S. S. Ismailova lizing asoslari


Download 0.56 Mb.
bet40/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

Avstriya davlatida lizing sohasi 25 yildan beri rivojlanib kelmoqda.

Ularda bolalar bog‘chasi va xattoki maktablar ham lizingga beriladi.


Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish joizki, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida turli darajada bo‘lsa ham amortizatsiya ajratmalari tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan soliq imtiyozlari mavjud. Ular muayyan sohani rivojlanishini rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlanmalarni yoki umumiy investitsiyani jonlantirish uchun foydalaniladi.




5.4. Mustqil davlatlar va hamkorlik mamlakatlarda lizingni huquqiy asoslari


Rossiya davlati o‘tgan asrning 90 - yillaridan boshlab, lizingning rivojlanishidan manfaatdorlikni namoyon qilmoqda. 90 - yillargacha Rossiyada lizing kichik miqyosdagina, shunda ham faqat xalqaro savdoda qo‘llangan. Sobiq Ittifoqda xalqaro lizing bitimlarini amalga oshirish harakatlari o‘tgan asrning 40 - yillarida, ikkinchi jahon urushi davrida ko‘zga tashlangan edi.



  1. Газибеков Д.Г. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти – Т.: Фан ва технология, 2004, 14 б.

59
AQSH Lend-liz dasturini qabul qilgan, unga ko‘ra Rossiya lizing shartlarida harbiy texnika oluvchi asosiy tomon bo‘lgan. 80 - yillarning boshida esa V/O “Sovfraxt”, “Sovtransavto” kabi tashkilotlar xalqaro lizing bilan shug‘ullana boshlagan, 90 - yillarga kelib esa ular qatoriga “Avtoeksport”, “Traktoreksport” tashkilotlari ham qo‘shilgan.


Rossiyada birinchi lizing kompaniyalari 1990 - yilda paydo bo‘ldi. Birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan lizing kompaniyalari qatoriga mamlakatda ishlab chiqariluvchi qishloq xo‘jalik texnikalari lizingi bilan shug‘ullanuvchi “Rosagrosnab” va samolyotlar lizingi bilan shug‘ullanuvchi “Aerolizing”ni kiritishimiz mumkin. Banklar tomonidan ham ko‘plab lizing kompaniyalari tuzilgan: “Baltliz” (Promstroybank), “Lizing biznes” (Mosbiznesbank), “Rossiya” (Agroprombank bilan Promstroybankom) va boshqalar. Birinchi kompaniyalar ortidan qo‘shma korxonalar ham tuzila boshladi: “Kolumb” (“Agrolizing” firmasi), Rossiya-Germaniya “Mejsberyuraskolizing” korxonasi (Mejekonomsberbank”). Moskva shahri hukumati tomonidan qurilish texnikasi lizingiga ixtisoslashgan “Likostroy” kompaniyasi ta’sis etildi. Lizing operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha “Lukoyl” neft kompaniyasi o‘ziga xos yo‘l tutdi. 1995 - yilda u xolding kompaniyasining barcha shu’ba bo‘limlari uchun asbob-uskunalar yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan “LK-lizing” kompaniyasini ta’sis etdi.1


Rossiyada lizing operatsiyalarini rivojlanishida muhim qadamlardan biri soliq va bojxona imtiyozlarini qonunchilikda belgilanishi bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi hukumatining qator qarorlari lizing sektorini rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bulardan:2





  • 1995 - yilda qabul qilingan 1133-raqamli “Ishlab chiqarish va mahsulot realizatsiyasidagi xarajatlar tarkibi va foyda solig‘i hisoblanayotganda hisobga olinadigan moliyaviy natijalarni shakllantirishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bo‘lib, lizing oluvchilarga lizing to‘lovlarining mahsulot tannarxiga to‘liq o‘tkazishga ruxsat bergan;




  • 1996 - yilda qabul qilingan 752-raqamli “Rossiya Federatsiyasida lizing faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaror bo‘lib, unda lizingga berilgan asbob-uskunalarga jadallashtirilgan amortizatsiyasini qo‘llash imkoniyatini yaratib bergan;




  1. www.leasbusi.ru/ Анализ деятельности Российских лизинговых компаний.




  1. Fозибеков Д.F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма– Т.: Фан ва технология, 2004.

60



  • Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan 633-raqamli “Investitsion faoliyatda lizingni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hukumat 1996-2000 - yillarga mo‘ljallangan lizingni rivojlantirishning federal dasturini tayyorlash majburiyatini o‘z zimmasiga olish bilan birga, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini uch yilgacha moliyaviy lizing shartnomalaridan oladigan daromadiga solinadagan soliqdan, bank va kredit tashkilotlarini uch va undan ortiqroq muddatga mo‘ljallangan, hamda moliyaviy lizing operatsiyalarini o‘tkazishga yo‘naltirilgan kreditlarni berishdan oladigan daromadni foyda solig‘idan, lizing beruvchi obyektini sotib olayotganda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish kabi qator o‘zgartirishlar kiritilishini belgiladi. Qarorda xalqaro moliyaviy lizing operatsiyasi obyektini bojxona boji va soliqlardan qisman ozod qilinishi ko‘zda tutilgan;




  • 1998 - yilda qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi qonun Rossiya Federatsiyasida lizingni rivojlanishida ma’lum bir to‘siqlarni yuzaga keltirdi, ya’ni qonunda ichki qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan mos kelmagan;




  • 2000 - yilda davlat Dumasida Rossiyada lizing rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida parlament tinglovlari o‘tkazildi va unda ishchi guruhni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi sifatida "Lizing to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning tashkil etish va yagona qonun loyhasini ishlab chiqish bilan birga, moliyaviy ijara (lizing)ni tartibga soluvchi soliq, bojxona va valyuta qonunchiliga qilinadigan qo‘shimcha va o‘zgarishlarni umumlashtirish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash belgilandi;




  • 2002 - yilda “Lizing to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, u “Moliyaviy ijara (lizing) to‘g‘risida”gi qonun deb nomlandi va lizingni rivojlantirishga qaratilgan yangi huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga qamrab oldi. Qonunning yangi tahriri lizing sohasini moliyalashtirishga qiziqqan investorlar lizing loyihalarini amalga oshirishda qonun qoidalar tez-tez o‘zgarmasligiga ishonch xosil qilishlari uchun juda muhim bo‘ldi.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling