S. S. Ismailova lizing asoslari


Lizing bozori infratuzilmasini shakllantirish yo‘llari


Download 0.56 Mb.
bet43/89
Sana02.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1320130
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89
Bog'liq
2 5192996437348065472-20230303-102212

5.6. Lizing bozori infratuzilmasini shakllantirish yo‘llari Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, raqobatchilik

sharoitlarida lizing kompaniyalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi ko‘p jihatdan rivojlangan infratuzilmaga bog‘liq bo‘ladi.


Bozor infratuzilmasi bu mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchi va iste’molchini yagona bozor makonida bir-biriga bog‘lab turuvchi, ishlab chiqarish va iste’mol miqyosi o‘rtasidagi ziddiyatlarni yo‘qotuvchi hamda barcha ishtirokchilarning qo‘yilgan maqsadlarga erishishini ta’minlovchi vositachi tuzilma va institutlardir.


Hozirgi paytda O‘zbekistonda lizing bozori infratuzilmasi endi shakllantirilmoqda. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimiz rahbari I.Karimov o‘z chiqishlarida bozor munosabatlarining asosini tashkil etadigan kichik biznes rivojlanishiga mutanosib ravishda bog‘iq bo‘gan bozor infratuzilmasini: sug‘urta, auditorlik, konsalting tashkilotlari qatorida, lizing kompaniyalarini tuzish zarurligini e’tirof etish bilan birga, ushbu infratuzilmalarga ega bo‘masdan bozor mexanizmlari to‘liq ishlay olmasligini alohida qayd etgan.


Lizing bozor infratuzilmasining ajralmas qismi bo‘lib, mamlakatimiz uchun nisbatan yangi moliyaviy dastakni o‘zida mujassam etadi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:





  • ilmiy yutuqlardan samarali foydalanish, shuningdek, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatni ta’minlashga imkon beruvchi infratuzilmani yaratish va modernizasiyalash;




  • ilmiy faoliyat natijalarini tijorat jihatidan samarali texnologiyalar va raqobatbardosh mahsulotga aylantirishni ta’minlash;







  • lizing rivojlanishiga xizmat qiluvchi va uni rag‘batantiruvchi institutlar tizimini, xususan, lizing kompaniyalari assotsiatsiyasi, lizing tizimini rivojlantirish jamg‘armasi, lizing rivojlanishini muvofiqlashtiruvchi markaz va brokerlik kompaniyalarini yaratish;

68

  • biznes-fond, O‘zbekiston Respublikasi banklar assotsiatsiyasi, “O‘zinvestloyiha”, respublika valyuta birjasi, dehqon va fermer xo‘jaliklar assotsiatsiyasi, tovar ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar palatasi, sug‘urta kompaniyalari, soliq qo‘mitasi va xorijiy investitsiyalar departamenti, kredit muassasalari va boshqalar bilan aloqa o‘rnatish.



Qisqa xulosalar

O‘zbekiston hukumati xorijiy investorlarni O‘zbekiston iqtisodiyotining belgilangan yo‘nalishlariga mablag‘lar kiritishini yo‘naltiradi.


Jahon lizing bozorining rivojlanishi ishtirokchi mamlakatlar sonini oshirish va ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishdan tashqari, umumiqtisodiy darajadan o‘rtada qolayotgan xalqaro lizingni kengaytirish va integrasiya qilish bilan ham bog‘liq.


MDH mamlakatlarining intilishlari lizing faoliyati shartlari optimal ravishda unifikatsiyalanishidan umid qilishga imkon beradi. Lizing bozorini kengaytirish moliya sohasi va ishlab chiqarishni baynalminallashtirishning obyektiv omili hisoblanadi. Lizing xizmatlari bozorining rivojlanishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat: lizing kelishuvlarini standartlashtirish; mijozlarning kredit layoqatini nazorat qilish; investitsion xizmatlar va mulkni sotish kanallarini kengaytirish.


O‘zbekistondagi makroiqtisodiy holat, ayniqsa, bojxona, soliq va tashkiliy qonunchiliklar xalqaro lizingning O‘zbekistonda samarali rivojlanishini ta’minlashga imkon yaratadi.





Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling