitim bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar va lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarini kiritadi. Hozirgi kunda lizing kompaniyalari amaliyotida amortizatsiya chegirmalari o‘rniga lizing kompaniyalari vositalarini qaytarish summasi (lizing obyekti qiymati) foydalaniladi. Avans to‘lovli lizingni hisoblashda lizing kompaniyasi marjasi lizing obyektining qoldiq qiymatidan hisoblanadi. Lizing to‘lovi bu lizing muddati davomida to‘lanuvchi barcha lizing to‘lovlari va lizing oluvchi mulkni sotib olganda to‘lashi lozim bo‘lgan summa yig‘indisidir. Qoidaga ko‘ra moliyaviy, qaytma, bo‘linma lizingda u umumiy lizing to‘lovlari tarkibiga kiritiladi. Quyida iqtisodiy adabiyotlarda o‘z aksini topgan lizing to‘lovlarini hisoblanishi ko‘rsatilgan. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling